MUHOKAMAT UL-LUG`ATAYN
 
BISMILLOHIR - RAHMONIR-RAHIM

             Alhamdu lillohi imtoza-l-insona alo soiril-maxluqoti bisharafi-n-nutq-va-l-lisoni va azhara min azubati lisonihi va halovati bayonihi sukkari-sh-shukri va shahdish-shuhudi va-l-imtinoni1.

R u b o i y:

    Ey so`z bila qilg`on ofarinish og`oz,
    Insonni aroda aylagon mahrami roz
    Chun «kun fayakun»2 safhasiga bo`ldi tiroz
    Qilg`on oni nutq ila boridin mumtoz.

             Subhonolloh ne qudrati komiladurkim, insonni «Xammartu tiynata odama biyadi arba`ina sabohan»3 karimasi mazmuni birla «allam alasmoa kullaha!»4 qobiliyati berdi va ani «al-mutakallim» ismi mahzari qildi. Va to ul bu mazhariyat sharafidin jami`i maxluqotqa sarafroz bo`ldi va bu tashrif bila borisidin imtiyoz topti.


R u b o i y:

   Ya`niki, chu olamni yaratti Ma`bud,
   Olam eliga qudrat ila berdi vujud.
   Inson edi maqsudki, bo`ldi mavjud,
   Insondin ham habibi erdi maqsud.


             Mutakallimeki, arab fusahosi balog`at gulbongin sipehr gulshanidin oshurg`onda aning bulbul nutqi «ano afsahu»5 tarannumi bila alarni zabonbast va da`vilari ovozasin yerga past qildi.

R u b o i y:

    Ul vaqtki, ne olam edi, ne odam,
    Qilmaydur edi bularni sun` ilgi raqam.
    Chun ul o`zining xilqatidin urdi dam,
    Mantuqi edi «kunta nabiyan fafham»6.


             Va sallallohu alayhi va olihi-t-tayyibina va ashobihi-t-tohirina va sallama tasliman kasiran, kasira7.
             Takallum ahli xirmanining xo`shachini va so`z durri samini maxzanining amini va nazm gulistonining andalibi nag`masaroyi, ya`ni Alisher al-mutaxallis bin Navoiy g`affara zunubahu va sattara ayyubahu8 mundoq arz qilurkim, so`z durredurkim, aning daryosi ko`nguldur va ko`ngul mazharedurkim, jomii maoniyi juzv va kulldur. Andoqki, daryodin gavhar g`avvos vositasi bila jilva namoyish qilur va aning qiymati javhariga ko`ra zohir bo`lur. Ko`nguldin dog`i so`z durri nutq sharafiga sohibi ixtisos vasilasi bila guzorish va oroyish ko`rguzur va aning qiymati ham martabasi nisbatig`a boqa intishor va ishtihor topar. Gavhar qiymatig`a nechukki, marotib asru ko`pdur, hattoki, bir diramdin yuz tumangacha desa bo`lur.

Q i t ` a:

   Injuni olsalar mufarrih uchun,
   Ming bo`lur bir diramga bir misqol.
   Bir bo`lur hamki, shah quloqqa solur:
   Qiymati mulk, ibrasi amvol.

             So`z durrining tafovuti mundin dog`i beg`oyatroq va martabasi mundin ham benihoyatroqdur. Andoqki, sharifidin o`lgan badang`a ruhi pok yetar, kasifidin hayotlik tang`a zahri halok xosiyati zuhur etar.

Q i t ` a:

   So`z gavharedurki, rutbasining
   Sharhidadur ahli nutq ojiz,
   Andinki erur xasis muhlik,
   Ko`rg`uzguchadur Masih mo``jiz.

             Va bu so`zning tanavvui taaqquldin nari va tasavvurdin tashqaridur. Agar mubolag`asiz ijmol yuzidin qalam surulsa va ixtisor jonibidin raqam urulsa, yetmish ikki nav` bila taqsim toparida, xud hech so`z yo`qturki, yetmish ikki firqa kalomig`a dalolat qilg`ay; ammo ulcha tafsiliydur. Uldurkim, rub`i maskunning yetti iqlimidin har iqlimda necha kishvar bor va har kishvarda necha shahar va qasaba va kent va har dashtda necha xayl-xayl sahronishin ulus va har tog`ning qo`llarida va qullalarida va har bahrning jazoyirida va savohilida ne tavoyif bor. Har jamoat alfozi o`zgalaridin va har guruh iborati yonalaridin mutag`ayyir va bir necha xususiyat bila mutamayyizdurki, o`zgalarda yo`qtur.
             Andoqki, tuyur va bahoyim va sibo`ning tillarikim, har birining o`zgacha xurushu takallumlari bor va g`ayri muqarrar navoyu tarannumlari. Ammo chun alfoz va iboratdin murod ma`nidur va mazkur maxluqotdin maqsud insondur va ul mazhari maoniy va bayon, so`z aning so`zindadur va takallum aning kalomida borur.
             Emdi kelduk so`z bayonig`a va kalom dostonig`a: muncha mutanavvi` shahru quro, jibolu sahro va beshau daryo xalqikim, bitildi va tanavvu`yu tag`ayyurini sharh etildi, majmuida ma`ni adosida alfoz tilga kelur va ul alfozdin ma`ni fahm bo`lur.
             Barchasidin arab tili fasohatoyini bila mumtoz va balog`at taz`yini bila mo``jizatirozdurkim, hech takallum ahlining munda da`vosi yo`qtur va so`zi sidq va ishi taslim – o`qdurkim, malikun allomun jalla va alo9ning kalomi mo``jiz nnzomi ul til bila nozil va Rasul alayhis-salavotu va sallam10ning ahodisi saodat anjomi ul lafz bila vorid bo`lubdur.
             Va avliyoyi kibor va mashoyixi oliy miqdor qaddasa ollohu asrorahum11 ko`prak haqoyiq va maorifki surubturlar va maoniy zebolarin taqrir libosiga kiyurubdurlar. Ul farxunda iborat va ul xujasta alfoz va ishorat bila voqe` bo`lubdur. Olloh, Olloh ul ravzai ruhafzoda ne nazorat va ul gulshani dilosoda ne nazohatdurkim, aning bog`boni va «anzalno min al-mo``siroti moan sajjojan linuxrija bihi habbon va nabotan va jannatin alfofan»12 karimasi bila takallum qilur va andalib xushnavosi nubuvvat bayoni bila va risolat nag`mayu alhoni bila surud ko`rguzur va mazkur bo`lg`on tayyuridin ba`zi lav kushifal-g`itoa mo izdadat yaqinan13 adosi bila tarannum nihoyatig`a yetar va soyir qushlari va valoyat izhori va hidoyat osoridin navoe irshodoyin va sadoe rashodtalqin izhor etar,

b a y t:

   Ki to bo`lg`ay jahon bog`i bu gulshan mevazor o`lsun,
   Harimida bu bulbullarga bu dilbong bor o`lsun.

             Mundin so`ngra uch nav` tildurkim, asl va mu`tabardur va ul tillar iborati gavhari bilan qoyilining adosig`a zevar va har qaysining furui bag`oyat ko`ptur. Ammo turkiy va forsiy va hindiy asl tillarning manshaidurki, Nuh payg`ambar salavotullohi alayha14ning uch o`g`lig`akim, Yofas va Som va Homdur yetishur. Va bu mujmal tafsili budurki, Nuh alayhissalam to`fon tashviridin najot va aning mahlakasidin hayot topti, olam ma`murasida bashar jinsidin osor va inson nav`idin namudor qolmaydur erdi. Yofasniki, tavorix ahli Abut-turk bitirlar, Xito mulkiga yibordi va Somniki, Abul-furs bitirlar, Eron va Turon mamolikining vasatida voliy qildi va Homniki, Abul-hind debdurlar, Hindiston bilodig`a uzatti. Va bu uch payg`ambarzoda avlodu atboi mazkur bo`lg`on mamolikda yoyildilar va qalin bo`ldilar.
             Va Yofas o`g`lonniki, Abut-turkdur, tarix ahli ittifoqi bila debdurlarki, nubuvvat toji bilan sarafroz va risolat mansabi bila qardoshlaridin mumtoz bo`ldi. Va uch tilki, turkiy va forsiy va hindiy bo`lg`ay, bu uchchovning avlod va atbon orasida shoeь bo`ldi. Chun Hom No`h alayhissalomga beadabliq qilg`on jihatdin aning muborak tiliga Hom borasida qarg`ish o`tub erdi, bu sababdin aning rangi bayozi savodg`a mubaddal bo`lub, tili shikastalik zohir qilib, fasohat va balog`at hulyasidin oriy qoldi va avlodu atbo`iki, Hind kishvari ahli bo`lg`aylar, lavnlari maktab ahli mashqi varaqidek shabrang, balki shabgun va tillari atfolning uchi ushalg`on qalamidek o`zgacha ado bila tahriru taqrir zevaridin ojizu zabun qoldilar. Onsiz ham bo`lmagaykim, biror varaq yuzini murakkab qarosi bila o`z yuzlari safhasidek qaro qilg`aylar na o`z tillaridek shikasta qalam tili bila ado etmaganlar. Ammo ul safha raqamin o`zlaridin o`zga kishi bilmas va ul kalog`polarni ul savod ahlidin o`zga birov o`qumas va fahm qilmas. Chun arabiy til va maqol bila kalom va hindiy alfoz bila muzahrafoti nofarjom, biri g`oyati sharaf va uluvvi manzaladin va biri nihoyati nahusat va dunuvvi martabadin oradin chiqtilar. Qoldi turkiy alfoz bila maqsud adosi va forsiy iborat bila kalom ma`nosi.
             Andoq ma`lum bo`lurki, turk sortdin tezfahmroq va baland idrokroq va xilqati sofroq va pokroq maxluq bo`lubdur va sort turkdin taaqqul va ilmda daqiqroq va kamolu fazl fikratida amiyqroq zuhur qilibdur va bu hol turklarning sidqu safo va tuz niyatidin va sortlarning ilmu funun va hikmatidin zohirdurur. Va lekin tillarida kamol va nuqson haysiyatidin fohish tafovutlardurki, alfoz va iborat vaz` qilurda turk sortqa foiq kelubdur va o`z alfozida ishorat, iboratig`a maziyatlar ko`rguzupturki, o`z mahallida, inshoolloh, mazkur bo`lg`ay.
             Yana turkning muloyamati tab`ining sortdin ortug`lig`iga dalile mundin vozihroq va shohide mundin loyiqroq bo`la olurmukim, bu ikki toifaning yigiti va qarisi, balki uluqdin kichik – borisi orasida ixtilot alassaviyadur. Har miqdorki, bu birining u biri bila omizish va guftu-guzori bor, ul birning ham bu bir bila hamoncha takallumu guftori bor. Va sort orasida ahli tab` va donish zumrai ilmu zehn va biynish ko`prakdur. Va turk elida ajlof va soda el sortdin ziyodadur. Ammo turkning ulug`din kichigiga degincha va navkardin begiga degincha sort tilidin bahramanddurlar, andoqkim o`z xirad ahvoliga ko`ra ayta olurlar, balki ba`zi fasohat va balog`at bila ham takallum qilurlar. Hatto turk shuarosikim, forsiy til bila rangin ash`or va shirin guftor zohir qilurlar. Ammo sort ulusining arzolidin ashrofig`acha va omiysidin donishmandig`acha hech qaysi turk tili bila takallum qila olmaslar va takallum qilg`onning ma`nisin ham bilmaslar. Agar yuzdin, balki mingdin biri bu tilni o`rganib so`zki aytsa ham, har kishi eshitsa bilur va aning sort ekanin fahm qilur va ul mutakallim o`z tili bila o`z rasvolig`ig`a o`zi iqror qilg`ondekdur. Va turkning asli xilqatda sortdin tab`i muloyimroq erkaniga mundin bul-ajabroq tonug` yo`qdurki, hech qaysi munung muqobalasida dam ura olmaslar va sort biajmaihim agar turk iborati adosida ojizdur, muhiq ham bor. Nevchunki, turk alfozi vozii asru ko`p vaqtda mubolag`a izhori qilib, juzviy mafhumot uchun alfoz vaz` qilibdurki, sohibvuquf kishi to zohir qilmas, inonsa ham bo`lmas.
             Andoqki, quvormoq va quruqshamoq va usharmak va jiyjaymoq va o`ngdaymoq va chekrimak va do`msaymoq va umonmoq va o`sanmoq va igirmak va egarmak va o`xranmak va toriqmoq va aldamoq va arg`adamoq va ishanmoq va iglanmoq va aylanmoq va erikmak va igranmak va ovunmoq va qistamoq va qiynamoq va qo`zg`almoq va sovrulmoq va chayqalmoq va devdashmoq va qiymanmoq va qizg`anmoq va nikamak va siylanmoq va tanlamoq va qimirdamoq va serpamak va sirmamak va kanorkamak va sig`riqmoq va sig`inmoq va qilimoq va yolinmoq va munglanmoq va indamamak va tergamak va tevramak va qingg`aymoq va shig`aldamoq va singramoq va yashqamoq va isqarmoq va ko`ngranmoq va suxranmoq va siypamoq va qoralamoq va surkanmoq va kuymanmak va ingranmoq va tushalmak va mung`aymoq va tanchiqamoq va tanchiqolmoq va ko`ruksamak va bushurg`anmoq va buxsamoq va kirkinmak va suqadamak, busmoq, burmak, turmak, tomshimoq, qahamoq, sipqormoq, chicharkamak, jurkanmak, o`rtanmak, sizg`urmoq, gurpaklashmak, chuprutmoq, jirg`amoq, bichimoq, qiqzanmoq, singurmak, kundalatmak, kumurmak, yigirmak, kungurdamak, kinarkamak, kezarmak, duptulmoq, chidamoq, tuzmak, qozg`anmoq, qichig`lamoq, gangiramoq, yadamoq, qadamoq, chiqanmoq, kundurmak, sundurmak, suqlatmoq.
             Bu yuz lafzdurki, g`arib maqosid adosida ta`yin qilibdurlarki, hech qaysi uchun sort tilida lafz yasamaydurlarki, barchasi muhtojun ilayhdurki, takallum chog`ida kishi anga muhtoj bo`lur. Ko`pi andoqdurki, aslo aning mazmunin tafhim qilmoq bo`lmas va ba`ziniki, anglatsa bo`lgay, har lafz tafhimi uchun necha lafzni tarkib qilmag`uncha bo`lmas, ul dag`i arabiy alfoz madadi bila va turk alfozida bu nav` lafz ko`p topilur. Masalan, bu mazkur bo`lg`on yuz lafzdin bir nechaga mashg`ullik qilib sobit qilali, to xasm muqobalada ilzom bo`lsunki, o`zgalarni munga qiyos qilsun.
             Shuaro akobiridinki, ba`zi «may» ta`rifida mubolag`a qilibdurlar va bu mo``taddun bih amredurki, may ichmoq qavoidida so`z ko`p surup, zarofat nihoyatsiz zohir qilurlar. Biri sipqarmoq lafzidurki, mubolag`a mundin o`tmas. Turkcha nazmda bu matla` bordurkim,

b a y t:
   Soqiyo, tut bodakim, bir lahza o`zumdin boray,
   Shart bukim, har necha tutsang labo-lab sipqaray.

