yashil  qo’zg’alish

yashil  orzudan

KESHni  yashil  sevgisinda

aylandi  bosh

yashil takiya

yashil  hirqa  kiygan  ruh

yashil  samo  zikriga  tushar

cheksiz  yashil  orzu  harakatida

g’oyiblari  imlar

KESHni  sevgisin  yashil  hislari

huzurlanar  yashil  orzusi

yashil  samo  raqsida…

                                2019  yil.

 

 

      ***

Men  ham  bir bog’

Guliman  pushti

Devorimdan

bo’ylay olmaysiz

Pushti  hayo,

asrorman  pushti

sehrlanib  keta olmaysiz

 

Pushti dilman

sevgiman  pushti

Tilagingiz

o’shal  Zuhrosi

Bilmaysiz, siz

men uchun   Tohir

…Sevdirgali

Nigohiz  tushdi…

…Siz ma’sudim,

Ishqim  ziyosi…

 

 

Pushti labim

shivirlab  pushti

o’ynab  qo’yar

yuragingizni

Siz to’g’rida

o’ylarim  pushti

bilmaysiz-da

keragingizni!

                 2005 yil.

 

 

    ***

Tolim  sochim

popugi  yashil

Ibolarim

nozligim  yashil

Qosh,  mijgonim

nazarim  yashil

Yursam  poyon,

manzilim  yashil

Tomirlarim

ilkima  yashil

Zumrad toshli

egnima  yashil

Ko’nglim  yashil

tuyg’umda  yashil

Xonishimlarim

g’ulu-da  yashil

Kamolim-a,

istagim  yashil

Kaftimdagi

qismatim  yashil

 

                      2005 yil.