Yazdır
Üst Kategori: Özbek Edebiyatı
Kategori: Günümüz Özbek Şiiri
Gösterim: 2197



Ufqdan   taralgan   to’lqinlar  sorig’,

Dardga   chalingan   daraxtlar   sorig’,
Nechundir  nafis  kulgular  sorig’,
Charchoqlar sorig’,  karaxtlar  sorig’. 

Sokinlik  sorig’, hayqiriq  sorig’,
Shamol  sorig’dir, abrlar  sorig’,
Faromush  kuzning  etaklarida,
Jimgina  chukka  qabrlar  sorig’.

Ichingga  boqsang  ko’nglingga  sorig’,
Jisming   og’ritgan  og’riqlar  sorig’,
Tushlaring  sorig,  o’nginga  sorig’,
Baxtga  yetmagan   zorliqlar  sorig’.

Azobning  sorig’  ingraklaridan
Qora  ko’zlaring  yomg’iri  sorig’…

 

2006 yil.