             Oyo! Bu sipqaray lafzi mazmunig`a yetganda, forsiy she`rda ne iloj qilg`aylar? Va tomshimoqki, g`oyat zavqdin bot ichmas va lazzat topa-topa, oz-oz ichar. Bu g`arib ma`ni adosida turkchada bu matla` bordurki,

b a y t:
   Soqiy chu ichib, manga tutar qo`sh:
   Tomshiy-tomshiy ani qilay no`sh.

             Va bo`xsamoq lafzi adosida turk bu matla`ni debdurki,

b a y t:
   Hajri anduhida bo`xsabmen, bila olmon netay,
   Man ilojimdur qo`pub, dayri fanog`a azm etay.

             Forsiygo`y turk beklar va mirzodalar bo`xsamoqni ne forsiy til bila tilasalarki, ado qilg`aylar?
             Va she`rning bino va madori ishqqa evrulur va oshiqliqda yig`lamoqdin kulliyroq va doimiyroq amr yo`qtur va anda tanavvu` bor: yig`lamsinmoq mazmunidaki, turk mundoq debdurki,

b a y t:
 Zohid ishqin desaki, qilg`ay fosh,
 Yig`lamsinuru ko`ziga kelmas yosh.

             Va ingramoq va singramakkim, dard bila yashurun ohista yig`lamoqdur va oralarida tafovut oz topilur, turkchada bu matla` borkim,

b a y t:
 Istasam davr ahlidin ishqingni pinhon aylamak,
 Kechalar gah ingramakdur odatim, gah singramak.

             Forsida bu mazmunki bo`lmag`ay, shoir ne chora qilg`ay?
             Va siqtamoqkim, yig`lamoqda mubolag`adur, turk bu nav` ado qilibdurki,

b a y t:
    Ul oyki, kula-kula qirog`latti meni,
    Yig`latti meni demayki, siqtatti meni.

             Yana biyik un bilaki, e`tidolsiz oshub bila yig`lagaylar, ani o`kurmak derlar va turkchada ul ma`nida bu matla` borkim,

b a y t:
   Ishim tog` uzra har yon ashk selobini surmakdur.
   Firoq oshubidin har dam bulut yanglig` o`kurmakdur.

             Chun o`kurmak muqobalasida forsiy tilda lafz yo`qtur. Forsiygo`y shoir munungdek g`arib mazmun adosidin mahrumdur. Yana yig`lamoqning o`kurmaki muqobalasida inchkirmak dag`i bor va ul inchka un bila yig`lamoqdur va ul turk lafzida bu nav` tarkib bila ado topibdurkim,

b a y t:
  Charx zulmida bo`g`zumni qirib yig`larmen,
  Igirur charx (kibi) inchkirib yig`larmen.

             Ammo yig`lamoqta hoy-hoy lafzin adoda o`zlarin turkiygo`ylarga sharik qilibdurlar va bu lafz ham aslan turkiy uslubdur va faqirning bu maqtai mashhurdurkim,

b a y t:
   Navoiy, ul gul uchun hoy-hoy yig`lama ko`p,
   Ki hay deguncha ne gulbun, ne g`uncha, ne gul bor!

             Yana turk alfozida qimsanmoq va qizg`anmoq ikki g`arib lafzdurki, aning adosi bu baytda borki,

b a y t:
 Uzoringni ocharga qimsanurmen,
 Vale el ko`rmagiga qizg`anurmen.

             Forsiygo`y shuaro mundoq xo`b mazmun adosidin mahjurdurlar.

             Oshiq ayog`iga tikan kirmakka alar «xor» lafzi bila taarruz qilibdurlar, ammo cho`kurki, mu`limroqdir, bu lafzlari yo`qtur va bu turkchada mundoq ado topibdurkim,

b a y t:
 Cho`kurlarkim, sening yo`lungda tevrolmish ayog`imga,
 Chekib ul ko`y gardin surma tortarmen qarog`imga.

             Yana ishq tariqida mahbub nazzorasi muyassar bo`lsa, oshiqning niyoz yuzidin telmurmagi asru munosib ishdur va bu lafz alarda yo`qtur va munungdek lafzlari ham yo`qtur va bu turkchada mundoq deyilibdurki,

b a y t:
 To`kadur qonimni har dam ko`zlaring boqib turub.
 Kim, necha yuzumga boqqaysen yiroqdin telmurub.

             Yana turk lafzining mahbub jonibidin yasanmog`i muqobalasida sort lafzida orosta va oroyish lafzi bor. Ammo bezanmak muqobalasida demaydurlar va ul yasanmog`ning mubolag`asidur va ani mundoq debdurlarkim,

b a y t:
   Erur bas chu husnu malohat sanga,
   Yasanmoq, bezanmak ne hojat sanga?

             Va xo`blarning ko`z va qoshlari orasinki, qabog` derlar. Forsiyda bu uzvning oti yo`qtur. Masnaviyda bir jamoat xo`b ta`rifida mundoq deyilibdurkim,

b a y t:
 Mengizlari gul-gul, mijalari xor,
 Qabog`lari keng-keng, og`izlari tor.

             Yana ishq atvoridakim, ashk va yig`lamoq muqobalasida oh va issig` dam umdadur, turklar damni choqing`a, ohni ildirimga nisbat berib debdurlarkim.

b a y t:
    Firoqing ichra ulus o`rtamakka, ey mohim,
    Choqindurur damimu ildirimdurur ohim.

             Sort tilida choqin va ildirimdek mutaayyin va mo``tabar ikki nimaga ot qo`ymaydurlar va arab tili bila «barqun» va «soiqatun» bila ado qilibdurlar.
             Va husn ta`rifida ulug`roq xolg`akim, turklar meng ot qo`yupturlar, alar ot qo`ymaydurlar. Turk bu ta`rifni bu nav` ado qilibdurkim,

b a y t:
 Aningkim, ol enginda meng yaratti,
 Bo`yi birla sochini teng yaratti.

             Agar birin-birin alfoz vaz`idakim, alar taqsir qilibdurlar, taarruz qililsa, so`z uzar. Nevchunki, ko`p voqe`dur.
             Yana she`rda barcha tab` ahli qoshida ravshan va majmu`, fusaho oldida mubarhandurki, tajnis va iyhom bag`oyat kulliydur. Va bu farxunda iborat va xujasta alfoz va ishoratda forsiydin ko`prak tajnisomiz lafz va iyhomangiz nukta borki, nazmga mujibi zebu ziynat va boisi takallufu san`atdur. Masalan: ot lafziki, bir ma`nisi alamdur, yana bir ma`nisi markabdur va yana bir ma`nisi amrdurki, toshni yo o`qni ot, deb buyurg`aylar. Bu tajnisda mundoq deyilibdurkim,

b a y t:
   Chun pariyu hurdur oting, begim,
   Sur`at ichra dev erur oting, begim,
   Har xadangikim, ulus andin qochar,
   Notavon jonim sari oting, begim.

             Va bu ikki baytki, tajnisi tomdur, ham turk shuarosi xossasidurki, sortda yo`qtur va muni tuyug` derlar. Va munung ta`rifin «Mezon ul-avzon»15 otlig` aruzki bitilibdur, anda qililibdur.

             Yana it lafzi va anda dog`i bu nav` uch ma`ni bor, andoqki,

b a y t:
 Ey raqib, o`zni anga tutsang ham it,
 Bizga rahm aylab aning ko`yidin it.
 Garchi bor do`zaxcha ishqing shu`lasi,
 Bizni o`z ilging bila ul sori it.

