Hayratul-abror

[I]

Bismillohir-rahmonir-rahim,
Rishtag`a chekti necha durri yatim 1

Har dur anga javhari jondin fuzun,
Qiymat aro ikki jahondin fuzun.

Rishtasi xud iqdi jahon rishtasi,
Dema jahon rishtasi, jon rishtasi.

Ganji baqo zikriga ulkim yetib,
Bu dur ila rishtani tasbih etib.

Rishta emas, turfa kamandedur ul,
Davlatu din saydig`a bandedur ul.

Qaysi kamand, o`lmadi hargiz kamand,
Ravzai firdavs g`azolig`a band.

Bal arig`edurki oqar jon suyi,
Yo`q, demakim jon suyi, hayvon suyi.

Ul suv yaqosida alifdin shajar,
Shamrasidin ul shajar uzra samar.

Yo`qki o`shul rishtai gavhar baho,
Ganji ilohiyg`a erur ajdaho.

Yoki bular barchasi ta`vil erur,
Arshi muallo aro qandil erur.

Balki bu qandil aro aylab ayon,
Bog`i ahad foxtasi oshyon.

Yo`qki erur maxzani vahdatqa yo`l,
Yo`lu ne yo`l, asru yaqin yo`ldur ul.

Lekin erur ham qatiqu ham maxuf,
Uylaki ojizdurur andin vuquf.

Qilg`uchi bu bodiya qat`ig`a mayl,
Ahli qabulu rad erur ikki xayl,

Azmig`a chun qo`ydi qadam ahli rad,
Rahbari tavfiqdin o`lmay madad,

«Bo»si ibodin urar avval salo,
«Yo»ki degaylo ne bo`lur juz balo.

«Sin»i nahang arqosining arrasi,
Yuz kemaning ofati har parrasi.

«Sin» bila «mim»i yo`lida ko`p humum,
Yo`li humum aningu yeli samum.

«Mim»i yiloni damidin o`t sochib,
Yo`l boshida yotibon og`zin ochib,

Uch «alif», uch «lom»i solib rustaxez,
Olti jihatdin chekibon tig`i tez.

«He» ( ) lar uchi qatl ishida tez o`lub,
Rumh uchidek har biri xunrez o`lib.

«Re»larikim zohir etib iqtiron,
Fosh o`lub ondin zarari begaron.

 «He» ( ) si halok etgali qullobvash,
Mahlaka qalbi aro qullobkash.

«Nun» chekib el sahmi uchun yosini,
Balki baqo zar`i uchun dosini

«Yo»si muxolif sori harfi nido,
Ya`ni et ollimda hayoting fido.

Nuqtalari ul yo`l aro toshlar,
Toshlar o`lmayki kesuk boshlar.

«Mim»lar anda girih uzra girih,
Jazmlar anda zirih uzra zirih,

Har sori «tashdid» taaddud bila,
Zohir o`lub elga tashaddud bila.

Har nechakim noziri maqsud o`lub,
Ahli nazar ko`ziga mardud o`lub.

Lek qachon qat`ig`a ahli qabul,
Azm qilib aylasa ul yon nuzul,

«Bo»si burun «bo»i bashorat durur
Shamrasi kirmakka ishorat durur.

«Sin»i salomat yo`lining ziynasi,
Balki saodat yuzi oyinasi.

«Mim»i ochib manzili maqsadg`a yo`l,
Balki bu manzil aro sarchashma ul.

Har «alif»ikim yeridur jon aro,
Sham` o`lub ul toza shabiston aro.

«Lom»lari borcha livoyi zafar,
Berib anga jilva havoyi zafar.

«Ho» ( ) si huviyatni qilib jilvagah,
«Lom»i bila qoyili «al-mulku lah».

Ravzai jannatg`a eshik «ro»lari,
G`unchai vahdatg`a beshik «ho» ( ) lari.

«Mim»ki «nun»din qilibon intiho,
Jong`a qo`yub minnati bemuntaho.

«Yo» bila «mim»i qilib izhori yam
Aylagali g`arqai bahri karam.

Nuqtau tashdid anga chaqmoqu tosh,
Qilmoq uchun partav «alif» sham`i fosh.

Jazmi solib tavq ko`ngul bo`ynig`a,
Nuqta baqo durrini jon qo`ynig`a.

Ham harakotidin ionat yetib,
Etgali maqsudqa tahrik etib.

Ham sakanoti qilib ifsho sukun,
Anda tavaqqufqa bo`lub rahnamun.

Soyiri chun po`yag`a gomin ochib,
Gardidin atrofig`a jonlar sochib.

Bosh-ayog`i boshtin-ayoq jon bo`lub,
Boshdin-ayog` jon neki, jonon bo`lub.

Azmida ul qavmg`a dog` uzra dog`,
Qat`ida bu xaylg`a bog` uzra bog`.

Hikmati ul qahr aro, bu lutf aro,
Ushbuki to`lg`ay ikki mehmonsaro.

To agar o`t solsa jaloliyati,
Lutf ila urg`ay suv jamoliyati.

Istabon, ey xasta Navoiy, navo,
Bo`yla safarg`a qilur ersang havo,

Yo`l yomonu yaxshisidin yema g`am,
Bismilloh, degilu qo`yg`il qadam.

