I
Odamlarning gap so’zlariga
Biz tomon otilgan toshlarga
Bizning sevgi bardosh berolarmikin
Yoqotmasdan bir-birimizni
G’iybatlarni malomatlarni
Bizning sevgi yengib o’tolarmikin

Naqorat:

Tushunmaslar nechun?
Bu dunyo biz uchun
Qorong’u birga bo’lmasak
Ayrilib yashasak, orzuga yetmasak
Yorim yonimda bo’lgin
Ayriliq qo’li yetmasin
Jonim jonimga aylan
Ishqimiz so’nib o’chmasin

II
Nahotki gunohkor sanalsa
Bir-birini jonu dilidan
Hammadan ko’proq sevgan ikki insonlar
Haqqimiz bor bahtli bo’lishga
Intilishga, orzu qilishga
Umid bilan yashashga