             Va tush lafzida ham bu nav` uch ma`ni bor. Va yana yon lafzida va yoq lafzida ham bu holdur va bu nav` lafziki, anda uch ma`ni bo`lg`ay, had va hasrdin ko`prak topilur.
             Va xili lafz ham topilurki, to`rt ma`nisi bo`lg`ay, andoqki, bor lafziki, bir ma`nisi mavjudlug`dur va bir ma`nisi amrdur – boruvg`a va bir ma`nisi yukdur va bir ma`nisi samardur.
             Va andoq lafz ham topilurki, besh ma`nisi bo`lg`ay: sog`in lafzidekki, bir ma`nisi yod qilmoqqa amrdur va biri sutluk qo`y otidur va ishq masti va majnuni va bemori muqobalasida sog`in desa, har biriga itloq qilsa bo`lur.
             Yana andoqki, tuz lafziki necha ma`ni iroda qilsa bo`lur. Biri tuzki, o`q yo nayzadek nimani derlar. Yana tuz – hamvor dashtni derlar, yana tuz – rost kishini derlar, yana tuz – sozni tuzmakka amr qilmoqni, yana tuz – ikki kishi orasida muvofaqat solmoqni va yana tuz – bir majlis asbobini ham desa bo`lur.
             Va ko`k lafzin ham necha ma`ni bila iste`mol qilurlar. Biri ko`k – osmonni derlar. Yana ko`k ohangdur. Yana ko`k tegrada ko`klamakdur. Yana ko`k qadog`ni ham derlar. Yana ko`k sabza va o`langni dag`i derlar.
             Bu nav` alfoz hamki, uch ma`ni va to`rt ma`ni va ortug`roqkim, iroda qilsa bo`lg`ay, ko`p borki, forsiy alfozda andoq yo`qtur.
             Va ma`ruf va majhul qofiyada «voviy», «yoyiy» hamki, forsiy ash`orda voqe` bo`lur, ikki harakatdin ortuq bo`lmas, «voviy» andoqki: xud va dud va zo`r va nur va «yoyiy» andoqki: pir va sher.
             Va turkiy alfozda bu ma`ruf, majhul harakat to`rt nav` topilur: ham «voviy»si ham «yoyiy»si; «voviy»si andoqki, o`tki, shay`i muhriqdur va o`t murur ma`nisi bila va o`t muqammirga burd jihatidin amr va o`tki boridin iriq harakatdur, kallani o`tga tutup, tukin aritur ma`nidadur. Yana bir misol: to`rki, domdur, yana to`rki, andoq daqiqroqdurki: qush o`ltu-rur yig`ochdur va to`rki, andin daqiqroqdur: uyning to`ridur va to`rki, barchadin ariqdur: to`rlug`ni yo eshikni to`rmak uydur.
             Va «yoyiy» misol uch harakatdan ortuq topilmas: biyzki sort «kadud»der va bizki «mo» va «nahnu» ma`nisi biladur va biyzki «darafsh» derlar. Yana bir misol: terki, termak ma`nisi biladur. Terki, andin daqiqdur, uldurki, sortlar ani «araq» va «xo`y» derlar. Terki, boridin ariqdur, o`q ma`nisi biladur. Va bu nav` alfoz ko`p, uch harakat bila vaz` qilibdurlarki, holo shoe`dur. Va necha hurufqa iborat vus`ati uchun, balki qofiya suhulati uchun bir-biriga shirkat beribdurlar. Ul jumladin biri, «Alif» bila «ho» orasida munosabat va mushorakat beribdurlarki, bir lafzni ham oxiri alif lafz bila qofiya qilsa bo`lur. Andoqki, «aro» lafzin «saro» va «daro» bila qofiya qilsa bo`lur, «sara» va «dara» bila ham qofiya qilsa bo`lur. Yana bir misol: andoqki, «yado» lafzin «sado» bila qofiya qilsa bo`lur, «boda» bila ham qilsa bo`lur. Va «vov» bila «zamma» orasida ham ul nav` shirkatdur. Andoqki, «erur» lafzin «hur», «dur» lafzi bila qofiya qilsa bo`lur, «g`urur» va «zarur» lafzi bila ham joyizdur. Va «yo» bila «kasra» orasida dag`i bu nav`dur, andoqki, «og`ir» va «bog`ir» alfozin «sodir» va «qodir» alfozi bila qofiya qilsa bo`lur, «ta`xir» va «tag`yir» alfozi bila ham bo`lurki, forsiy alfozda bu suhulatlar yo`qtur.
             Va bu alfoz voze`lari ko`p nimada juz`yotqa taarruz qilib, g`arib mazmun va mafhumlar uchun alfoz vaz` qilibdurlar, andoqki, ba`zi masodirda o`tti.
             Yana g`izo va har taomki, yesa bo`lur, yegulik derlar va sort elining ko`pi, balki barchasi yemakni ham va ichmakni ham «xo`rdani» lafzi bila ado qilurlar.
             Va uluq qardosh va kichik qardoshni ikkalasin «barodar» derlar va turklar ulug`ni – «og`a» va kichikni «ini» derlar. Va alar ulug`, kichik qiz qardoshni ham «hohar» derlar: Va bular ulug`ni – «egachi» va kichikni «singil» derlar. Va bular otaning og`a-inisini «abog`a» derlar. Va onaning og`a-inisin – «tag`oyi» va alar hech qaysig`a ot tayin qilmaydurlar va arab tili bila «am» va «xol» derlar. Va ko`kaltoshni turkcha til bila derlar. Va atka va enagani ham bu til bila ayturlar.
             Bir mutaayyin nimakim, «oq uydur», anga «xirgoh» ot qo`yupturlar. Ammo aning ajzosining ko`pini turk tili bila ayturlar. Andoqki, tungluk va uzuk va to`rlug` va bosrug` va chig` va qanot va ko`zanak va uvug` va bog`ish va bo`sag`a va erkina va alo hozal-qiyos.
             Va ov va qushki, salotin odob va rusumida har qaysi boshqa mutaayyin eshitur, ikkalasin, «shikor» derlar. Va ovda umdaki kiyikdur, turk aning erkagin «huna» va tishisin «qilchoqchi» der. Yana suyqunning ham erkagin «bug`u» va tishisin «maral» der. Sort ohu va gavazndin o`zga nima demas. Va bir sho`ru shaynlig` ovki, to`ng`uz ovidur, aning ham erkagini «qobon», tishisin «megajin» va ushog`in «cho`rpa» derlar. Va sort barchasin «xuk» va «guroz» lafzi bila aytur.
             Va kelduk qushqaki, anda muqarrar va mashhur ilbosun o`rdakdur. Va sort el ilbosunni xud bilmas. Dag`i turk o`rdakning erkagin «so`na» va tishisin «bo`rchin»der. Va sort munga ham ot qo`ymaydur. Va nar va moda ikkalasin «murg`obi»der. Va o`rdakning anvoi bilur qushchilar qoshida, masalan, jo`rka va erka, suqtur va olmabosh va choqirqanot va temirqanot va aldaldag`a va alapuka va bog`chol va bu yo`sunluq derlarki, yetmish nav` bo`lurkim, sort borisin murg`obio`q der. Va agar bir-biridin mutamayyas qilsa, turkcha ot bila-o`q aytur.
             Yana ot anvoidaki, tubuchoq va arg`umoq va yaka va yobu va totu yo`sunluq – borini turkcha-o`q ayturlar.
             Va otning yoshin dag`i ko`prakin turkcha ayturlar. Bir qulunni «kurra» derlar. O`zga: toy va g`o`nan va do`nan va tulan va chirg`a va lang`a deguncha fasihroqlari turkcha derlar va ko`pragi muni ham bilmaslar.
             Va otning eyarin agarchi «zin» derlar: ammo ko`prak ajzosin, misli: jibilgir va hano va to`qum va jazlig` va ularchog` va g`anjug`a va jilbur va qushqun va qantar va tufak va to`qa yo`sunluq ko`pin turkcha ayturlar va qamchini agar «tozyona» derlar, ammo buldurg`asin va chubchurg`asin turkcha ayturlar.
             Va jiba va javshan va ko`ha va qolganduruq va qorbichi va kechim va oha yo`sunluq urush asbobin ham turk tili bila ayturlar.
             Va ma`hudiy albisadin misli: dastor va qalpoq va navro`ziy va to`ppi va shirdog` va dakla va yalak va yog`lig` va terlik va qur yo`sunlug nimalarni borisin turk tili bila ayturlar.
             Eguliklardin agarchi qo`y muchalaridin ba`ziga ot qo`yupturlar, ammo orqani va oshug`lug` ilikni va yon so`ngakni va qoburg`ani va ilikni va o`rta ilik va bo`g`uzlag`uni turkcha ayturlar. Va yana ba`zi yemaklardin qaymog` va qatlama va bulamog` va qurut va uloba va mantu va quymog` va urkamochni ham turkcha ayturlar. Va qimizni va suzmani va boxsumni va bo`zani dag`i turkcha ayturlar. Yana tutmoch va umoch va kumoch va tolg`onni ham turkcha ayturlar. Va bu nav` juz`iyotqa mashg`ulluq qilsa bag`oyat ko`p topilur.
             Ammo qulliyrak kalimotni ado qilali: arab tilining sarfiy istilohining abvobida bir bobdurki, anga – mufoala bobi ot qo`yupturlarki, lafz bir mazkur bo`lur, ammo ikki kishi fe`lig`a mushtami-durki, bir nav` voqe` bo`lg`ay. Andoqki, «muoraza» va «muqobala» va «mushoara» va «mukolama» va kulliy bobdur va munda azim favoid hosil. Va forsiygo`ylar muncha fasohat va balog`at da`vosi bila bu foydadin mahrum. Ammo turk bulag`osi bu foydag`a taarruz qilibdurlar. Va masdarg`a bir «shin» harfi ilhoq qilmoq bila ul maqsudni topibdurlar. Andoqki, «chopishmoq» va «topishmoq» va «quchushmoq» va «o`pushmak» va bu shoe` lafzdur. Va lafz vozei azizlarg`a joyi taslim va tahsindurki, bag`oyat xo`b qilibdurlar. Va bu fasohat bila sort fusahosidin tamom sijilibdurlar.
             Yana arabiy sarf istilohda ikki maf`ulluq fe`llar borki, aning adosi dag`i mo``tabar va kulliydur. Andin dag`i sortlar oriy qolibdurlar. Va atrok anga ham xo`broq vajh bila mutobaat qilibdurlar. Arabiy andoqki, «A`taytu Zaydan dirhaman»16, bu tarkibda uch lafz mazkur bo`lur. Alar lafzg`a bir harf ortturg`on bila munga o`xshash bir zamirni ortubdurlar, bag`oyat muxtasar va mufid tushubdur. Andoqki, yugurt va qildurt va yashurt va chiqart.
             Yana bir adolari borki, ba`zi alfozning so`ngg`ida «ch», «yoy»kn, «chi» lafzidur, orttururlar, yo mansabning yo hunarning yo peshaning izhori uchun; forsiyda yo`qtur, balki alar ham turkcha ayturlar.
             Mansabda andoqki, qo`rchi va suvchi va xizonachi va kerak-yarog`chi va chavgonchi va nayzachi va shukurchi va yurtchi va shilonchi va axtachi yo`sunlug` ko`ptur.
             Hunar va peshada andoqki, qushchi va borschi va qo`ruqchi va tamg`achi va jibachi va yo`rg`achi va halvochi va kemachi va qo`ychi. Andoqki, qush hunarida dag`i bu istiloh, bordur, andoqki, qozchi va quvchi va turnachi va kiyikchi va tovushqonchiki, sort lafzida yo`qtur. Va alar mazkur bo`lgonlarning ko`pin turkcha ayturlar.
             Yana bir nav` iborat va adolari borkim, birovdin bir ishni gumon eltmak bila ul ishni ul kishiga nisbatguna berurlar, yo`qki, tahqiq yuzidin, balki mazanna va gumon haysiyatidin, ammo munda diqqat ko`ptur. Andoqki, borg`udek va yorg`udek va kulgudek va bilgudek va aytqudek va qaytgudek va urg`udek va surg`udek va bu forsiyda bo`lmas.
             Va ba`zi alfozning oxirida bir «chim» harfi vasl qilurlar va aning bila ul fe`lda sur`at yo`sunluq iroda qilurlar. Andoqki, tegach va aytgach va borg`och va yorg`och va topqoch va sotqoch; yana bir «re» harfiki, ba`zi lafzning oxiriga ilhoq qilurlar, andin mubolag`a va sa`y iroda qilurlar, andoqki, bilako`r va qilako`r va ketako`r va yetako`r.
             Va yana bir rang yo bir sifatning humuli holig`a mubolag`a uchun aning avvalida, avval harfig`a bir «p» yo «mim» izofa qilib, ul shay`g`a zond qilurlar: «p» misoli: op-oq, qop-qora, qip-qizil, sap-sarig`, yup-yumaloq, yap-yassi, op-ochug`, chup-chuqur, bu nav` xili ham topilur; «mim» misoli: ko`m-ko`k, yam-yashil, bo`m-bo`z.
             Yana bir «vov» va «lom» ba`zi lafzga ilhoq qilib bir maxsus sifatqa ta`yin qilurki, salotiniing xoh razm asbobi uchun va xoh bazm jihoti uchun mu`tabardur. Andoqki, hirovul, qarovul va chingdovul va yankovul va so`zovul va patovul va kitpovul va yasovul va bakovul va shig`ovul va daqavulkim, alar mundin ulviydurlar.
             Yana ba`zi lafzg`a bir «lom» ilhoq qilurlarkim, ul shay`ning ul sifatda rusuxiga dalolat qilur. Andoqki, qahol va yasol va qabol va tunqol va birqol va to`sqol va sevarg`ol.
             Bu alfoz va iboratda bu nav` daqoyiq ko`pdurkim, bu kunga degincha hech kishi haqiqatig`a mulohaza qilmag`on jihatdin bu yashurun qolibdur. Va hunarsiz turkning sitamzarif yigitlari osonliqqa bo`la forsiy alfoz bila nazm ayturg`a mashg`ul bo`lubturlar. Va filhaqiqat agar kishi yaxshi mulohaza va taammul qilsa, chun bu lafzda muncha vus`at va maydonida muncha fushat topilur, kerakkim, munda har nav` suxanguzorlig` va fasihguftorlig` va nazmsozlig` va fasonapardozlig` osonroq bo`lg`ay va voqe` osonroqdur.
             Andin so`ngrakim, turk tilining jomeiyati muncha daloil bila sobit bo`ldi, kerak erdikim, bu xalq orasidin paydo bo`lg`on tab` ahli salohiyat va tab`larin o`z tillari turg`on o`zga til bila zohir qilmasa erdi va ishga buyurmasalar erdi. Va agar ikkala til bila aytur qobiliyatlari bo`lsa, o`z tillari bila ko`prak aytsalar erdi va yana bir til bila ozroq aytsalar erdi. Va agar mubolag`a qilsalar, ikkala til bila teng aytsalar erdi. Bu ehtimolga xud yo`l bersa bo`lmaskim, turk ulusining xushta`blari majmui sort tili bila nazm aytqaylar va bilkull turk tili bila aytmag`aylar, balki ko`pi ayta olmag`aylar va aytsalar ham sort turk tili bilan nazm aytqondek fasih turklar qoshida o`quy va o`tkara olmag`aylar va o`qusalar, har lafzlarig`a yuz ayb topilg`ay va har tarkiblarig`a yuz e`tiroz vorid bo`lg`ay.
             Bas, bu haysiyatlardin andoq ma`lum bo`lurkim, bu tilda g`arib alfoz va ado ko`pdur. Muni xushoyanda tartib va raboyanda tarkib bila bog`lamog`ining dushvorlig`i bor. Mubtadiy tab`i ul nazmni dushvorlig` bila bog`lamoqdin ko`ft topib, mutanaffir bo`lur va osonroq sari mayl qilur. Chun necha qatla bu nav voqe` bo`ldi, tab`i xo`y qildi, chun tabiat mu`tod bo`ldi, o`z mu`todin qo`yub, g`ayr mu`todg`akim, mushkilrak ham bo`lg`ay, mayl qilmog`i mutaazzirdur.
             Yana ulkim, fahm jinsi ojizlarni ham moyil, balki mushtag`il ushbu nav`g`a ko`rar va zamon va rasm ahli tariqidin chiqmog`ni munosib ko`rmas va bu nav` bila qolur.
             Va mubtadiyg`a yana odatdurkim, tab`idin ul nima bosh ursa, chun o`z zodai tab`i o`ziga mahbub ekanga majbuldur, tilarki, ani bu fan ahlig`a arz qilib jilva bergay. Chun bu fan ahli forsiygo`ydurlar va turk alfozidin bahramand emaslar, tab`i ul jonibdin e`roz qilib, bu fanga mashg`ul el sari mayl ko`rguzur.
             Emdiki, mayl ko`rguzdi, munosabatlar topib ham bu xayldin bo`lur, andoqki, bu zamonda bo`lubdur. Bori har taqdir bilaki bor, bovujud turk alfozining forsiyg`a muncha vaziyati va nafs ul-amrda muncha diqqati va vus`ati nazm tariqida shoe` emas erdi va kitmon nihonxonasig`a tushub erdi, balki matruk bo`lurg`a yovushub erdi. Bu xoksorga sabovat avoilidakim, og`iz huqqasidin biror gavhar zohir bo`la boshlar, ul gavharlar hanuz nazm silkiga kirmaydur erdikim, zamir daryosidin nazm silkiga tortilg`on gavharlar tab` g`avvosi sa`iy bila og`iz sohiliga kelaboshlamoq ko`rguzub erdi. Chun mazkur bo`lg`on qoida bilakim, ado topti – mayl forsiy sari bo`ldi. Ammo chun shuur sinnig`a qadam qo`yuldi, chun haq subhanahu va taolo tab`ga g`arobat sari maylni zotiy va diqqat va dushvorpisandliqqa shuru`ni jibilliy qilib erdi, turk alfozig`a dag`i mulohazani lozim ko`ruldi – olame nazarg`a keldi, o`n sakkiz ming olamdin ortuq, anda zebu ziynat; va sipehre tab`ga ma`lum bo`ldi, to`qquz falakdin ortuq, anda fazlu rif`at; va maxzane uchradi, durlari kavokib gavharlaridin raxshandaroq; va gulshane yo`luqti, gullari sipehr axtaridin duraxshandaroq; harimi atrofi el ayog`i yetmakdin masun va ajnosi g`aroyibi g`ayr ilgi tegmakdin ma`mun. Ammo maxzanining yiloni xunxor va gulshanining tikani behaddu shumor. Xaylga keldikim, hamonoki, bu yilonlar neshi nashtaridin tab` ahli xiradmandlari bu maxzandin bahra topmay o`tupturlar va ko`ngulga andoq evruldikim, go`yo bu tikanlar sarzanishi zararidin nazm xayli guldastabandlari bu gulshandin bazm tuzgucha gul iliklay olmay yo`l tutubdurlar.
             Chun bu tariqda himmat oliy erdi va tab` bebok va louboliy, o`targa qo`ymadi va tamoshosidin to`ymadi. Ul olam fazosida tab` sipohi turktozlig`lar tuzdi va ul sipehr havosida xayol qushi baland parvozlig`-lar ko`rguzdi va ul ganj javohiridin zamir sayrafisi nihoyatsiz qiymatlig` la`l va durrisamin oldi. Va ul gulshan rayohinidin ko`ngul gulchini had va g`oyatsiz nakhatlig` gul va yosuman qo`ynig`a soldi.
             Chun bu mavohib bila g`inolar va bu g`anoyim bila istig`nolar muyassar bo`ldi, munung natoyiji gullari ro`zgor ahliga behadu miqdor ochila boshladi va boshlariga beixtiyor sochila kirishdi.
             Ul jumladin, biri «G`aroyib us-sig`ar»17 devonidurkim, kichik yoshda taqririm guzorish va tahririmdin nigorish topibdurkim, maoniy g`urabosidin g`arib alfoz libosig`a kiyurupmen va xalq ko`nglin g`aribiston ahli o`ti bila kuydurupmen.
             Yana «Navodir ush-shabob»18 devonidurki, yigitlik avoilida bayonim kilkidin namoyish devonig`a va oroyish bo`stonig`a kiribdurkim, ul navodir tamoshosidin yigitlik mulkida g`avg`o solibmen va mulk yigitlari ko`nglidin orom va qarorni olibmen.
             Yana «Badoe ul-vasat»19 devonidurkim, umr avositida xayolim xomasi aning zebig`a naqshbandlig` va ziynatig`a sehrpayvandlig` qilibdurkim, ul bade`lar vositasidin shaydo ko`ngullar eshigin ishq toshi bila qoqibmen va ul uyga fitna va ofat o`tin yoqibmen.
             Yana «Favoid ul-kibar»20devonidurkim, hayot avoxirida taxayyulum xomasi ani rashki nigorxonai Chin va g`ayrati xuldibarin qilibdurkim, anda ulug`larga foidalar zulolin yetkurupmen va havaslari shu`lasiga nasoyih zulolidin suv urubmen.
             Bu to`rt devon ovozasin chun rub`i maskunga yetkurupmen, «Xamsa» panjasiga panja urupmen21. Avvalkim, «Hayrat ul-abror»22 bog`ida tab`im gullar ochibdur, Shayx Nizomiy23 ruhi «Maxzan ul-asror»idin boshimga durlar sochibdur.
             Yana chun «Farhod va Shirin»24 shabistoniga xayolim yuz tutubdur. Mir Xusrav25 dami «Shirin va Xusrav» o`tidin charog`imni yorutubdur.
             Yana chun «Layli va Majnun»26 vodisida ishqim po`ya urub, Xoju27 himmati «Gavharnoma»sida nisorimga gavharlar yetkuruptur.
             Yana chun «Sab`ai Sayyora»28 rasadin zamirim bog`labdur, Ashraf29 «Haft paykar»ining yetti hurvashin peshkashimga yarog`labdur.
             Yana chun «Saddi Iskandariy»30 asosin xotirim muhandisi solibdur, Hazrati Maxdum31 «Xiradnoma»32-sidin ko`si isloh va imdod cholibdur.
             Bu «Xamsa» shug`lidin chun farog`at topibmen, taxayyulim geti navardin salotin ta`rixi dashtiga chopibmen, chun noma savodi zulmatidin «Zubdat ut-tavorix»33 adosin tuzupmen, salotin o`lgan otin bu hayvon suyi bila tirguzupmen.
             Chun «Nasoim ul-muhabbat»34 nafahoti bayonidin kilkim fayzrason bo`lubdur, avliyoo`lloh muqaddas ruhi fanzidin olam to`lubdur.
             Chun «Lison ut-tayr»35 ilhomi bila tarannum tuzupmen, qush tili ishorati bila haqiqat asrorin majoz suratida ko`rguzupmen.
             Chun «Nasr ul-laoliy»36 xazoini tarjimasiga yettim, «Nazm ul-javohir»37 bila ma`ni abkorin hullalarin murassa` ettim.
             Chun «Mezon ul-avzon» bahrlarida g`avvos bo`ldum, ul me`yor bila Nasiri Tusiy38 uzrin qo`ldum.
             Yana dog`i rasoilga39 qalam surupmen va makotibga40 raqam urupmenki, forsiy sehrsozlar va pahlaviy afsona pardozlar ham anda avroq orasta va ajzo pirosta qilibdurlarkim, dono hakam adolat yuzidin ko`z solsa va burungi forsiy va so`nggi turkiy latoyif va daqoyiqidin bahra olsa, hukm so`rar zamonida va har qaysining martabasini ta`yin qilur avonida umidim uldur va xayolimga andoq kelurkim, so`zum mar-tabasi avjdin quyi inmagan va bu tartibim kavkabasi a`lo darajadin o`zga yerni beganmagay.
             Bu so`zlardin xasm mundoq bilmasun va muddaiy bu nav` gumon qilmasunki, mening tab`im turk alfozig`a muloyim tushgan uchun ta`rifida mubolag`a izhor qilurmen va forsiy iboratqa munosabatim ozroq uchun inkor va nafyig`a isror ko`rguzurmenkim, forsiy alfoz istifosin va ul iborat istiqsosin kishi mendin ko`prak qilmaydur erkin va saloh va fasodin mendin yaxshiroq bilmaydur erkinkim, umrum gulshanining toza bahorining tarovati chog`i va hayot ravzasining navras sabzazorining nazohati vaqtikim, o`n besh yoshtin qirq yoshqachadurki, inson xaylining tab`i bulbuli har gul jamolig`a shefta va ruhi parvonasi har sham` husniga firefta bo`lur, vaqt bu avqotdur. Va bu avqotda ko`p g`arib voqe` hodisdurki, ul voqea birov husnu nozin yo o`z ishqu niyozin sharh etarga bois bo`lur. Va bu hol g`azal tariqida munhasirkim, yo ayturg`a muta-ammil bo`lulg`ay yo o`qurig`a mushtag`il. O`quriga davovindin bu faqir mutolaasiga ko`p mashg`ul bo`lmag`on devon oz erkin. Bataxsis, ishqu dard ahlining rahbar va peshvari Amir Xusrav, Dehlaviy devonikim, oshiq-likda dardu niyoz va so`zu gudoz tarixin ul muntashir qildi va oning ishqi mash`alidin bu partav olam tiyra xokdonig`a yoyildi.
             Yana haqiqat ahlining sarxayl va sarafrozi Xoja Hofiz Sheroziy41 nukot va asrorinki, anfosi ruhulqudsdin nishon aytur va ruhulloh anfosidin asar yetkurur.
             Yana bu faqirning piri va ustozi va tariqat ahlining sohibi irshodi, jami` ahlullohning muqtado va shayx ul-islomi Hazrati Maxdumiy Nur-ul-millati vad-dini Mavlono Abdurrahmon Jomiyning ruhparvar-latoyifi va ruhgustar zaroyifikim, andin har g`azal «kal-vahyil-munzal»42 va har risola «kal-ahodisin-nabiyi mursal»43 oliy shon va raf`e makondurkim, alardin har lafz qiymatda durri samindin obdorroq va hirqatda la`li otashindin barqkirdorroq. Va ikkalasi mazkur bo`lg`on aziz kalomi mo``jiz nizomidin ancha choshni va nasib va o`z ishqu kamoloti va nihoyati holoti munga izofaki, hazo sha`yun ajib44. Barchasiga ko`p qatla o`tupmen, balki ko`pin yod tutupmen va qasoyid va g`azaliyotlarining g`arib va latofatin bilibmen, balki g`aribroq va latifroqlarig`a tatabbu` dag`i qilibmen. Qasoyiddin Amir Xusravning «Daryoi abror»45ikim, mashhur mundoqdurki, der emish bo`lgayki, «Yuz ming baytdin ortug` devonlarim g`azaliyoti va qasoyid va masnaviylarim ab`yoti agar olam sahifasidin yuyulsa va davron sahifasidin mahv bo`lsa va bu qasida qolsaki, anda ma`ni istiyfosi vofiydur, bu fan ahlig`a mening fazoyilim daliliga kofiydur». Matla`i mashhurdurkim,