«Hayra sanoin limufizil-karam»,
Kim karamidin erur el muhtaram.
 
[II]

Ul xoliq hamdikim, maxluqot tasvirig`a aning qalami sun`i chehrakushodurur va masnuot tahririg`a aning xomai hikmati jamol afzo va har ko`ngul g`unchasig`a bir husn guli sori aning silsilai shavqidin vobastaliq va har kuz axtarig`a bir qosh hiloli sori aning rishtai muhabbatidin payvastaliq1
 
Hamd angakim vojibi bizzot erur,
Homid aning zotig`a zarrot erur.

Vahdati zotig`a quyoshdek tonuq,
Zarradin afzunu quyoshdin yoruq.

Jism sipehrini masir etguchi,
Ruh quyoshini munir etguchi.

Gulshani firuzani chekkan baland,
Gullaridin mehrni guldasta band.

Har sori anjum gulikim ochilib,
Ko`kka bu guldastasidin sochilib.

Mintaqa birla falaki lojuvard,
Sun`i bisotida iki taxta nard.

Solmoq uchun tosi sipehr ichra shayn,
Oyu quyoshdin qilibon Ka`batayn.

Taxta kelib charxi munaqqash anga,
Burj hisobidin iki shash anga.

Tun kun ila muhra namudorliq,
Anjum ila taxta sadafkorliq.

Daxrda har naqshi savobu qusur,
Borchasi bu narddin aylab zuhur.

Ko`rguzubon naqshi xasisu sharif,
Misli qazovu qadar ikki harif.

Chun ochibon subh uzori gulin,
Zulf etib ul yuz uza tun sunbulin.

Ul yuz o`lub dahrg`a kofurbez,
Ustida ul zulf bo`lub mushkrez.

Oqu qaro uzra berib ishtihor,
Mushk ila kofurini laylu nahor.

Chun yasabon hujrai tori dimog`,
Aqldin ul hujrada yoqib charog`.

Rishta anga tori inoyat bo`lub,
Shu`la anga nuri hidoyat bo`lub.

Andin olib nur ko`ngul maskani,
Lek o`churub ishq yelidin ani.

Ishq yelin yetkurubon tundu tez,
Aql alochug`in etib rez-rez.

Ham uchurub zuhdu vara` xirmanin,
Ham sovurub sabru sukun maskanin,

Bog`i xirad naxlini xoshok etib,
Bahri balo mavjini ko`lok etib.

Dardu balo o`tini tez aylabon,
Tez nekim, charx sitez aylabon.

Vasl sahobin chu qilib qatrabor
Aylabon ul o`tqa sukun oshkor.

Husn quyoshin qilib ofoq so`z,
Partavini ayladi olam furuz.

Dema quyosh, ravzai rizvon degil,
Ravza ichinda guli xandon degil.

Jilvasi jon gulshani oronishi,
Ko`rmagi maxzun ko`ngul osoyishi.

Zotig`a juz lutfu safo bermayin,
Lekin anga bo`yi vafo bermayin,

Ul chu vafo rangidin ozod o`lub,
Ahli vafo jonig`a bedod o`lub.

Kimga vafodin beribon choshni,
Bir nafas olmay ko`zidin yoshni.

Kimki ishi g`ayri vafo qilmayin,
Bahra anga g`ayri jafo qilmayin.

Ishqni jon rishtasig`a band etib,
Vasl ko`ngul torig`a payvand etib,

Vodiyi hajr ichra solib ko`p xatar,
Xoru giyohini qilib nishtar,

Lolasini shu`lai oh aylabon,
Sabzasini zahri giyoh aylabon.

Lola bila sabzasi bu nav` bum
Eli emas mumkin aning juz samum.

Ul yel emasdur bu biyobon o`ti,
Bil bu biyobon o`ti — hijron o`ti.

Kimniki bu shu`la bila kuydurub,
Ko`kka hamul yel kulini sovurub.

Kimni kul aylab bu samumi balo,
Dardu balo ko`zgusi topib jalo.

Chun solib ul ko`zgu aro to bu nur
Ishq yuziga berib andin zuhur.

Doyirani juz bu sifat tuzmayin,
Silsilani bir-biridin uzmayin.

Bir-biriga bo`yla tuzub marhala.
Silsilag`a bog`lanibon silsila.

Ayladi sokin qurai xokni,
Soyir etib davrai aflokni.

Toki muhit o`rnig`a aflok erur,
Markazi oning kurai xok erur.

Lutfi bila borchag`a mavjudluq,
Qahridin-o`q bo`lg`usi nobudluq.
 
[III]

AVVALG`I MUNOJOT

Haqning avvaliyatidakim, xirad anga soniy bilmas, balki avval va oxir eli sano desalar anga loyiqi soniy topilmas va mumkinot gulsha-nidag`i gullarning adam shabistonidin vujud gulistonig`a kelmagining sifati va koinot bozoridag`i durlarning xafo sahobidin zuhur daryosiga tushganining ma`rifati1.
 
Ey sanga mabda`da abaddek azal,
Zoti qadiming abadiy lam`yazal.

Ne bo`lub avvalda bidoyat sanga,
Ne kelib oxirda nihoyat sanga.

