Lablaringdin garchi qon yutmoq damo-damdur manga,
Gar dame jomi visoling yiqsa, ne g'amdur manga?

Pand eshitmay, ko'rub oni, yuz balog'a uchradim,
Ko'zlarim chiqsunki, yuz muncha sazo kamdur manga!

Qofi shavqum sharhini tahrir qildim, vah, ne sud,
Kim anga irsol uchun simurg' mahramdur manga.

Yor mundoqkim nihondur ko'zdinu men telbamen,
Kim degaykim, fitna bo'lg'on nasli Odamdur manga.

Qora chirmab yosh to'kub, afg'on qilurmen xomadek,
Etgali nolon ko'ngul bu nav' motamdur manga.

O'zga yuzga boqma deb, har bir ko'zumga bosti muhr,
Iynak-iynak har qaro bir naqshi xotamdur manga.

Dahr aro tushgan havodis o'tidin moni' emas,
Ko'z yoshimdin garchi ko'z tushguncha bir namdur manga

Soqiyo, jomi jahonbin tutki, andin kashf etay,
Kim ko'p ish bu korgah vaz'ida mubhamdur manga.

Dilbari ollida Majnun naqdi jon sarf etmadi,
Ey Navoiy, ishq atvori musallamdur manga.

Alisher Navoiy
(Badoyi' ul-Bidoya)

Turkiya Turkchasi