n a z m:

 Ko`si shah xoliyu bongi g`ulg`ulash dardi sar ast,
 Har ki qone` shud ba xushku tar, shahi bahru bar ast.46

             Bu she`rga Hazrati Maxdumiy Nuran javob aytubdurlar va otin «Lujjat ul-asror» bitibdurlar. Va matlai budurkim,

b a y t:

   Ko`nguri ayvoni shah k-az koxi kayvon bartar ast,
   Raxnaho don k-ash ba devori hisori din dar ast47, –

ki, agar ul «Daryoyi abror»dur, bu abri bahordurki, martabada andin balandroq va bahrada andin foydamandroqdurki, aning ustiga soya solurga yoyila olur va boshig`a durafshonlig` dag`i qila olur. Faqir ikkalasi buzurgvori rafe` miqdorig`a niyozmandlig` va gadolig` yuzidin tatabbu` qilibmen va otin «Tuhfat ul-afkor»48 debman. Va matlai budurkim,

b a y t:

 Otashin la`le ki toji xusravonro zevar ast,
 Axgare bahri xayoli xom puxtan dar sar ast49.

             Va ko`p ma`niangez iborat va ta`miyaomez ishorat izofa qilibmenki, bu fan ahlining mohirlari musallam tutupturlar. Va har kishiga bu bobda taraddud bo`lsa, Hazrati Maxdumiy Nuranning «Bahoriston»50 otlig` kitobinkim, ani «Bahoristoni hayot va nigoristoni najot» desa bo`lur, bu matla`ni bitibdurlar va istishhod yuzidin ta`rifin aytibdurlarki, bu manshuri davlat sipehr toqig`a osilsa yeri bor va bu tug`royi saodatni Mushtariy51 bo`yniga oviza qilsa, mujibi mubohot va iftixordur. Ul kitobni oldik va bu mahalni topib nazar soldik va bildikki, ulcha men ta`rifida tahrir qilibmen, taqsir qilibmen.
             Yana Mir Xusravning «Mir`ot us-safo»52 otlig` qasidasig`akim, xalloqul maoniy Xoqoniy Shervoniy53 tatabbu`e qilibdur va matlai budurkim,

b a y t:

 Dilam tifl astu piri ishq ustozi zabondonash,
 Savodul-vajh sabaqu, maskanat kunji dabistonash54,

             Va Hazrati Mahdumiy Nuran aning javobida «Jilo ur-ruh»55 otlig` qasidani debdurlar va matlai budurkim,

b a y t:
 Muallim kist, ishqu kunji xomushi dabistonash,
 Sabaq nodoniyu dono dilam tifli sabaqxonash56.
     
             Va faqir ham «Nasim ul-xuld»57 qasidasin ikkalasi buzurgvorga tatabbu` qilibmen va matlai budurkim,

b a y t:
 Muallim ishqu piri aql don tifli sabaqxonash,
 Pai ta`dibi tifl inak falak shud charxi gardonash58.

             Bu qasidaga dag`i ko`p maoniy gavhari darj va umr naqdi xarj bo`lubdur.
             Yana «Ruh ul-quds»59 qasidasini baland ovoza qilibmenki, qudsiylar ruhin andin toza qilibmen va matlai bu dururkim,

b a y t:
 Zihi ba xomai qudrat musavvar ashyo,
 Hazor naqshi ajib har zamon az u paydo60.

             Yana «Ayn ul-hayot»61 qasidasi zulolin yetkurupmenki, g`aflat ahlining o`luk badanlariga jon kiyurupmen va matlai budurkim,

n a z m:
 Hojiboni shab chu shodurvon savdo afganand,
 Jilva dar xayli butoni mohsiymo afganand62.

             Yana «Minhoj un-najot»63 qasidasida hidoyat tariqin tuzupmen va zalolat ahliga najot shahrohin ko`rguzupmen va matlai budurkim,

b a y t:
 Zihi az sham`i ruyat chashmi mardum gashta nuroni,
 Jahonro mardumi chashm omadi az ayni insoni64.

             Yana «Quvvat ul-qulub»65 qasidasinki, kilkim sabt etibdur, haqiqat yo`lida za`flig` ko`ngullarga ul qutdin quvvat yetibdur va matlai budurkim,

b a y t:
 Jahon ki marhalai tangi shohrohi fanost,
 Dar o` masoz iqomat ki rohi shohu gadost66.

             Bu olti qasida hamd va na`t va sano va mav`izatdur va ahli tasavvuf va haqiqat tili bila ma`rifat.
             Yana zohir shuarosi tariqida ham to`rt qasidaki, «Fusuli arbaa»g`a67 mavsumdur va andin to`rt fasl: harorat va burudat va rutubat va yubusat kayfiyati ma`lum, xomam raqam qilibdurki, to`rt fasl xosiyata asaridek rub`i maskung`a yoyilibdur.
             Yana suxanpardoz ustozi oliy shon Xoja Kalimiddin Salmon68ki, qasida maydonining chobuksuvoridur va o`z zamonining benazir suxanguzori, mashhurdurki, chun masnu` qasidasi tartibig`a qalam surubdur, o`n sakkizda itmom yetkurubdur. Voqian ishe qilibdurki, nazm ahli aning taammuqida hayron va taammulida sargardondurlar, tarsi` san`ati69kim, matla`din o`zga baytda bo`la olmas, ul qasidaning agarchi mustaxraj matlai rostdur, ammo asli matla`da avvalgi misra`ning bir lafzida taxalluf qilibdur va matla` budurkim,

b a y t:
    Safoi safvati ro`yat birext obi bahor,
    Havoi jannati ko`yat bibext mushki tator70.

             Bu matla`ga tatabbu` qilg`on ko`p suxanvarlar va nazmgustarlar chun muqobalada debdurlar, lat yebdurlar. Bu faqirning matlai budurki,

b a y t:
Chunon vazid ba bo`ston nasimi fasli bahor,
K-az on rasid ba yoron shamimi vasli nigor71.

             Basorat ahli mulohaza qilsalar bilurlarki, bu matla` tarsi`ga voqe` bo`lur, aybdin muarro va murassa`g`a kelur, e`tirozdin mubarrodur. Bu nav` she`rning ta`kid va mubolag`asi uchun yana bir ruboiy ham debmenki, to Xalil binni Ahmad72 ruboiy qoidasin vaz` qilibdur, tarsi` san`atida ruboiy aytilg`on eshitilmaydur, balki yo`qtur va ul budurkim,

r u b o i y:
 Ey rui tu kavkabi jahon oroe,
 Vey bui tu ashhabi ravon osoe,
 Be mui tu, yo rab, chunon farsoe,
 Gisui tu chun shabi fig`on afzoe73.

             Yana forsiy g`azaliyot devoni Xoja Hofiz tavridakim, jami` suxan adolar va nazm piyrolar nazarida mustahsan va matbu`dur, tartib beribmenkim, olti mingdin ab`yoti adadi ko`prakdurki, ko`prak ul hazrat she`riga tatabbu` voqe` bo`lubdur. Va ba`zi Hazrat Shayx Muslihiddin Sa`diy74g`akim g`azal tavri muxtariydur. Va ba`zi Mir Xusravgakim, ishq otashkadasining shu`laangizidur va dard g`aribxonasining ashkrezi. Va ma`naviyatba`zi Hazrat Maxdumiy Nurang`akim, kamol avjining mehri lomiidur va mazkur bo`lg`on azizlar holotining jomiiki, bu devon xaloyiq orasida shoe`dur va ro`zgor ahlining tab`lari ul sari roje` va anda ko`p turluk dilkash adolar va dilpazir ma`nolar voqe`durki, tafsili bu faqirdin munosib emas. Va anda har nav` nazm asnofidin, misli: muqattaot va ruboiyyot va masnaviy va ta`rix va lug`az va ul jumladin besh yuzga yaqin muammokim, ko`pi Hazrat Maxdumiy Nuran muborak nazarig`a yetibdur va ul hazratning isloh va tahsini sharafin kasb etibdurkim, xomamdin ro`zgor safhasiga yozilibdur va qalamim laylu nahor avroqida naqsh qilibdur.
             Bulardin dog`i boshqa, yigitligim zamoni va shabob ayyomi avonida ko`prak she`rda sehrsoz va nazmda fusunpardoz shuaroning shirin ash`ori va rangin abyotidin ellik mingdin ortuq yod tutupmep va alar zavqu xushhollig`idin o`zumni ovutupmen va salohu fasodlariga fikr aytibmen va maxfiy daqoyiqig`a taammul va tafakkurlar bila yetibmen va forsiy alfoz aybu hunari mulohazasi idrokida tab`im o`zin solmaydur, balki ul vodiy qat`ida kilkim ravandasi tezgomlig` bila qadam urmagon yer qolmaydur.
             Va o`ttuz yildin ortuq va qirq yilga yaqindurkim, Xuroson mulkikim, fazlu kamol ahliga olam mamolikining misri muazzami va savodi a`zamidur, bu mulkning jami` nazm ahli, shuaroyi shirin kalomi va fusahoyi vojibul-ehtiromi har ne har ma`ni bilakim, avroq yuziga oroyish va har alfoz bilakim, ajzo uzorig`a namoyish beribdurlar, bu faqir suhbatig`a yetkurubdurlar va zaif ollinda o`tkaribdurlar va hak va isloh iltimosin qilibdurlar va xotiriga xutur qilg`on nuktaki, aytilibdur, insof yuzidin musallam tutupturlar va agar ba`zi ibo qilibdurlar daloyil bila alarga xotirnishon qililibdur, andin so`ngra qabul qilib, o`zlarin shokir va mamnun bilibdurlar.
             Va baso maoniy ahli xurdadonlar va daqoyiq xayli daqiq bayonlarki, Anvariy75 va Salmon she`rida har biri birining jonibin tutub bahslar qilib, so`zlari bir-biridin o`tmagandin so`ngra bu faqir ollig`a muhokama uchun kelturuptururlar va har ne hukm topibdururlar musallam tutib, munoqashalari bartaraf bo`lubdur. Va g`azalda Mir Shohiy76 va Mavlono Kotibiy77 va alar g`ayri tarafidin dog`i bu yo`sunluq va masnaviyda hazrat Shayx Nizomiy va Mir Xusrav Dehlaviy jonibidin dag`i bu dasturlug` ko`p voqe` bo`luptur.
             Barchadin kulliyrak sanad bukim, Hazrati irshod panohi navvara marqadahu Nuranki, kalomi maliki allom va aholisi mo``jaz nizom, xayrulanom alayhissalavotu vasalamdin so`ngra forsiy so`zda jami` alar so`zidin yuqoriroq so`z yo`qtur, ko`prak kutub va rasoil va g`azaliyot va qasoyiddaki, maoniy gavharlarin nazm silkiga kiydurur erdilar va zamir nihonxonasidin anjuman tamoshogohig`a jilva berur erdilar, aning musavvadasin burunroq bu faqirg`a iltifot va e`tiqod yuzidin berur erdilarkim: «Bu avroqni ol va boshtin oyog`ig`a nazar sol, xotiringga har ne aytqu dek so`z kelsa, ayt», deb va har ne ishorat bo`lg`onikim, mazkur bo`ldi, zohir qilsam, maqbul tushar erdi. Bu da`vog`a dalil bukim, o`ndin ortiq kutub va rasoilda ul Hazrat bu faqirning otin mazkur qilibdurlar. Va ko`pi tab` va idrok va munga munosib nimalarga nisbat berib, mastur qilibdurlar.
             Bu qabul nazari asaridin bir qarndin ortuq sulton us-salotini78 sipehroyin suhbatlarida va firdavs tazyin xidmatlaridakim, ahli kalomdin va maqoldin fazlu kamol zumrasining majmaidur va ilmu fazlning manbaidur, bu faqirning so`ziga martaba rafe` va maqola vase` erdi va o`ziga so`z jihatidin azim e`tibor va so`ziga o`z jihatidin biyik poya va miqdor.
             Va Sulton us-salotinki, mazhari lutfi ilohiy va muzhiri anvori haqoyiqi nomutanohiydur va farxunda zamiri ulum gavharining daryosi va xo`jasta xotiri xoksor bandalar zotining kimiyosidur, bu toifaning ko`prak istiloh va qavoididin oliy majlisda so`z o`tsa muxotab bu faqir, fasohat va balog`at ahli natoyiji tab`idin har ne mazkur bo`lsa, mushorun ilayh bu haqirni qilur erdilar. Va ul miqdor bu tufrog`ning rutbasin falakka yetkurub va oncha bu zarraning poyasin quyoshdin oshurub erdilarkim, o`zlarining xurshed fayz tab`laridin zuhur qilg`on risola-ki, o`z gavharrez qalamlaridin nigorish topibdur va o`z kamohiy holotlari kayfiyatida guzorish surati tutubdur, bu boyri bandalarini nazm tariqining barcha nav`ida ta`riflar bitib, sohibqironlik laqabi bila sarafroz qilibdurlar va bemisl va anbozlig` vasfi bila mumtoz etibdurlar va muqarrardurki, humoyun tab`lari zamon mushkilotining me`yoridur, farxunda zehnlari olam daqoyiqining halloli va sohib asrori.
             Bandai xoksor agarchi tufrog`din o`ksuk erdim, ammo ul quyosh tarbiyati bila rango-rang gullar ochtim va afkandai bee`tibor agarchi zarradin kamrak erdim, ul sohib taqviyati bila gunogun durlar sochtim va dilso`z abyotim munojot ahlig`a oshub va g`avg`o soldi va bazmafro`z g`azaliyotim xarobotiylarg`a ohu vovaylo soldi.
             Hosili kalom, andin so`ngrakim, muncha qaviy daloil va azim shavohid bila bu faqirning vuqufi, balki mahorati bu fanning forsiy va turkiy nazmida sobit va ravshan bo`ldi, agar birni yana birga tarjih qilsam, kerakki, bu toifadin hech kishiga musallam tutub, saddaqa demakdin o`zga maqol va majol bo`lmagay. Bataxsiski, muncha burhoni qote` bila ham qat` topqay va istishhodga bu musavvadaning ham lafzi yo`qki, har harfi faryod urg`aylar va g`avg`o ko`targaylar.
             Yana bir kulliya bukim, to mulk arab xulafosi va salotinida erdi, falak ul vaqtda nazm dabiriga arab tili bila jilva berdi, andoqki, Hasson Sobitdek va Laqit79dek malik ul-kalom suxanguzorlar va ma`niy ofarin fasohatshiorlar paydo bo`ldilar va o`z tillari bila nazm adosining dodini berdilar.
             Bu munosabat bila arab salotini dag`i Ibrohim Mahdi80dek va Ma`mun81 xalifadek va bulardin o`zga ham salotinzodalar g`arro nazmlardin qasoid ayttilar va favoid zohir qildilar.
             Chun mulkdin ba`zi aqolim va kishvarda sort salotini mustaqil bo`ldilar, ul munosabat bila forsiygo`y shuaro zuhur qildilar. Qasidada Xoqoniy va Anvariy va Kamol Ismoil82 va Zahir83 va Salmondek va masnaviyda ustozi fan Firdavsiy84 va nodiri zamon Shayx Nizomiy va joduyi hind Mir Xusravdek va g`azalda muxtarii vaqt Shayx Muslihiddin Sa`diy va yagonai asr Xoja Hofiz Sheroziydekki, bularning ta`rifi yuqoriroq chun shammai surulubdur va vasflariga qalam urulubdur. So`zni uzotmoq hojat emas va kalom tatvilin ma`ni ahli mustahsan demas. Va bu munosabat bila sort salotinidin ham Sulton To`g`-ruldek va Shoh Shujo`85dek oliy qadr podshohlar va rafe`martaba anjumsipohlar rangin abyot va shirin g`azaliyot ayttidar va zamonlarida mashhur bo`ldi va ro`zgorlari avroqida mastur.
             To mulk arab va sort salotinidin turk xonlarg`a intiqol topti, Huloguxon86 zamonidin sultoni sohibqiron Temur Ko`ragon87 zamonidin farzandi xalafi Shohruh Sulton88ning zamonining oxirigacha turk tili bilan shuaro paydo bo`ldilar. Va ul Hazratning avlod va ahfodidin ham xush tab` salotine zuhurga keldi: shuaro Sakkokiy89va Haydar Xorazmiy90 va Atoiy91 va Muqimiy92 va Yaqiniy93va Amiriy94 va Gadoiy95deklar. Va forsiy mazkur bo`lg`on shuaro muqobalasida kishi paydo bo`lmadi, bir Mavlono Lutfiy96din o`zgakim, bir necha matla`lari borkim, tab` ahli qoshida o`qusa bo`lur. Ul jumladin biri budurkim,