Avval o`zung, oxiru mobayn o`zung,
Borchag`a xoliq, borig`a ayn o`zung.

Andaki bor erdi nihon bu jahon,
Balki nihon dog`i jahondek nihon.

Ne sochibon kun yuzi bargi suman,
Ne kechaning turrasi mushki Xutan.

Ne ochibon ko`kda shafaq lolalar,
Ne yog`ib din anga jolalar.

Ne yeru ne yer yuzida bir kishi,
Ne ko`ku ne g`ayri sitam yer ishi.

Husn o`ti hangoma furuz o`lmayin,
Ishq eliga moyai so`z o`lmayin.

Yorumayin sham` ila koshonai,
Kuymay aning ishqida parvonai.

Jilvai noz aylamayin gul hanuz,
Zamzama chekmay anga bulbul hanuz.

Demaki nargis ko`zi masti xarob,
Balki dam gulshanida masti xob.

Xam boshi mug` dayrida ochilmayin,
Ahli vara` xirqa garav qilmayin.

Ishva bila mug`bachai mayfurush,
Zuhd elini aylamayin durd no`sh.

Ko`rguzub oromu sukun bahri zot,
Mavj ayon aylamayin mumkinot.

Sen edingu bas yana mavjud yo`q,
Jilva qilib o`zungga o`z husnung-o`q.

Mazhar o`lub husnungga mir`oti g`ayb,
Jilva qilib anda xayoloti g`ayb.

Nozir o`zung erdinggu manzur o`zung.
Ishqingga xush husnungga mag`rur o`zung.

Birlik ediyu adadi yo`q edi,
Birdin o`zga ahade yo`q edi.

Yo`q edi xud ilmingga ijmoli zot,
Monii tafsili shuyunu sifot.

Lek o`shul chehrai ushshoq so`z,
Kim anga har lam`adur ofoq so`z,

Qildi mazohirda xayoli zuhur,
Topqali ul husn kamoli zuhur.

Jilvai husnungg`a chu yo`q erdi had,
Ko`zgu kerak bo`ldi anga beadad.

Ochti bu gulshanniki rangin erur,
Har gul anga oyinai chin erur.

Jilvai husn o`lg`ali zohir anga,
Bo`ldi bu mir`ot mazohir anga.

Vosita bu erdiki qilding tamom,
Ko`kni to`quz lavhai oyinafom.

Bo`ldi safo vajhida har axtari
Ko`zgu kibi husnung uchun mazhare.

Mehr yuzin oyina rang aylading,
Yuzda kusufin anga zang aylading.

Ko`kni qilib safhai minu kibi,
Aylading ul safhani ko`zgu kibi.

Bog`chasin dahrning etting nazih,
Panjarasi bo`ldi musaddas girih.

Sun`ung etib konni mulamma` guhar,
Hukmung etib tog`ni murassa` kamar.

Topti yog`in rishtasi chun bahri sof,
El iligin qilding anga hullabof.

El bila chirmashturubon tiyragard,
Charxdek etting ani geti navard.

Muncha g`aroyibki misol aylading,
Borchani mir`oti jamol aylading.

Ganjing aro naqd farovon edi,
Lek boridin g`araz inson edi.

Turfa kalomingg`a dog`i komil ul,
Sirri nihoningg`a dog`i homil ul.

Ko`ngliga qilding chu yaqin ganji qism,
Jismini ul ganjga qilding tilism.

«Karramano» keldi manoqib anga,
«Ahsani taqvim» munosib anga.

Ma`rifating kim qila olmay sifat,
Qilding ani orifi ul ma`rifat.

Ilmig`a har zotni xayl aylading,
Zotig`a olamni tufayl aylading.

Yorab, o`shul ganjki mahram anga,
Kimsa emastur, magar odam anga,

Ayla Navoiyni burun odamiy,
Kim bo`la olg`ay bu haram mahrami.

Onchaki rozingg`a amin qil ani,
Harne qilursen yana sen bil ani.
 
[IV]

IKKINCHI MUNOJOT

Maxluqot zebolarining jilvai zuhuridakim, xoliqi ashyo azamati dargohiga ondin sude yetmas va mavjudot ra`nolarining hodisai futuridakim, vohidi dono jabaruti borgohig`a kimsa andin ziyonbude tasavvur etmas1.
 
Ey bori mavjudg`a sendin vujud,
Balki vujud ahlig`a fayyozi jud.

Katmi adamdin neki mavjud o`lub,
Sojid o`lub, sen anga masjud o`lub,

Kimki boshi sajdada — masjudisen,
Kimki yuzi qiblada — ma`budisen.

Munchaki aflok sabuk sang erur,
Yo kurai xok kuhan lang erur.

Sendin alar junbishu oromi ham,
Uylaki, ijodi ham, e`domi ham,

Gunbadi mino bila toqi sipehr,
Kim anga sham` anjum erur, shamsa — mehr.

Darkida qosir bo`lubon hislari,
Chun ko`rubon aql muhandislari.

Bo`lmadi yuz onchag`a me`morliq,
San`ating ustodig`a dushvorliq

Yo desang ul vaz`g`a yetsun xalal,
Qahringa bordur bu xalal filmasal.

