Bag'rida asragay tarix ravoni

Elimning ko'xna bir qadim makoni
Dunyoga ovoza shavkatu shoni
Asrlardan bergay nido Buxoro

Jonim senga bo'lsin fido Buxoro!

Imkon ber dildagi so'zim aytayin
Ravnaq top har maxal zavol ko'rmagin
Ne baxt zaminida san yashna kun sayin
Shodligu quvonchga to'lsin Buxoro
Xamisha iqboling kulsin Buxoro.

Qayda bo'lmay,qalbim senga oshiqar,
Mehring yuragimga ziyodek oqar.
Sening madhing kuylash dilga xush yoqar,
Menga aziz har bir garding,Buxoro!
Bergin mayli olay darding Buxoro.!

Sendan olis ketgach qadring bildim men
Senga dilband bo'lib nima qildim men
Gox eslab sog'insam bag'rim tildim men
Onamdek mexribon o'zing Buxoro,
Otamdek madadkor o'zing Buxoro...