b a y t:
 Ulki husn etti bahona elni shaydo qilg`ali,
 Ko`zgudek qildi seni o`zini paydo qilg`ali.

             Va salotindin ham o`lgucha tab` asari hech qaysidin zohir bo`lmadi va varaq yuziga naqsh qilgucha nima qolmadi, Sulton Bobur97din o`zgakim, bu matla` alar tab`i asaridurkim,

b a y t:
 Necha yuzung ko`rub hayron bo`layin,
 Ilohi men sanga qurbon bo`layin.

             To bu vaqtqachakim, mulk dudmonning taxti saltanatig`a xotam va toji xilofatig`a sazovor va musallam, asolat bahrining durri shohvori, adolat ma`danining gavhari oliy miqdori, sipahbadlig` ma`rakasining Rustami doston98i, sipahdorlig` maydonining Somi Narimoni99, sarafrozlig` tojining gavhari zebandasi, bazmsozlig` sipehrining axtari farxundasi, jahondorlig` bazmining Iskandari100 Jamshed101johi, jahongirlig` anjumanining xurshedi olampanohi, rif`at jahonining qullai gardunxaroshi, adolat sipehrining sahobi gavharposhi, fazlu kamol hadiqasining mardumaki biynosi, takallum va maqol ha-diqasining bulbuli xush navosi as-sultoni binnis-sulton al-xoqon binni-l-xoqon muizz-us-saltana vaddunyo vad-din Abul G`oziy Sulton Husayn Bahodirxon xaladalloh taolo mulkahu va saltanatahu va afoza alal-olamina birrahu va mukarramatihi102.

R u b o i y:
 
Kim to falak ofoq uza davr qilur,
Anjum guli har tun bu chamandin ochilur,
Ne shoh aning zoti kibi yod bilur,
Ne tab` aning tab`idek istab topilur.

Tokim falak evrulur, davom o`lsun anga,
Iqbol bisotida maqom o`lsun anga.
Ham nutq bila jonbaxsh kalom o`lsun anga,
Ham nazm kalomi mustadom o`lsun anga.

             Jahonbonliq taxtida maqom tutti va kishvarsitonlik masnadida orom topti – mulk silkiga amniyat gavharlarin chekti va jahon mazra`ida jamiyat donalarin ekti, chun salim (tab`i) gavhari koni maoniy erdi va mustaqim zehni mavridi fayzi subhoniy, kalom ahliga tarfiya va ibtihojlar va kalom xayliga ravnaq va rivojlar dast berdi. Va har ilmda mufid ta`liflar va har fanda muntij tasniflar qildilar va g`arib rasoili ma`naviy zuhur qildi va ajib davovin va g`azal va qasoid va masnaviy yoyildi. Va o`z sharif tab` va latif zehnlaridin dag`i, agarchi ham forsiy demakka qodir va ham turkcha aytmoqqa mohir erdi, ammo asliy tab` iqtizosi va shoe` takallum munosabati adosi bila turkiy devon tadviniga mayl qildilar va dilpazir abyot va benazir g`azaliyot tartib berdilarki, to Utorid falak devonxonasining qalamzan va roqimidur va sipehr baytul-intizomining raqamkash va nozimi, andoq gulshani daqoyiq gulu rayohini bila orosta va ul nav` maxzane maoniy javohiri samini bila piyrosta ko`rmaydur. Daqiq ma`ni gul`uzorlari salis alfoz kisvatlarida jilvanamoy va g`arib maqsud mohruxsorlari latif ado hullalarida chehrakushoy. Devon demayki, bahri Ummondur, har g`azal anda javohirdin mamlu bir safina; safina demayki, xazinadur, har bayti bir uy maoniy gavharlaridin anda yuz dafina, so`znok abyotini o`qug`uvchining nafasi el ko`nglin o`rtamakka samumi ofat va dardmandona alfozini ado qilg`uvchining uni xaroshidin mahzunlar bag`ri jarohat; iborati nishotlig` zamirlarni motamzada qilg`uvchi va harorati muzdek sovug`on ko`ngullarni otashkada qilg`uvchi; hurufi tartibida sehrsozlig`lar va adosi tarkibida fusunpardozlig`lar hosilki, turkcha til bila bu nav` devonki, mazkur bo`ldi va ta`rifi bu sifat va oyin bilaki, mastur bo`ldikim, bu yo`sunluq g`aroyib yo`qki, salotini mukarrami Doro hashamdin, balki shuaroyi qudsiy nafasi Masih damdin voqe` bo`lmaydur va orag`a kirmaydur, voqe` bo`ldi va orag`a tushti va aning zuloli hayotining fayzi quyosh chashmasidin o`tgali yovushti va bu toifaning bebahralari, bu ruh naqdidin bahrayob va lab tashnalari bu obi hayotdin serob bo`ldilar. Bovujud bu sulton us-salotinning kimiyoasar xotiri va xurshedosor zamiri dag`i munga moyilki, turk nozimlari o`z alfozlari bilan she`rga mashg`ulluq qilg`aylar va ko`ngul g`unchasi dog`idinki, pechlar chirmanibdur bahor nasimidek anfos bila guldek ochilg`aylar. Va iltifot va ehtimom yuzidin ba`zi ma`nilar topib, nazm qilurga hukmlar ham joriy bo`ldi va so`z uslubig`a ta`yinlar va adosiga ta`limlar ham izhori bo`ldi.
             Turk ulusining xush tab` beklari va mirzodalari va sohibi zehni pok tab`lari va ozodalari andoqki, kerak mashg`ulluq asbobin tuza olmadilar va ul nav` tab` natijasi ko`rguza olmadilarki, andin xushgo`y-luq umidi tutsa bo`lg`ay, balki bu umidni alarning ro`zgori holiga yovutsa bo`lg`ay. Turfaroq bukim, bu nav` podshohi suxandon targ`ibi va talqini, ehsoni va tahsini qoidai mutobaat va muvofaqatni unutib va joddai nofarmonlig` va zalolatni tutub, ko`pi, balki borisi forsiyg`a moyil bo`ldilar va ul til bila nazmga qoyil. Bu ish mundin o`zga bo`la olmaski, turk tili ta`rifida andoqki, yuqoriroq mazkur bo`ldi: bovujudi alfoz kasrati va iborat vus`ati va maoniy g`arobati va ado salosati dilpazir bog`lamoqda suubat bor va dilpisand tartib bermakta tab` ranj va uqubat topar, lozim ko`rundi turk tili sharhida bir necha varaqqa zeb-oroyish bermak va anda hazrati sulton us-salotin mulomayati tab` va mahorati zehnlarin sharh etmak va humoyun ra`ylari tartib bergan devon bobida bir necha so`z gustoxlig` yuzidin surmak va ul hazrat kamoli donoliq va vuqufi tavonolig` nihoyatidin bu fan ashobig`a va bu fazl arbobig`a ta`limlar berib va talqinlar qilib, bular ul hazratning daqiq so`zin yo anglamay, yo anglasalar buyurulg`on yo`sun bila amal qilmay, yo qila olmay. Va bu zaifi xoksor ul hazratning qudsiy nafasi posini asrab va vojibul-iz`on hukmlariga itoat va farmonbardorliq qilib, ko`nglumdin va tilimdin kelgancha va qalamim va ilgimdin quvvat fahm qilg`ancha ul hazratqa bovujudi bandalig` va ul bandalig` bila saodatmandlig` va farxundalig` – shogirdlikka dag`i o`zumni musharrafu arjumand va mubohiyu sarbaland qildim. Va yillar turk tili va nazmi qoida va uslubida bilmaganlarimni so`rub va mushkillarimni halloli mushkilotim tobug`ida arzga yetkurub, azim foidalar topib, kulliy natijalar ko`rdum. Ul Hazratning ta`limi va tarbiyati bila va rahnamoylig`i va taqviyati bila ishim ul yerga yettikim, ul hazrat o`z pok tab`lari natijasidin zohir bo`lg`on risolaki, o`z maorifnigor kilki tahriri erdi va o`z latoifosor nutqi taqriri, alqobimni yuqori ado qildimki, ne unvon bila sabt qildilarki, muqarrar qilmoq hojat ermas.
             Bu bandaga ham chun bu nav` azim davlatki, haq subhonaxu va taoloning «Al-mutakallim» degan ismig`a mazhariyyat bo`lg`ay va xaloyiq orasida takallumda aqron va amsoldin imtiyoz va e`tibor va ulug` ot bila ovoza va ishtihorg`aki, ul hazratning inoyat va ehtimomlari bois bo`ldi va yuqori mazkur bo`lg`on davovin va masnaviy va soir kutub va rasoili ma`naviyki, to olam binosidur bu toifadin hech kimga ijtimoe dast bermaydur va ixtiroe muyassar bo`lmaydur, dast berdi va muyassar bo`ldi. Agarchi borchani ul Hazratning sharif ismig`a muhayyal va humoyun alqobig`a muzayyal qilibmen, bularni soir inoyatlari muqobalasida tutub «Al-mutakallim» ismig`a mazhariyatim uzrig`a turkiy va sort lug`ati kayfiyati va haqiqati sharhida bu risolani jam` qilib bitidim. Va anga «Muhokamat ul-lug`atayn» ot qo`ydum, to turk eli tili fasohatu diqqati va balog`atu vus`atiki, ul Hazrat bu til va iborat bila nazm bisoti tuzubdurlar va Masiho anfosi va Xizr zulolidin o`luk tirguzmak tariqin olam ahliga ko`rguzubdurlar, zohir qildim. Va xayolimga mundoq kelurkim, turk ulusi fasihlarig`a ulug` haq sobit qildimki, o`z alfoz va iboratlari haqiqati va o`z til va lug`atlari kayfiyatidin voqif bo`ldilar va forsiygo`ylarning iborat va alfoz bobida ta`n qilur sarzanishidin qutuldilar. Alar dag`i ranj va mashaqqatim muqobalasida, chun bu maxfiy ilmdinki, zohir qilibmen, vuquf topsalar, umid ulkim, bu faqirni xayr duosi bila yod qilg`aylar va ruhumni aning bila shod qilg`aylar.


R u b o i y:

  Bu nomaki, yozdi qalamim tortib til,
  Ta`rixin aning jumodiyul-avval bil,
  Kunning raqamini chorshanba qilg`il,
  To`qqiz yuz yildin o`tub erdi besh yil103 .