Tund yel olinda ovuch xokdek,
Ildirim o`trusida xoshokdek.

Sarsari qahring chu bo`lub ko`hkan,
Tog` bulut yanglig` bo`lub na`razan.

Sovrulubon ko`k bir etak kul kibi,
Qo`zg`alib anjum bir ovuch gul kibi,

Mayl adam dashtig`a aylab Zuhal
Par butub egnida nechukkim jual.

Qat` hayotin ko`rubon Mushtari
Taxtavu tobuti bo`lub minbari.

Tez etibon qatlig`a Bahrom tig`,
Tortibon o`z holig`a hardam darig`.

Bo`yla qaro kun aro mehri munir,
Tiyra bo`lub o`ylaki bir kursi qiyr.

Zuhra ushotib daf ila changini,
Navha ko`kida tuzub ohangini

Tiyr iligida ne qalam, ne raqam,
Balki raqam oyati «jaffal-qalam».

Ahli adam shomig`a zulmat fizoy,
Tahti shioi abadiy ichra oy.

O`t chekibon shu`lai bebokni.
Cho`rkabon anjum bila aflokni.

El ko`k ila yerni taboh aylabon,
O`ylaki mazlumlar oh aylabon.

Bahrg`a bir valvalau iztirob,
Kim tegib axtar yuziga har hubob.

Er qo`pub o`rnidin o`lub hamla gard,
Kim itib anda falaki lojuvard.

Odamiy ul damda aningdek adam,
Kim bu dam odamda vafovu karam

Er tutubon avju falak tah tushub,
Gah bu chiqib yuqori, ul gah tushub.

O`t qilibon bahrda g`avvosliq,
Tog` etibon charx uza raqqosliq.

Charx misosida bulutdek g`irev,
Devzada o`ylaki ko`rganda dev.

Tog`u falaklarda taroqo taroq,
Borcha taroqida ayon alfiroq.

Bir necha dam borchag`a bu rustaxez,
Toki fano sarsari esguncha tez.

Ul chu esib toza vagar xud kuhun,
Bir dam aro «kona kaan lam yakun»,

Tengri qolib boqiyu dayyor yo`q,
Er muabbad bo`lub ag`yor yo`q,

Arz ( ) u falak yo`qidinu boridin,
Borchaning ixfosiyu izhoridin.

Ne azamat ichra anga sud o`lub,
Ne jabarutig`a ziyonbud o`lub.

So`z «Limanil-mulk» o`lub ul dam anga,
Kim angadur mulk musallam anga.

Yorab, agar yetsam o`shul kunga jazm,
Yoki burun aylasam ul yong`a azm,

Ul nafas imon manga hamroh qil,
Ko`nglum aro mahvi sivalloh qil.

Rahmati omingni nisor et manga,
Lutfi amiyming manga yor et manga.
 
[V]

UCHUNCHI MUNOJOT

Ul ma`nidakim, olam va odamni vujud koshona-sidin adam faromushxonasig`a solmoq vujudi mutlaqdin o`zga vujud tutmas va bu ma`nini vujud ahli andin o`zga vujudqa mutlaqo yovutmas va isyon zulmatida ayoqdin tushganlarga xulosai olam shafoati dastgir durur va ul shafi`-shafoat qilg`onlarg`a xoliqi olam va odam shafoat pazir1.
 
Ey qilibon qahr ila lutfung shior,
Borni yo`q aylamaku yo`qni bor,

Yo`q edilar har neki — bor aylading,
Fahmu xirad borig`a yor aylading.

Ham to`quz aflokni chekting rafi`,
Ham kurai xokni yoyding vasi`

Gar falakiyotu anosir durur,
Borcha samin qadr javohir durur.

Koniyu hayvoni, agar xud nabot,
Har biri bir gavhari oliy sifot.

Borchasini garchi latif aylading,
Borchadin insonni sharif aylading,

Qatrag`acha qulzumi zahhordin,
Zarrag`acha shamsai zarkordin,

Oni munga, muni anga band etib,
Bir-biriga borchani payvand etib,

Vositalar bo`ldi ayon to`-bato`,
Bir-biriga bog`lanibon mo`-bamo`.

To tikilib ushbu binik borgoh,
Bo`ldi muhayyo bu ulug` korgoh.

Oncha bo`lub vus`atu oroyishi,
Kim sari mo` yo`q yana gunjoyishi.

Borchasini buzmoq agar istasang,
Boshtin-oyoq zeru zabar istasang,

Garchi erur aql haroson base,
Ul dog`i olingdadur oson base

Chun qilibon qudrating izhorini,
Birisining qo`ymag`ung osorini.

Emdiki junbushqa kelib bahri jud,
Zohir etarsen chu adamdin vujud,

Kimki hisob aylasalar mavtidin,
Ming yilu o`n ming yil o`tub favtidin,

Qolabiniig daftari ajzo bo`lub,
Juzvlari loyatajazzo bo`lub.

Zohir o`lur «bu`sira mo fil-qubur»,
Jilva qilur «hussila mo fis-sudur».

«Yavmaizin moxalaqallohu fih»
«Yavma yafirrul-mar`u min axih».

Ne kun o`shul ohu nadomat kuni,
Ohu nadomat ne, qiyomat kuni.

