Yazdır
Üst Kategori: Özbek Edebiyatı
Kategori: Günümüz Özbek Şiiri
Gösterim: 2025
Bu katta-katta ko’zlar ko’zmi yo katta is'yon,
Dunyoning gohi mayda ishlaridan hayratda.
U minglab xarsanglarga urilib sinmagan jon,
U urib turgan yurak, o’zi qoldirgan xatda.
Aytilmagan so’zlarning qolmog’iga ofarin,
Tilsiz so’zlab... dunsni olmog’iga ofarin!

Ko’zlar chaqnar... ko’nglimga yomg’ir kirar, do’l kirar,
U o’tgan dahalarga boshlaydi mеning yo’lim. ...
Yo’lchi jasadi uzra Shokir ota guldirar:
«Unsin bolam, qayg’urma, bu juda katta o’lim».
Katta quvonch va katta yig’i bo’lib o’tdingiz,
Xalqimning boshda tutgan tug’i bo’lib o’tdingiz.

«Kumush o’lib qoldi» deb, qon yig’lagan
Qodiriy, Gulnor ichgan zahardan sizam ichib qo’ygansiz.
Mеn-ku hanuz tushunmam ijod sirin, baxt sirin,
Xiz tushunib suygansiz, siz tushunib kuygansiz.
Kuyib kul bo’lmay o’zni qay o’tlarda yoqdingiz,
O’lgan Yo’lchiga qandoq ishq uzugin taqdingiz?!

Yo’lchilar, Navoiylar porlab yashadi Sizda,
Hak dеb chopgan elchiga to’ldi oldi, ortingiz.
Inqilobchi bir yurak asrab ko’kragingizda
Kommunistik saflarning eng oldida bordingiz,
Yurt yukin ko’tardingiz katta joningiz bilan,
E'tiqodi tik O’ktam, Anorxoningiz bilan.