*          *          *

 


Izoh va Tarjimalar:

1. Arabchadan tarjima: «Insonni nutq va til bilan sharaflab, tilining shirinligi, fikr bayon etishining go`zalligi, shukr aytishning shakari, (Ollohning birligiga) guvohlik berishining asali va minnatdorchiligi tufayli uni (insonni) yaratgan, barcha boshqa jonzodlardan ulug` va mumtoz qilgan Ollohga hamdu sanolar bo`lsin.
2. Tarj. ar.: Bo`l! – desa bo`ladi.
3. Tarj. aar.: «Odamning loyini qirq tong pishitib qo`ydim»,
4. Tarj. ar.: «Hamma ismlarni o`rgatdi».
5. Tarj. ar.: «Men aniqroq va chiroyliroq gapiraman».
6. Tarj. ar.: «Payg`ambar bo`lding bas anglab ol».
7. Tarj. ar.: «Unga (payg`ambarlarga), yoqimli xislatli oilasiga va pokiza sahobalariga Ollohning salovati va ko`pdan-ko`p salomlari bo`lsin».
8. Tarj. ar.: «Gunohlar mag`firat qilinsin, gunohlar kechirilsin».
9. Tarj. ar.: «Qudratli va ulug` mulk sohibi (Olloh sifati)».
10. Tarj. ar.: «Unga (payg`ambarga) salavot va salomlar bo`lsin».
11. Tarj. ar.: «Olloh ularning sirlarini muqaddas qilsin».
12. Tarj. ar.: «Va urug`ni, o`simlikni va shoxlari bir-biriga o`ralib ketgan o`rmonzorlarni ko`kartirish uchun yomg`irli bulutlardan tuganmas suvlarni tushirdik» (Qur`on. 78, 14 – 16).
13. «Yopinchiqni ko`tarmaganda haqiqiy ilm oshmagan bo`lardi».
14. Nuh – unga Ollohning salavoti bo`lsin, diniy aqidalarga ko`ra juda uzoq umr ko`rgan payg`ambar, uni ba`zi manbalarda Odami soniy (ya`ni: ikkinchi Odam ato) ham deyiladi. Rivoyatlarda keltirilishicha Nuh zamonida 40 kecha va 40 kunduz sel yog`adi va butun dunyoni suv bosib ketadi. Shunda Nuh, o`z yaqinlari, tarafdorlari va har nav` hayvondan bir juftdan kemaga solib oladi. Yer yuzidagilar suvga g`arq bo`ladi, yolg`iz Nuh kemasi bir tog` cho`qqisida , omon qoladi. Nuhning uch o`g`li – Yofas, Som va Homlardan keyinchalik turkiy, forsiy va hindizabon xalqlar tarqaladi. Bu yerda Navoiy shunga ishora qiladi.
15. «Mezon ul-avzon» – Navoiyning aruz ilmiga oid asari. Bu asarida Shams Qays, Xoja Nasr Tusiy va Abdurahmon Jomiy kabi aruz nazariyachilari, hamda bu ilmga asos solgan Xalil ibn Ahmadning asarlari bilan Navoiyning yaqindan tanish bo`lgani ko`rinib turadi. Navoiy aruz masalalarini bir qadar yangicha talqin qiladi va uni qo`shimcha hamda yangnliklar bilan boyitadi. O`zbek she`riyatining, xalq og`zaki ijodining necha yuz yillik tajribasi bu asarda birinchi bor tadqiq etilib, umumlashtirib berilgan.
16. Tarj. ar.: «Men Zaydga dirham berdim».
17. «G`aroyib us-sig`ar» – Navoiyning «Xazoyin ul-maoniy» deb nomlangan 4 devonidan birinchisi. Shoir yozadi: «...avvalg`i devonim, tufuliyat bahori g`unchasining ajib gullari va sig`ar bog`chasining g`arib chechaklari bila orasta bo`lub erdi, «G`aroyib us-sig`ar» deyildi». Bu devon tarkibida 650 g`azal, 1 mustazod, 3 muxammas, 1 musaddas, 1 tarje`band, 1- masnaviy (Sayyid Hasad Ardasherga she`riy maktub), 50 qit`a, 133 ruboiy mavjud bo`lib, 5718,5 baytdan, 840 she`rdan iboratdir.
18. «Navodir ush-shabob» – shoirning «Xazoyin ul-maoniy»si tarkibidagi ikkinchi devoni. Bu devon mundarijasi haqida Navoiy yozadi: «Ikkinchi devonniki, yigitlik oshuftalig` va shabob oluftalig` yozi va dashtida yuzlangan nodir va vaqoe` bila piyrosta bo`lur erdi, «Navodir ush-shabob» ataldi». Tarkibida 650 g`azal, 1 mustazod, 3 muxammas, 1 musaddas, 1 tarje`band, 50 qit`a, 52 muammo bor. Bular 759 she`r bo`lib, 5423,5 baytni tashkil qiladi.
19. «Badoe` ul-vasat» – Navoiy «Xazoyin ul-maoniy»sidagi uchinchi devoni. U haqda shoir yozadi. «Uchinchi devonim, vasat ul-hayot mayxonasida ishq bilan shavq paymonasida yuzlangan badoe` nishotlar kayfiyatin yozilib erdi, «Badoe` ul-vasat» ot qo`yildi». Tarkibida: 650 g`azal, 1 mustazod, 2 muhammas, 2 musaddam, 1 tarje`band, 1 qasida, 60 qit`a, 13 tuyuq, 10 chnston bor. 740 she`r – 5420 baytdan iborat.
20. «Favoyid ul-kibar» – Navoiyning «Xazoyin ul-maoniy»sidagi to`rtinchi devoni. Shoir yozadi: «To`rtinchi devonim, umrning oxirlarida yuzlangan ishq dardu ranji foydalarikim, jonso`z oh urmoq va jon topshurmoqdurkim, anda sabt bo`lubtur, «Favoyid ul-kibar» laqab berildi». Tarkibiga 650 g`azal, 1 mustazod, 2 muxammas, 1 musaddas, 1 musamman, 1 tarje`band, 1 soqiynoma, 50 qit`a, 86 fardlar kirgan. 793 she`r – 5888,5 baytdan iborat.
Mazkur 4 devon xalq orasida «Chor devon» nomi bilan mashhur bo`lgan. 1492 – 1498 yillar davomida kitobat qilingan.
21. «Xamsa» panjasiga panja urubmen», bu so`zlardan murod – Navoiy beshta doston yaratgan Nizomiy Ganjaviyning«Panj ganji» (Besh xazina), Xusrav Dehlaviy uni an`anaga aylantirnb, «Xamsa» yozgani va ularga ergashib o`zi ijod qilgan «Xamsa»ni ko`rsatishdir.
22. «Hayrat ul-abror» – «Xamsa» tarkibidagi birinchi doston bo`lib, 64 bobdan, 3988 baytdan iborat. 889 (1489) y.da yozilgan. Navoiyning e`tirof etishicha, Nizomiyning «Mahzan ul-asror» dostoni ruhida bitilgan falsafiy, didaktik asardir.
23. Shayx Nizomiy – Ilyos Yusuf o`g`li Nizomiy – ulug` ozarbayjon shoiri. 1141 y. Ganjada tug`ilgan va shu yerda 1209 y. vafot etgan. Shoir «Panj ganj» (Besh xazina) nomi ostida beshta doston yaratgan. Birinchi dostoni «Mahzan ul-asror» (Sirlar xazinasi) 1170 y.da yozilgan turli falsafiy, hayotiy masalalarda bahs etuvchi 20 hikoyatdan iboratdir, ikkinchi dostoni «Xusrav va Shirin» 1180y.da tugallangan, ishqiy-romantik asardir. Uchinchisi «Layli va Majnun» – muhabbat dostonidir. Shoirning to`rtinchi dostoni «Haft paykar» (Etti go`zal) va oxirgisi «Sharafnoma» va «Iqbolnoma» deb atalgan ikki qismdan iborat «Iskandarnoma» dostonidir.
24. «Farhod va Shirin» – Navoiy «Xamsa»si tarkibidagn ikkinchi doston. 59 bob, 5782 baytdan iborat; 880 (1484) y.da yozilgan ishqiy-romantik doston. Shoir bu dostonni Amir Xusrav Dehlaviyning «Shirin va Xusrav» dostoni «o`tidik charog`imni yorittim», deya ko`proq shu shoirdan ilhom olganini e`tirof etadi.
25. Amir Xusrav Dehlaviy – Yaminuddin Abulhasan Xusrav Dehlaviy – asli Shahrisabzdan bo`lgan, otasi Sayfiddin Mahmud mo`g`ul istilosi arafasida oilasini Hindustonga ko`chirib ketadi. 1253 yilda Gang daryosi sohiliga joylashgan Patyoli shahrida tug`iladi. Shoir Sharq adabiyotida birinchi bo`lib, hayot fasllariga muvofiq she`rlardan alohida nomlangan 5 ta devon tuzgan va bu an`anani Jomiy va Navoiy kabi shoirlar davom ettirganlar. Xusrav Dehlaviy fors, urdu, hind va arab tillarida ijod qilgan. U «Xamsa» yaratib, xamsachilik an`anasiga asos solgan. Shoir shuningdek, voqeiy doston («Duvalroni va Xizrxon»), qator qasidalar, katta hajmdagi «E`jozi Xusraviy» va boshqa asarlar yaratgan. Shoir 1325 y. Dehlida vafot etgan.
26. «Layli va Majnun» – Navoiy «Xamsa»sidagi uchinchi doston. 36 bob – 3622 baytdan iborat ishqiy doston.
27. Xoju Kirmoniy – Abulato Kamoluddin Mahmud ibn Ali (1290 VI., Kirmon- – 1354 y., Sheroz) – Xusrav Dehlaviydan so`ng xamsachilik an`anasini davom etdirgan, ishqiy-axloqiy, tasavvufiy mavzu`larda dostonlar yaratgan Eron shoiri. Uning 5 dostoni «Xamsai Xoju» deb nomlangan. 1-dostoni «Xumoy va Humoyun», 2 – «Gulu Navro`z» (Nizomiyning «Xusrav va Shirin» dostoniga payrav), 3 – «Ravzan ul-anvor» (Nizomiy «Mahzan ul-asror» dostoni yo`lidagi), 4 – «Kamolnoma» (Sa`diyning «Bo`ston»iga tatabbu`) va 5 – «Gavharnoma»dir. Shoir «Gul va Navro`z»,. «Somnoma» nomli dostonlar ham yozgan. «Shavqiyot», «Safariyot» va «Hazariyot» deb atalgan g`inoiy she`rlardan iborat devonlar ham tuzgan. Hofiz Sheroziy Xoju Kirmoniy» ni g`azal sohasida o`zining ustodi deb bilgan. Bu yerda Navoiy «Layli va Majnun» dostonini Xoju Kirmoniy «Gavharnoma»si yo`lida yozganini e`tirof etadi.
28. «Sab`ai sayyor» – Navoiyning to`rtinchi dostoni. 37 bob – 8005 baytdan iborat. Sharqda keng tarqalgan «Bahrom Go`r» afsonasi asosida yaratilgan.
29. Ashraf – Abu Ali Husayn ibni Hasan Marog`iy, Darvesh Ashraf Xiyoboniy nomi bilan ham tanilgan (tug`. y. noma`lum, vaf. 1459), 1434 – 1440 y.larda Nizomiy «Panj ganji» payravida «Minhoj al-abror», «Shirin va Xusrav», «Layli va Majnun», «Haft paykar» (ba`zi manba`larda «Haft avrang») va «Zafarnoma» dostonlarining yozgan, hamda alohida nomlar berilgan 4 devonning ham ijodkoridir. Bu yerda Navoiy «Sab`ai sayyor»ni Ashrafning «Haft paykar»idan ta`sirlanib yozganini bayon etadi. Lekin hozirga qadar Ashrafning bu dostoni topilgani yo`q.
30. «Saddi Iskandariy» – Navoiyning «Xamsa»sidagi so`nggi doston. 88 bobdan – 7215 baytdan iborat. Shoir «Xamsa»si 889 – 890 (1483 – 1485) yillarda yaratilgan. Dostonda ideal shoh – Iskandar timsoli atrofida gumanistik g`oyalar, falsafiy-didaktik fikrlar, ilmiy faraziyalar o`zining yuksak badiiy ifodasini topgandir.
31. Hazrati Maxdum – Nuriddin Abdurahmon Jomiyning laqabi (1414, Jom – 1492, Hirot). Navoiy Jomiy bilan 1476 – 77 yillarda tanishgan va uni o`ziga pir deb bilgan, Jomiy hayotining so`nggiga qadar samimiy do`st va maslakdosh bo`lib qolgan. Jomiy «Haft avrang» («Etti taxt») – Nizomiy va Xusrav Dehlaviylarning dostonlari payravida bitilgan yetti doston» – «Silsilat uz-zahab» («Oltin silsila»), «Solomon va Absol», «Tuhfat ul-ahror» («Hurlar tuhfasi»), «Sabhat ul-abror» («Poklar tasbihi»), «Yusuf va Zulayxo», «Layli va Majnun», «Xiradnomai Iskandariy» («Iskandar xiradnomasi»), alohida nomlangan 3 ta she`rlar devoni, «Bahoriston» nomli nasriy asar (bir bobi tazkira), «Maktublar majmuasi», «Aruz risolasi», «Qofiya risolasi» va «Musiqa risolasi» kabi va muammoga bag`ishlangan ilmiy asarlari, «Nafahot un-uns» («Do`stlik nafaslari») nomli irfon va tasavvufga oid, hamda bir necha asarlarga yozilgan sharhlarning muallifidir. Navoiy Jomiy haqida «Xamsat ul-mutahayyirin» asarini yozgan (1492 y.). Bu yerda Navoiy «Saddi Iskandariy»ni Jomiyning «Xiradnomai Iskandariy» asaridan madad olib yozganini bayon etadi.
32. «Xiradnoma» – Jomiyning «Xiradnoman Iskandariy» asari xususida so`z ketmoqda.
33. «Zubdat ut-tavorix» – «Tarixlar sarasi». Navoiyning tarixga oid asarlari – «Tarixi muluki ajam» va «Tarixi anbiyo va hukamo» (Nabiy va hakimlar tarixi)ning umumiy nomi.
34. «Nasoyim ul-muhabbat» – to`la nomi «Nasoyim ul-muhabbat min shamoyim ul-futuvvat» («Ulug`lik xushbo`yliklarini taratuvchi muhabbat shabbodalari»). Navoiy e`tirofiga ko`ra, Abdurahmon Jomiyning «Nafahot ul-uns» («Do`stlik nafaslari») nomli Sharq orif va mutasavviflari haqidagi ma`lumotlar jamlangan asarini 901 (1495 – 96) yilda turkiy tilga tarjima qilgan va turkiy mashoyixlar haqida yangi ma`lumotlar kiritgan.
35. «Lison ut-tayr» – Navoiyning tasavvufga oid dostoni. Fariduddin Attorning «Mantiq ut-tayr» asarining tarjimasi, deydi Navoiy. Lekin Ye. E. Bertelьs har ikki asarni diqqat bilan muqoyasa qilib, ayniqsa 63 xikoyatdan 51 tasi yangidan yaratilgani, 12 tasigina Attor hikoyatlarining turkiycha talqini ekanligini ko`rsatib berdi va mavjud ma`lumotlar asosida mohir san`atkor qalami bilan original darajadagi asar yaratdi Navoiy, – degan xulosani qiladi (Qarang: Bertelьs Ye. E. Sufizm i sufiyskaya lit-ra. Navai i Attar. M., 1965. S. 417). Bu asar 904 (1408 – 09) y.da yozilgan.