Avvalu oxir eli zoru asir,
Har bir o`z ahvolig`a tortib nafir.

Bu chekib o`z dardi uchun voy-voy,
Yig`lab ul o`z mehnatig`a hoy-hoy.

Qaysi fig`onkim jazai mahshar ul,
Qaysi yig`ikim fazai akbar ul.

Nomalar el olnig`a parron o`lub,
Ko`rmagidin el yuragi qon o`lub,

Borchasi isyon bila badxo`yluq
Badxo`luq yo`qki, siyah ro`yluq.

Qizg`a ano boqmay, o`g`ulg`a ato
Borchasining og`zida vohasrato!

Har sori jurm ahli guruho-guruh,
Yuklanibon jurmlari ko`h-ko`h.

Har biri bir hayati hoyil bila,
Bog`lanib ag`lolu salosil bila.

Ham tomug` o`ti solibon rustxez,
Ko`rmagidin el so`ngaki rez-rez.

Ham guli firdavs bo`lub jilvagar,
Hasrati do`zax o`tidin ham batar.

Kun qizig`idin qilibon mag`z jo`sh,
Ko`kka chekib ahli qiyomat xurush.

Ko`pruk o`lub o`ylaki tori xayol,
Lek xayoleki ul o`lg`ay mahol.

Kuchlanibon panjau bozuyi adl,
Asrabon oyini tarozuyi adl.

Hokimi odil bo`lubon hukmron,
«Doma lahul-mulk, va lahul-hukm shon»,

Avj tutub shu`lai jabborliq,
Mavj urub lujjai qahhorliq,

Ham mutafakkir bo`lubon avliyo,
Ham mutahayyir qolibon anbiyo.

G`ayri nabiyi arabiy ul nafas,
Kim bo`lubon xalq shafiiyu bas.

Goh sirot ustigacha ro`y urub,
Lahzai mezong`a taku po`y urub.

Solibon og`ziga biyik himmati,
Zamzamai «ummati vo ummati!»

Yo`qki hamin ummati gumrohni,
Balki tilab moxalaqallohni

Harne tamannoki rasul aylabon,
Borchasini tengri qabul aylabon,

Bo`lsa ne maqsudg`a mayli aning,
Haqdin o`lub barcha tufayli aning.

Yorab, aning haqqiki qilding nasib,
Martabaikim sanga bo`ldi habib,

Kim bu sifat anjumani g`am aro,
G`am demayin, majmai motam aro,

Kim ani olamg`a shafi` aylagung,
So`zungga lutfungni muti` aylagung.

Bo`lg`usi jurm ahlini istar zamon,
Istamagiyu karaming tav`amon.

Ummatidin kelsa bir ul nav` xayl,
Kim borig`a bo`lsa jazo chohu vayl,

Umrida kelmay biridin bir amal,
G`ayri xatoeki, topib din xalal.

Jonlari anduh o`tidin g`am aro,
Yuzlari isyon tutunidin qaro.

Istasa ul qavm xalosini ham,
Ko`ziga uchrat meni osiyni ham.
 
[VI]

TO`RTUNCHI MUNOJOT

Karam daryosi vasfidakim, inoyat nasimidin mavjg`a kirsa, isyon xasu xoshokin qirog`larg`a iturur va ko`hi gunohdin langar solg`onlarning garonjonliq kemasin bir pari kohdek maqsud sohilig`a yetkurur1.
 
Ey karaming ollida ko`hi gunoh,
Elga uchub o`ylaki bir parri koh.

Nechaki jam` o`lsa somon ko`h-ko`h,
El qoshida anga ne bo`lg`ay shukuh.

Jumla jahon ahli xato qilsalar,
Jurm bilan noma qaro qilsalar,

Nomani oq aylamak oson sanga,
Kim yo`q o`shul amrda nuqson sanga

Tunki tuzub shu`bada hangomasin,
Qildi qaro ahli jahon nomasin.

Lutf quyoshig`a chu berding zuhur,
Mehr ila qilding bori zulmatni nur.

Chun saname ayladi el kiynidan,
Gulni nihon sunbuli mushkinidin

Elni qilib chobuki burqa` raboy,
Kecha savodida ayon qilding oy.

Afv charog`i qachon o`lg`ay yoruq,
Qilmasa isyon tuni osiy yozuq?

Jurm o`tig`a bo`lmasa gar shu`la tez,
Abri karam qayda bo`lur qatra rez?

Qilmasa oluda etak xirqapo`sh,
Hojat emas bahri inoyatqa jo`sh.

Yiqmasa may aylabon elni asir,
Lutf iligi kimga bo`lur dastgir?

Zuhd ila qavmeki vara` qildilar,
Qilg`on uchun muzd tama` qildilar.

Har amalekim kishi xayr aylagay,
Komi bukim ravzada sayr aylagay.

Aylamagan may bila oluda lab,
Tongla qilur bodai kavsar talab,

Munda jamil istamagan hech kas,
Anda qilur hur jamolin havas.

Go`shai vayrnani qilg`on panoh,
Qasri murassa` tilar oromgoh.

Har kishi bir qat` tamattu` qilur,
Muzdini yuz oncha tavaqqu` qilur.

