Ruhimda

Mavjlanar  ranglar  dengizi

Oqizib  ketar  ranglar  to’lqini

Sarxushlanaman  ranglar  izmida

 

Ruhimda

Gullayotgan  ranglarning  bo’yi

Ranglar  shamoyili  tovlanar

Sarxushlanaman  ranglar  epkinida

 

 

Ruhimda

Sayroqi ranglarning xush nag’masi

Ranglar chamanida uynoqi ranglar

Sarxushlanaman  ranglar  xilida

 

Ruhimda

Oshiq ranglar ma’shuq ranglar raqsi

Botiniy qiyofada ranglar jilvasi

Sarxushlanaman  ranglar ishqida

2011 йил.