36. «Nasr ul-laoliy» – Hazrat Ali hikmatlarining majmuasi. Navoiy har bir hikmatni bir ruboiy doirasida badiiy talqinini bergan va unga «Nazm ul-javohir» deb nom bergan.
37. «Nazm ul-javohir» – 1485 yilda Xusayn Boyqaroning «Risola»siga javoban yozilgan asar. Uniig nasriy (ko`pgina ruboiylar ham keltiriladi) muqaddimasida yozilish tarixi, Husayn Boyqaroga minnatdorchilik izhori va Hazrat Ali va uning «Nasr ul-laoliy» tarkibidagi hikmatlariga munosabat bayon etilgan. Asar muqaddima, 268 ruboiy va bir xotima-ruboiydan iborat.
38. Nasiri Tusiy – Abduja`far Muhammad ibn Hasan Nasiruddin Tusiy (1201, Tus – 1272 Bag`dod). Uning falsafiy, ijtimoiy-axloqiy mavzularda yozgan asarlari ko`p bo`lib, bu yerda Navoiy «Me`yori ash`or» nomli aruz nazariyasiga oid asarini ko`zda tutadi.
39. «Rasoilga qalam surupmen» – deyishdan murod shoirning boshqa katta-kichik asarlar yozgani bo`lishi kerak. Masalan, «Munojot», «Siroj ul-muslimin» kabi.
40. «Makotibg`a raqam urubmen» – der ekan, shoir ona tilisida bitilgan va forsiyda yozilgan maktublarini nazarda tutadi. Shoirning «Munshaot» nomli turkiydagi yozishmalari majmuasi ma`lum.
41. Xoja Hofiz Sheroziy – Shamsuddin Muhammad (1321, Sheroz – 1389, shu shahar). Tojir oilasida dunyoga kelgan va yetim qolgan Shamsuddin nonvoyga shogird tushgan va Qur`oni majidni yod olib, go`zal tilovat qilgan. Taxallusi shu munosabat bilan Hofizdir. Shoir shuhrati eng baland pallalarda uni turli mamlakat shohlari o`z saroylariga da`vat etishganida u rad etgan. Hofizning qabri Sherozdagi go`zal bog`lardan birida bo`lib, hozir «Hofiziya» deyiladi. Shoirning do`sti va shogirdi Muhammad Gulandom uning she`rlarini to`plab devon tuzgan. Hofizning vafotidan 35 yil keyin ko`chirilgan qo`lyozma asosida Eron olimi Xolxoliy aniqlangan devon tuzdi, unda 418 g`azal, 5 qasida, 41 ruboiy, 3 masnaviy («Soqiynoma», «Ohuyi vahshiy», «Mug`anniynoma») mavjuddir.
Hofiz she`rlari an`anaviy ishqi majoziy va ishqi haqiqiyning turli-tuman mavzularida yozilgan. Lekin undagi badiiyat shu qadar yuksakki, shoirning o`z zamoni va keyingi davr she`riyatiga barakali ta`sirining siri shu bilan bog`liq. Hofiz XVII asrdan boshlab, G`arb adabiyotiga ham ta`sir o`tkazdi. Ayniqsa Gyotening Hofizdan ilhomlanib yaratgan «G`arb va Sharq devoni» shoirning G`arb tafakkur olamida o`ziga xos o`rin egallaganini ko`rsatadi.
Navoiy Hofizning she`riyatdagi mahoratiga yuksak baho bergan va o`zining forsiydagi «Devoni Foniy»sida aksar g`azallarini Hofizga tatabbu` qilib yozgan. Bu yerda Navoiy Hofiz g`azaliyotining tasavvufiy mohiyatidan bahramand bo`lganini e`tirof etadi.
42. Tarj. ar.: Tushirilgan vahiy kabi.
43. Tarj. ar.: Yuborilgan payg`ambar hadislari kabi.
44. Tarj. ar.: Bu ajoyib narsa.
45. «Daryoyi abror» – Amir Xusrav Dehlavny qasidasi. Unga juda ko`p shoirlar javobiya qasidalar yozganlar. Jomiy, Navoiy, Mirxond, Naf`iy va boshqalar shular jumlasidandir. Jomiy hatto «Daryoyi abror»ning bir bayti sharhida «Mir`ot us-safo» nomli risola yozgan. Navoiy «Xamsat ul-mutahayyirin» asarida bu qasidaga javoban yozgan «Tuhfat ul-afkor»ning yaratilish tarixini bayon etadi. Shu yerda Jomiyning Xusrav Dehlaviy qasidasiga «Lujjat ul-asror» («Sirlar teranligi») nomli javobiya yozgani haqida to`xtalib o`tadi.
46. Tarj.: shoh nog`orasining ichi bo`shu g`ulg`ulasining hayqirig`i bosh og`rig`idir, kimki ho`l-quruqqa qanoatlansa, dengiz va yer yuzining podshohidir.
47. Tarj.: shohlar qasrining kungurasi Zuhal (Saturn sayyorasi) maqomidan ham yuksak bo`lsada, bilgilki, din qal`asining devoridagi raxnalar undandir.
48. «Tuhfat ul-afkor» – Navoiyning Amir Xusrav Dehlaviy «Daryoyi abrori»ga javoban fors tilida yozgan qasidasi. Shoir uni yozishda Jomiyning javobiyasi «Lujjat ul-asror»ni ham nazarda tutganligini qayd etib o`tadi. Navoiyning bu qasidasi «Sittai zaruriya» («Oltita zarurlik») deyilgan umumiy nom ostidagi olti qasidadan biridir.
49. Tarj.: Hukmron (podshoh)lar tojini bezovchi o`tli la`l (ularning) boshlarida xom xayollar pishiruvchi laqqa cho`g`dir.
50. «Bahoriston» – Abdurahmon Jomiyning 1487 yilda Sa`diy Sheroziyning mashhur «Guliston» nomli asari payravligida yozgan axloqiy va didaktik mazmundagi asari. Uni Jomiy o`z o`g`li Ziyovuddin Yusufga darslik tarzida yaratgan. «Bahoriston» muqaddima va 8 bobdan iborat: (1. Oriflar sarguzashti. 2. Ulug`lar hikmatlari. 3. Adolatli shohlar haqida. 4. Saxiylik targ`ibi. 5. Ishqiy hikoyatlar. 6. Hazil-mutoyibalar. 7. She`r va shoirlar. 8. Tamsillar). Navoiy bu yerda «Tuhfat ul-afkor» nomli qasidasining matla`ini Jomiy o`z «Bahoriston»ida keltirgani va g`oyat ta`rif qilganini minnatdorlik bilan yodga olmoqda.
51. Mushtariy – lug`. sotib oluvchi, xaridor (forslar Birjis deb ataydilar) Yupiter sayyorasi. Nujum ilmida uni «Sa`di akbar» («Falak qozisi»), joyi 6-falakda deydilar.
52. «Mir`ot us-safo» – Amir Xusrav Dehlaviy qasidasi. Navoiy ta`kidlashicha, uni shoir Xoqoniy Shervoniy qasidasi («Ayvoni Madoin»)ga tatabbu` qilib yozgan.
53. Xoqoniy Shervoniy – Afzaluddin Badil ibni Ali (1120, Shervon – 1198, Tabriz) buyuk ozarbayjon shoiri. «Tuhfat ul-iroqayn» nomli 3 miig baytli masnaviysi g`oyat shuhrat qozongan. 17 ming baytdan iborat devoni ham bor. Navoiy bu yerda Xoqoniyning bir qasidasi javobida Xusrav Dehlaviy ham qasida yozganini tilga oladi.
54. Tarj.: Ko`nglim yosh boladir, ishq piri unga til bo`yicha ustozdir. Yuz qoralik – saboq va miskinlik – maktab go`shasi (burchagi)dir.
55. «Jilo ur-ruh» – «Ruhning jilosi». Abdurahmon Jomiyning qasidasi. Navoiy uni Amir Xusrav Dehlaviyning «Mir`ot us-safo» qasidasi javobida yozilgan, deydi.
56. Tarj.: Muallim kim? U – ishq va (ishq) maktabining xomushlik burchagidir; dars – nodonlik, dono dilim (esa), uning sabaq oluvchi yosh bolasidir.
57. «Nasim ul-xuld» – «Jannat nasimi». Alisher Navoiyning forsiyda yozgan qasidasi. «Devoni Foniyda Xoqoniyga tatabbu` deb, bu yerda esa Xoqoniy va Xusrav Dehlaviy – har ikkalasiga tatabbu` deb yozadi.
58. Tarj.: Muallim – ishqdir, aql piri – saboq oluvchi boladir, bolaga adab berish uchun falak aylanuvchi charx bo`ldi. Bu yerda qadimda maktablarda «falak» (falaq, faloq) deyilgan, bolaning oyog`idan o`tkazib, aylantirib qiynov, azob beruvchi qurolga ishora qilinmoqda. Bu qasida Navoiyning «Sittai zaruriya» tarkibidagi 6 qasidadan biri.
59. «Ruh ul-quds» – «Pok, muqaddas ruh». Navoiyning mazkur 6 qasidalaridin biri.
60. Tarj.: Kanday yaxshi Qudrat qalami bilan narsalar tasvirlangan; undan har zamon ming xil ajoyib naqshlar paydo bo`ladi.
61. «Ayn ul-hayot» – «Hayot chashmasi». Navoiyning forsiydagi 6 qasidasidan biri.
62. Tarj.: Tun posbonlari qora chodir yoyganlarida, oy yuzli g`unchalarga (go`zallarga) jilva beradilar.
63. «Minhoj un-najot» – «Najot yo`li». Navoiyning «Sittai zaruriya» tarkibidagi 6 qasidasidan biri, forsiyda yozilgan.
64. Tarj.: Yuzing sham`idin insonlar ko`zi nurlandi, ayni insonlikdan jahon ko`z qorachig`i (qarog`i) bo`lding.
65. «Quvvat ul-qulub» – «Yuraklar quvvati». Navoiyning 6 qasidasidan biri, bu ham forsiyda yozilgan.
66. Tarj.: Jahon – fano (katta) yo`lining tor marhala (manzili)sidir; u yerda turma, bu yo`l shohu gadoning yo`li. Baytda bu dunyoning o`tkinchiligiga kinoya mavjud. Shoirning e`tirof etishicha, bu 6 qasidada Olloh va Payg`ambar (s. a. v.) madhi va tasavvuf; ma`rifatga, haqiqatga oid fikrlar bayon etiladi.
67. «Fusuli arba`a» – «To`rt fasl». Navoiyning yil fasllari – «Saraton» (yoz), «Xazon» (kuz), «Bahor» va «Dan» (qish) deb nomlangan forsiydagi asarlari.
68. Xoja Kalimuddin Salmon – Jamoluddin Xoja Salmon ibni Xoja Alouddin Muhammad Sovajiy (1310, Iroq Ajamidagi Sova shahri – 1376, o`sha yer) – fors shoiri. Unga «Qasidai masnu`» degan asari katta shuhrat keltirgan: Bu o`ta murakkab qasidani shoir bir necha bahr, turli-tuman she`riy san`atlar qo`llanilgan muvashshah (bezatilgan, ziynatlangan) tariqida yozgan. Uning «Kulliyoti»da 16 ming baytdan ziyod she`rlar va «Jamshid va Xurshid», «Firoqnoma» dostonlari mavjud.
69. Tarse` san`ati – ikki misra` she`rni bir-biriga mos so`zlar bilan bezab, ohangdosh qilish san`ati. Bu yerda Navoiy Salmon Sovajiyning bir qasida matla`ida qo`llagan mazkur san`atda bir so`zda takalluf qilgani – chetga chiqqanini ko`rsatib o`tadi (obi – mushki).
70. Tarj.: Pokiza yuzining sofligi bahor suvini to`kdi. Jannatdek ko`yi (manzili)ning havosi toza va eng xushbo`y hid taratdi.
71. Tarj.: Bahor faslining nasimi bo`stonga shunday yeldiki, unda oshiqlarga nigor (sevgili) vaslining xush isi yetishdi.
72. Xalil ibn Ahmad (vaf. 786 y.) – arab tilshunos olimlaridan, aruz vaznlarining ijodkori hisoblanadi.
73. Tarj.: Ey, sening yuzing jahonni bezovchi yulduzdir,. Ey, sening xushbo`y hiding jon rohatidir; Yo rab, sening soching bo`lmasa, chunonam parishonlik bo`ladi, kokiling (esa) fig`onli tunga o`xshaydi.
74. Hazrati Shayx Muslihuddin Sa`diy – Muslihuddin Abu Muhammad Abdulloh ibni Mushrifuddin Sa`diy Sheroziy (1203 – 8, Sheroz – 1292, o`sha yer), ulug` fors shoiri. Uning «Bo`ston» va «Guliston» kabi asarlari tarkibidagi nazmiy va nasriy hikoyatlari, 4 ta devoni tarkibidagi lirik-g`inoiy she`riyati g`oyat mashhur bo`lgan.
Bu yerda Navoiy shoir g`azalining rang-barang va go`zalligini ta`riflamoqda.
75. Anvariy – Avhaduddin Ali ibni Muhammad ibni Ishoq (1105, Abivardning Xovaron shahri – 1187, Balx), mashhur fors shoiri. Anvariy o`z hajviyalari bilan el og`ziga tushgan, uni qasidanavislikning payg`ambari deb atashgan. Shoirning qalamiga 250 qasida, 337 g`azal, 472 ruboiy, 557 qit`a mansub bo`lib, she`riyatining umumiy hajmi 15000 baytni tashkil qiladi. Navoiy bu yerda Anvariy va Salmon kabi shoirlarning she`rlaridan daqiq – nozik fikrlar xususida uning qoshiga muhokama uchun kelganlari va fikrini to`g`ri hisoblab, munoqashalari (bahs) bartaraf bo`lgani haqida yozadi.
76. Mir Shohiy – Amir Oqmalik ibni Malik Jamoluddin Feruzshohiy, taxallusi Mir (amir) Shohiy (1385, Sabzavor – 1453, Astrobod), taniqli shoir, xattot, naqqosh va musiqachi. Uning ajdodlari mo`g`ul istilochilariga qarshi ko`tarilgan dehqon va hunarmandlarning «sarbadorlar harakati» deb dovrug` taratgan qo`zg`olonning yetakchilaridan bo`lganlar. Bu harakatga barham berilgach, Mir Shohiy Boysung`ur Mirzo (Shohruh Mirzoning o`g`li, Ulug`bek Mirzoning inisi) saroyini tark etib, Sabzavorga qaytadi va dehqonchilik bilan shug`ullanadi. Navoiy «Majolis un-nafoisda bu shoirni ko`rmagani, lekin oralarida yozishmalar bo`lib turganini qayd etib o`tgan. Sabzavorda vafot etgan shoirning na`shini Astrobodga keltirib dafn qilingan.
77. Kotibiy – Shamsuddin Muhammad ibn Abdulloh (tug`. y. noma`lum, Turshez – 1435, Astrobod), mashhur shoir, xattot va munshiy. Taxallusi xattotlik san`atiga ishtiyoqi va undagi mahorati baland bo`lganiga dalildir. Manba`larda Kotibiy qalamiga 140 asar mansub deb qayd qilinadi. Devoni va «Xamsa»siga kirgan dostonlari bor.