Ahli vara` gar bori muzd olsalar,
Noma siyah xayl boqib qolsalar,

Aylamaging afvi xato bas qani?
Bahri karam birla ato () bas qani?

Lutfu karam bahri labolab turub,
Bir necha lab tashnaning og`zi qurub,

Barchalarin tashna lab o`lturmaging,
Yo bu tengiz tegrasidnn surmaging,

Mumkin erurmu ekin oyo bu ish?
Aylagasen sen har ish, illo bu ish!

Har kishi osiyu gunahkorroq,
Afv ila rahmatqa sazovorroq.

Ahli vara` ajri bo`lub gar bihisht,
Kuysa tomug` o`tig`a isyon sirisht.

Ul topibon ravzani etsa farog`,
Do`zax aro bo`lsa munga dardu dog`.

Lutfu karam ganjini netkung durur?
Kimga ato  ( ) vu karam etkung durur?

Bir necha muhtoju asiru gado,
Yuzlari silliyi gunahdin qaro,

Qaytsa xoni niamingdin sening,
Hosho, lutfu karamingdin sening!

Xon anga yoyg`ilki erur mushtahi,
To`q yemas, ar yesa bo`lur mumtali.

O`tsa qurub qolg`on ekindin bulut
Bahr uza yo asradi yo yog`di tut.

Ansab anga luqmaki ul och erur,
Avli anga to`nki yalang`och erur.

Bu bori afsonai behudadur,
Kimki sen ummidi sen osudadur.

Yorab, urarda karaming bahri jo`sh,
Cheksalar ul xayl fig`onu xuro`sh.

Garchi gunahning hadu poyoni yo`q,
Aylamasang rahm ham imkoni yo`q.

Chun chekibon lutf saropardasin,
Kechsang alar kardau nokardasin,

Bo`lsa navo birla bori muhtaram,
Aylama mahrum Navoiyni ham.

Ermas anga hur ila jannat havas,
Sen anga bo`lg`ilki, anga ushbu bas.
 
[VII]

AVVALG`I NA`T

Ul hazratning nuri qidamiyatidakim zot bah-rining avvalg`i junbushida ul durri bebaho lam`asi  xafo rishtasin uzdi va ul  gavhari yakto ashi`asi lam`a ko`rguzdi va durjdin durjg`a intiqol etti to Safiyullohdin Abdullohg`a yetti1.
 
Ey qilibon lam`ai nurung zuhur,
Andaki ne soya bor erdi, ne nur.

Nurungga tob ikki jahondin burun,
Harne yo`q andin burun, andin burun.

Zoviyai hashmg`a har zotdin,
Ruh yoqib sham` bu mishkotdin.

Topti azal subhi chu bazming charog`,
Ne tong agar yorusa yuz ming charog`.

Bo`ldi sanga Odam sabqatnamo,
Avval o`g`ul, so`ngra gar o`lsa ato.

Naslida harkim anga payvand o`lub,
Borchasi farzandingga farzand o`lub.

Kimki munga da`viyi hujjat etar,
«Kuntu nabiyyan» anga hujjat yetar.

O`zga dalil istasa tab`i saqim,
Basdurur Odamda «alif»,  «dolu», «mim».

Borchasi Ahmadda topib izzu shon,
O`g`lida uch harf atodin nishon.
 
«Ho» ( ) i muhabbat sanga-o`qdur nasib,
Kim seni haq dedi o`ziga habib.

Har neki haq vajhi aro mubham ul,
Zohir etib yuzda habibi ham ul.

Shohid etib chehra bu ko`zgu anga,
Ul ne qilib, ko`rguzubon bu anga.

Ayladi chun odami xokiy zuhur,
Soldi anga partavin ul pok nur.

Nur dema, boriqai sarmadiy,
Boriqa yo`q, sha`shai Ahmadiy.

Bo`ldi chu Odamda bu partav nihon,
Anda nihon, lek yuzida ayon.

Egniga yopildi duvvoji sharaf,
Qildi makon boshig`a toji sharaf

Taxti risolat uza shoh o`ldi ul,
Xayli maloyikka panoh o`ldi ul.

Istadi Havvo bila chun ittisol,
Ayladi Havvog`a bu nur intiqol.

Poku jamil ayladi Havvo yuzin,
Uylaki haq partavi havro yuzin.

Shisqa chun bo`ldi yana muntaqil,
Oyni qilur erdi yuzi munfail.

Rishtasidin chun bu guhar bo`ldi kam,
Bir sadaf o`ldi yana gavhar shikam.

To atodin ato, anodin ano,
Bir ano kim yo`q edi andoq yano.

Bo`ldi risolat durining maxzani,
Balki nubuvvat gulining gulshani.

Bo`lg`ach-o`q ul durg`a sadaf pardapo`sh,
Tushti jahon bahrig`a jo`shu xuro`sh.

Emdiki raf` etti yuzidin niqob,
Tug`madi andoq yana bir oftob.

G`am tunini nur sirisht ayladi,
Er yuzini bog`i bihisht ayladi.
 
[VIII]

IKKINCHI NA`T

Aning navras niholi jahon gulshanin sarsabz qilib, qirq yilg`acha andin hayo va adab gullari ochilib, andin so`ngra nubuvvat mevasi bergani, dog`i shox va bargin sidra shoxidin o`tkarib, ikki olam ahlining soyai   rahmatig`a   kirgani1.
 
Ey ko`runub g`urra kibi tiflzod,
Tifli rahing charxi qadimiy nihod.

Insu malak joniyu jononasi,
Ikki jahon gavhari yakdonasi.

Mahd sanga lavhai firuza rang,
Kim harakatdin anga bo`lmay darang.

Sen kibi bu gulshan aro toza vard,
Umrida ko`rmay falaki solxo`rd.

Surat aro tifl, vale aqli kul,
Qavlung aro g`ayri yali lam-yaqul.

Axtaring ul tunki tulu` aylabon,
Charx salomig`a ruku` aylabon.

Kufr biyik tog`ig`a solib shikast,
Erga bo`lub past butu butparast.

Makkada din ahlig`a muknat bo`lub,
Uzzi ila lotqa uzlat bo`lub.

Muxtalif ahvol o`lub ahli quraysh,
Ba`zi o`lub g`amzada, ba`zida aysh.

Gar otadin yo`q esa bahrang ne tong,
Odam o`g`ul bo`lsa, kim o`lg`ay otang?

Gavhari zotingg`a sadafsiz ne biym,
Itti sadaf, chiqti chu durri yatim.

Durg`a sharaf bor o`zining zotidin,
Tong yo`q anga or sadaf otidin.

Garchiki ming dur chiqorur bir sadaf,
Bir dur ila ming sadaf aylar sharaf.

Qaysi dur ul, durji vafo gavhari,
Qaysi guhar, burjui hayo axtari.

Axtaridin mehrg`a farxundaliq,
Badru hilol aylab anga bandaliq.

Mehr mutii amru misoli bila,
Shaq bo`lubon badr hiloli bila.

Garchi tijoratqa bo`lub moyasanj,
Kim qaro tufroqdin oldinda ganj,

Ko`z tutub el naf`u basorat anga,
Ummat etib sudu tijorat anga,

Noqag`a markablig`idin ko`p surur,
Uylaki tushganda malak uzra nur.

Deb laqabin ahli tajammul Amin,
Andin o`lub hamdami Ruhul-amin.

Chunki shubonliq etib o`z peshasin,
Jady vatan aylab asad beshasin.

Sut ko`runub shakkarida xushguvor,
Garchi xirad piri anga shirxor.

Zahri jafo ko`p ezilib jomig`a,
Shiru shakar ta`mi berib komig`a.

Necha achig` yig`lag`udek ish yetib,
Lutfi shakarxanda bila daf` etib.

Shomi nifoq ahli chu aylab sitez,
Boshig`a anjumdek etib sangrez.

Ul qilibon subh kibi nushxand,
Xayr duosi bila deb elga pand.

«Azzama qadrah» — bu ne xulqi azim,
«Karrama vajhah» — bu ne nafsi karim.

«Hodiyuno kavkabu iqbolihi,
Sallu alayhi va alo olihi».
 
[IX]

UCHUNCHI NA`T

Ul nubuvvat quyoshining soyasizligining poyasi, balki quyosh bo`lmok aning soyasi va besh barmog`iga qalam tutmay aqolimi sab`ani yakqalama qilg`oni, balki jami` milal avroqig`a nasxqalami chekkoni1.
 
Ey sharaf avjida yuzung sham`i mehr,
Soyadek ul sham`g`a niliy sipehr.

Soyalig`ing bo`lmasa gar varzishi,
Tushmak ayog`ingga nedindur ishi,

Turfaki sham`ingg`a biyik poyadin,
Or o`lubon sham` kibi soyadin.

Mehrki chihrangdin anga nurdur,
Tegrasidin soyasi mahjurdur.

Senki yuz oncha sanga haq berdi nur,
Tong yo`q agar soyadin o`lsang nufur.

Soya agar bo`lmadi shaxsingg`a yor,
Soyai qadringda durur har ne bor.

Sham`inga chun nuri qidam soyadur,
Nurdur ulkim anga hamsoyadur.

Soya sifat keldi sanga anbiyo,
Ya`ni erurlar quyoshingdin ziyo.

Julvai husn aylasa mehri sharif,
Bois o`lur soyag`a jirmi kasif.

Zoting edi javhari ulviy najod,
Tutmadi yer soyasi birla savod.

Qayda savod etgali chekkay raqam,
Qoldi chu mahrum iligingdin qalam.

Bo`lmadi gar xoma boshin yormog`ing,
Yordi qamar xomasini bormog`ing.

Qo`ymadi gar bu qalaming bir nuqat,
Lek milal nasxig`a ko`p chekti xat.

Yuz qaroliq xoma kibi qildi fosh,
Kimki xatingdin chiqorur bo`ldi bosh.

Tig`i siyosat boshin etti qalam,
Kimki chiqordi raqamingdin qadam.

Itsa qalam qayda g`am o`ldi sanga,
Chunki jahon yakqalam o`ldi sanga.

Xattingga bosh qo`ydi Ajam to Arab,
Tutmasang ilgingga qalam ne ajab.