78. Sulton us-salotin – Husayn Boyqaro nazarda tutiladi. Husayn Boyqaro Temur Ko`ragon naslidan bo`lib, Mirzo Mansur Boyqaroning o`g`lidir. U 1438 y. tug`ilgan va 1506 y. vafot etgan. Navoiyning bolalikdan do`sti. 1469 y. Hirot taxtiga chiqqanida Navoiy Samarqandda tahsil olayotgan edi. U darhol Navoiyni maxsus farmon bilan poytaxtga da`vat etgan va do`stini avval muhrdorlik, keyinchalik vazirlik rutbasigacha ko`targan edi va uning xalqparvarlik yo`nalishdagi faoliyatiga hamda samarali ijodiga keng yo`l ochib bergan, zarur imkoniyatlarni yaratib bergan edi. Husayn Boyqaro davrida Hirot butun Sharqda ilm-ma`rifat, san`at, adabiyot va madaniyatning yashnagan markaziga aylangan edi. Husayn Boyqaro qadimgi o`zbek tili taqdiri masalasiga katta mas`uliyat va zo`r tavajjuh bilan qaragan. O`zi ana shu tilda go`zal she`rlar bitgan yaxshi shoir ham. U «Husayniy» taxallusi bilan ijod qilar edi. Navoiy «Majolis un-nafois»ning 8-majlisini Husayn Boyqaro g`azallari tahliliga bag`ishlagan. Husayn Boyqaro qalamiga 1485 y. nasrda bitilgan bir risola ham mansub. Unda Navoiy «Xamsa»si va she`riyatiga g`oyat yuksak baho berilgan.
Navoiy ham deyarli har bir asarida Husayn Boyqaro ta`rifiga alohida boblar ajratgan. Zahiriddin Muhammad Bobur tili bilan aytganda, «Sulton Husayn Mirzoning zamoni ajab zamone edi, ahli fazl va benazir eldin Xuroson, bataxsis Hiriy shahri mamlu edi. Har kishiningkim, bir ishga mashg`ullug`i bor erdi, himmati va g`arazi ul erdikim, ul ishni kamolg`a yeturgay».
Navoiy bu yerda ham Husayn Boyqaroning unga ko`rsatgan ehtiromi va asarlariga e`tibori, umuman ilm, adab ahliga bo`lgan yuksak munosabatini bayon etadi.
79. Hasson Sobit va Laqit – hijriy tarixning avvallarida yashagan arab shoirlari.
80. Ibrohim Mahdiy (779 – 839) – arab abbosiy xalifalaridan Mahdiyning o`g`li. Bag`dodda xalifalik qilgan. Zamonasining taniqli olimlaridan, san`at va adabiyot homiysi va ijodkori bo`lgan.
81. Ma`mun xalifa – IX asrda Bag`dodda xalifalik qilgan Horun ar-Rashidning o`g`li. Ma`mun davrida madaniyat, ilm-fan juda yuksalgan.
82. Kamol Ismoil (1170, Isfaxon – 1238, o`sha yer) – atoqli forsiygo`y isfaxonlik shoir, 12 ming baytdan nborat devoni bor. Uni qasida bobida «xalloq al-maoniy», ya`ni ma`nolar (bu yerda ham yangi timsollar, ham yangi ma`naviy san`atlar nazarda tutiladi) ijodkori deb ardoqlashgan.
83. Zahir – Zahir Foryobiy, Zahiruddin Tohir ibni Muhammad (1160, Balx – 1202, Tabriz), asli xorazmlik, Nishopur madrasalarida tahsil ko`rgan, ko`p safarlarda bo`lgan. Uning shogirdi she`rlarini to`plab, devon tartib qilgan va Majiduddavla degan ozarbayjon amaldoriga taqdim etgan. Zahir qasidalarida madh asosiy mavqe`da bo`lib, ularning zimnida hukmdorlarni odil, insondo`stlik va himmatli bo`lishga da`vatni o`qib olish qiyin emas. Shoirning qit`alari ham ijtimoiy aqidalarni to`laroq bayon qiladi. Navoiy bu yerda Zahirni qasidago`ylikdagi mahoratini nazarda tutadi.
84. Firdavsiy – Abulqosim Mansur ibni Hasan Tusiy (934, Tus yaqinidagi Bojiy qishlog`i – 1021, o`sha yer) ulug` fors shoiri. Yoshligidan qadimgi dostonlar, rivoyat va asotirlarga qiziqishi benihoya bo`lgan Abulqosim, ayniqsa Abu Mansur Abulmuayyad Balxiyning, Mas`ud Marvoziyning va Daqiqiyning tugallanmay qolgan «Shohnoma»larini jam`lab, o`rganib chiqadi. 975 – 976 yillarda o`zining «Shohnoma»sini yozishga kirishadi va qariyb o`ttiz yil mehnat qilib, 994 yilda uni tugallaydi. Lekin bu davrga kelib, shoirga homiylik qilgan somoniylar tanazzulga yuz tutgan va taxtni Mahmud G`aznaviy egallagan edi. 1010 – 1014 yillarda Firdavsiy «Shohnoma»ni zamonaga sozlab tahrir qilib chiqadi. Ammo asardagi zardushtiylar madhi, umuman g`oratgar istilochilarga nafrat, ularga qarshi turishga da`vat saroy ahli, saroy shoirlari va hukmronga ma`qul tushmaydi. Firdavsiy ta`qibdan qochib, qolgan umrini sargardonlikda o`tkazadi. U 87 yoshida Tus yaqinida vafot etadi va o`z bog`iga dafn qilinadi. Hozirgi kunda Erondagi «Koxi Gu-liston» muzeyi fondida «Shohnomai Boysung`uriy» nomi bilan mashhur, Shohruh Mirzoning o`g`li, Ulug`bek Mirzoning inisi Boysung`ur Mirzo tomonidan nodir nusxalar asosida tayyorlangan (unga Boysung`ur Mirzo so`zboshi ham yozgan) «Shohnoma» saqlanadi. Badiiy bezaklarga boy, 22 ta miniatyura o`rin olgan bu qo`lyozmani Ja`far degan kotib kitobat qilgan.
Firdavsiy qalamiga bir necha g`inoiy – lirik qasida va g`azallar, qit`a va ruboiylar ham mansub. 100 baytlar chamasidagi bu she`rlarni turli manbalar, chunonchi, farhang, tazkira va bayozlardan olib, nemis olimi 1872 yilda nashr qilgan.
Navoiy bu yerda Firdavsiyni masnaviy ustodlaridan deb ta`rif qilmoqda.
85. Sulton To`g`rul – Saljuqiylar sulolasining oxirgi hukmdori. Iroqda podshohlik qilgan. Shoh Shujo` (vaf. 1385) – Eronda hukm surgan Oli Muzaffar hukmdorlaridan. Olim va shoir bo`lgan.
86. Xuloguxon (Halokuxon) (vaf. 1285) – Chingizxonning nabirasi. Elkoniya davlatining birinchi hukmdori.
87. Temur Ko`ragon (1336, 9 aprelь, Kesh (hozirgi Shahrisabz) – 1405, 18 fevralь – O`tror) – Temuriylar sulolasining asoschisi, yirik sarkarda. Otasi Tarag`ay barlos qabilasi zodagonlaridan. Onasining ismi Tagina bo`lgan. 1370–1507 yillar mobaynida Temuriylarning markazlashgan davlati. Movarounnahr va Xurosondan tashqari Eron, Iroq,Ozarbayjon va Hindistonning shimoliy qismini o`z ichiga olgan.
Navoiy «Majolis un-nafois»da Temur shaxsiyati, faoliyatiga baho berib, VII majlisin uning nomi bilan ochar ekan, kezi kelganda nazm va nasrdan biror bayt o`qib yuborar, adabiyotdan xabardor bo`lgan, deb yozadi. Bu yerda Huloguxon davridan Temur Ko`ragon, uning o`g`li Shohrux zamonigacha turkiy tilda ijod qilgan ko`p shoirlar yashab o`tdi, deb ta`kidlanmoqda.
88. Shohrux Sulton (1377 – 1447) – temuriy hukmdorlardan. Temurning to`rtinchi o`g`li. Ulug`bek va Boysung`ur mirzolarning otasi. Uning 42 yillik hukmronlik davrida Samarqand, Hirot, Marv va b. joylarda bir qancha istehkom, binolar va inshootlar qurildi, ilm-fan, madaniyat, adabiyot rivoj topdi. Navoiy bu yerda Shohrux zamonida turkigo`y shoirlar ijod qilgani haqida so`z yuritmoqda.
89. Sakkokiy (XIV asr oxiri va XV asr birinchi yarmi) – turkigo`y lirik shoir. Ulug`bek Mirzo davrida shuhrat qozongan. Shoirning Ulug`bek Mirzo, Xalil Sulton va b. nufuzli shaxslarga qasidalari bor.
90. Haydar Xorazmiy (XIV asr oxiri – XV asr birinchi yarmi) – Nizomiy Ganjaviyning «Mahzan ul-asror» dostoni asosida tarjima yo`sinida o`ziga xos bir doston yaratgan. U Temuriylardan Umarshayxning o`g`li Iskandar Mirzo davrida ijod qilgan va o`z dostonini unga bag`ishlagan.
91. Atoiy (XV) – turkigo`y, sohibi devon shoir. Uning g`inoiy she`riyatida majoziy va haqiqiy ishq yuksak mahorat bilan tarannum etilgan.
92. Muqimiy (XV) – hirotlik turkigo`y shoir. Navoiy «Majolis un-nafois» tazkirasining ikkinchi majlisida bu shoir haqida ma`lumot beradi va uning tasavvuf istilohotini yaxshi bilganini ta`kidlaydi.
93. Yaqiniy (XV) – turkigo`y shoir va adib. Shoirning nasrda yozilgan «O`q va yoy» munozarasi o`zbek adabiyotidagi shu janrniig yetuk namunasi sanaladi. Navoiy o`z tazkirasida bu shoir haqida: «Tundroq mashrabliq (ya`ni: qo`pol, keskin fe`l-atvorli) kishi erdi... oxir damida tavba qilib, ahli saloh tariqi bila kechti», – deb yozadi.
94. Amiriy (XIV asr oxiri – XV asr avvali) turkiy va forsiyda ravon she`rlar yozgan shoir. Uning «Dahnoma» nomli g`inoiy dostoni ham bor. Qabri Badaxshon tomonidagi Arhangsaroy degan joyda, deb yozadi Navoiy o`z tazkirasida.
95. Gadoiy (tug`. 806/1403 – 1404) – turkigo`y, sohibi devon shoir. Uning yagona devoni Parij Milliy kitobxonasnda saqlanadi. Gadoiyning Shohrux nabirasi (qizining o`g`li) Xalil Sultonga bag`ishlangan tugallanmagan qasidasi bor. O`zbek adabiyotshunosligida birinchi marta shoir she`rlari 1965 yilda (noshir va so`zboshi muallifi S. G`anieva) va to`la holda Parij nusxasi asosida 1973 yilda (noshir va so`zboshi muallifi E. Ahmadxo`jaev) bosmadan chiqqan. Navoiy Gadoiy she`riyatiga o`z «Majolis un-nafois»ida yuqori baho bergan.
96. Lutfiy (1366, Hirotning Dehikanori – 1465, o`sha joy) – turkiyda ko`proq yozgan, forsiyda ham qalam tebratgan shoir. Lutfiy devoni g`azal, tuyuq, qit`a, ruboiy, qasida va fardlardan tarkib topgan. Navoiy «Majolis un-nafois»da Lutfiy forsiy va turkiyda o`xshashi yo`q so`z san`atkori bo`lganini va asar oxirida u bilan bir uchrashuvini bayon etadi. «Nasoyim ul-muhabbat» asarida Lutfiyning tasavvuf bilimdoni ekanligidan dalolat beruvchi ta`rifni keltiradi. Lutfiyning Shohrux Mirzo, Boysung`ur Mirzo va Jomiyga go`zal qasidalari bor.
Lutfiy «Gul va Navro`z» nomli doston yaratgan deyiladi. Lekin bu asar Lutfiyga mansub emasligi haqida adabiyotshunosligimizda munozaralar olib borildi, masala hamon hal bo`lmadi.
97. Sulton Bobur (vaf. 1457, Mashhad) – Abulqosim Bobur Temuriy hukmronlardan. 1447 – 1457 yillarda Xurosonda shohlik qilgan. Shohrux vafotidan keyin avj olib ketgan Temuriy shahzodalarning o`zaro kurashlariga dosh bera olmay poytaxtni tashlab ketganlar Bobur taxtga o`tirgach, qaytib kela boshlaganlar. Ular orasnda Navoiyning oilasi ham bor edi. Navoiy va Husayn Boyqaro yoshliklarida ana shu Boburning saroy xizmatiga kirgan edilar. Abulqosim Bobur madaniyatimiz tarixida chuqur iz qoldirgan shoir, xattot, adabiyot va san`at ahli homiysi, «Shohnomai Boysung`uriy» nomi bilan mashhur bo`lgan go`zal kitobat tashabbuskori va ishtirokchisi Boysung`ur Mirzoning o`g`li edi.
98. Rustami doston – bu yerda Navoiy Husayn Boyqaroni Abulqosim Firdavsiyning mashhur «Shohnoma»si qahramoni Rustamga o`xshatmoqda.
99. Somi Narimon – Firdavsiy qahramonlaridan, Zobuliston hukmdori Rustamning bobosi. Bu yerda Navoiy Husayn Boyqaroni Somi Narimonga o`xshatmoqda.
100. Iskandar (mil. av. 356 y., Pella – mil. av. 323 y., Bobul) – Yunondagi Maqzun viloyati hukmdori. Sharqda Iskandari Zulqarnayn nomi bilan mashhur. Sharq adabnyotida Iskandar haqida birinchi doston Firdavsiy «Shohnoma»si tarkibida kayoniylarga bag`ishlangan qismlarda keltiriladi, Nizomiy Ganjaviy «Iskandarnoma» («Sharafnoma» va «Iqbolnoma» deb nomlangan ikki qismdan iborat), Xusrav Dehlaviy «Oyinai Iskakdariy» nomli dostonlar yaratishgan. Jomiy va Navoiylarning ham «Xiradnoman Iskandariy» va «Saddi Iskandariy» dostonlari mavjud. Bu dostonlarda Iskandar odil va xalqparvar hukmron sifatida ta`rif qilinadi. Iskandar timsoli Sharq she`riyatida ko`plab keltiriladi. Bu yerda Navoiy Husayn Boyqaroni Iskandarga o`xshatmoqda.
101. Jamshid – rivoyatlarda Yima, Firdavsiy «Shohnoma»sidagi qahramonlardan biri, Tahmurasning o`g`li. 700 yil hukmronlik qilgan deyiladi. Uning davrida temirdan harbiy aslahalar, libos tikish, dehqonchilikka asos solingan. «Navro`z» bayramini ham Jamshid joriy etgan. Navoiy «Tarixi muluki Ajam»da Jamshidga alohida maqola bag`ishlaydi. Bu yerda ham shoir Husayn Boyqaroni Jamshidga o`xshatmoqda.
102. ar.: «Sulton ibn Sulton, Hoqon ibn Hoqon, din, dunyo va saltanat quvvati Abulg`oziy Sulton Husayn Bahodirxon Olloh taolo uning saltanati va mulkini abadiy qilsin, olamni uning yaxshiligi va karomatidan bahramand aylasin».
103. 905 h. y. – mil. 1499 – 1500 y.

Powered by OrdaSoft!