O`pmadi ilgingni chu nolon qalam,
Motamiy aylabtur oni bu alam,

Kim yuzin ayblab qaro g`amnok erur,
Shaqqi emaskim, yoqosi chok erur.

Tutmog`ining andin edi xomani,
Kim ul etibdur qaro ko`p nomani.

Noma qaro qilg`ali bo`ldik sari`,
Noma siyahlarg`a chu sen-sen shafi`.

Ey yovumay nomag`a xomang sening,
Xoma yo`qu haq sori nomang sening.

Haq azaliy rahmati jovidi sen,
Noma qaro qilg`on el ummidi sen.

Kimki amal nomasin aylab qaro,
Sen kirib oning qaro joni aro.

Kimniki gumrah qilibon tolii,
Jodai shar`ing o`lub shorii.

Zulmati kufr ulki bo`lub jam` anga,
Har «alif» isloming aro sham` anga.

Barcha milalg`a chu yurub himmating,
«Lom» ila «te» din lat urub millating.

Lotki andin edi ding`a balo,
Sen ushotib poyasini bo`ldi lo.

Kufr eliga ulki bor erdi manot,
Bo`ynini sen sindurubon bo`ldi mot.

Kufr boshin kesting etib qahr fosh,
Boshig`a far qolmadi, jismig`a bosh.

Xasta Navoiy sori nazzora qil,
Kufr inoniyatig`a chora qil.

Et bu inoyat bila hosil ani,
Zumrai islom aro doxil ani.
 
[X]

TO`RTUNCHI NA`T

Ul risolat sipehrining rif`atida va barcha olamni sipehrdek ihota qilg`on qudratida va ashobi bobidakim har biriga ul sipehrda bir kavkabi raxshandaliq sodiq dururki, «ashobi kan-nujum» bu mazmung`a  notiq durur1.
 
Ey nafasing moyai e`joz o`lub,
Ruhi qudus nutqungga hamroz o`lub.

Gohi takallum sanga mu`jiz kalom,
Nazmi kaloming bori mu`jiz nizom,

Nukta fasohatda munaqqah sanga,
Shohidi da`vo: «ana afsah» sanga.

Sihhati hukm ichra hadising sahih,
Arzi fasohatda kaloming fasih.

Nutq aro chun zohir o`lub mu`jizing,
Ahli fasohat bo`lubon ojizing.

Zoting o`lub bahri javohir nishon,
So`z aro bahring kafi gavhar fishon,

Kaf neki, bahre bo`lub ul panj shox,
Etti hubob ul suvg`a bu yetti kox.

Xamsa salotingg`a chu navbat bo`lub,
Panjai islomg`a quvvat bo`lub.

Kufr qo`lu panjasini ranja bil.
Bois aning ranjig`a bu panja bil.

Faqr aro ul panja qabul etti ranj,
Lek haqiqatda erur panj ganj.

Panjai islom chu mahkam solib,
Kufr yeti qo`rg`onidin xums olib,

Dema ilik, tig`eki bir bormog`i,
Oyni iki bo`ldi ishorat chog`i.

Tong emas ar ul kafi mu`jiznamoy,
Qilg`ach ishorat iki ayrilsa oy.

Noqasi yer uzra chu raftor etib,
Har izi «shaqqal-qamar» izhor etib.

Amri etib naxl qadin xush xirom,
Uylaki qilg`ay buti sarkash xirom.

Xasmidin o`lg`onda anga parda g`or,
Og`zida o`rgamchi bo`lub pardador.

Aylamasun deb yel ila parda sayr,
Bayzasidin tugma toqib anda tayr,

Pardasi jon rishtasidin tor o`lub,
Tugmalari gavhari shahvor o`lub.

Qo`ydi chu ul dom ila ul dona g`or,
Ko`rki ne davlat qushin etti shikor.

G`orda yori bila ul tez hush,
Tog` ichida o`ylaki oltun-kumush,

Kufr chu e`loyi livo aylabon,
Nusrat uchun ding`a duo aylabon.

Kim iki tandin birin et tojvar,
Biri Abujahlu birisi Umar.

Qismati avvalg`ining o`ldi azob,
Bo`ldi ikinchida duo mustajob.

Buki kalomulloh angadur nasib,
Kim yo`q anga mu`jiza andin g`arib.

Sura dema, «qof» ila «nun» yoki «sod»,
Ya`niki har harfig`a oning savod,

Sunbulidek borcha parishon edi,
Jomi` anga jomii qur`on edi.

Makkani chun qildi juda dayrdin,
Tig` suyi birla yudi g`ayrdin.

Bo`ldi vale manzaradin but figan,
So`ngra nabi haq evida but shikan.

Na`lini gar toji sharaf qildi arsh,
Qildi Ali na`lig`a egnini farsh.

Ruh edi ul bahri nubuvvat duri,
To`rt rafiqi tanining unsuri.

Naqd kiromiy ulu tojir anga,
Vodiyi hijratda muhojir anga.

Ding`a yetib raxna chu kuffordin,
Saddig`a nusrat ko`rub ansordin.
 
Ahliyu avlodiyu atboig`a,
Oliyu ahfodiyu ash`yoig`a ( )

Tengri taolo karamidin qarin,
Yuz tuhafi rahmat ilo yavmi din.