Ikki kun oldin meni davolayotgan kasalxona vrachi bilan ochiqchasiga gaplashdim. U afsus bilan boshini chayqab oshqozonimning titilib, dabdalasi chiqib ketgan rasmini ko‘rsat-di ( saraton balo-da). Hech qanday umid yo‘q. Vrachning fikricha, nari borsa ikki oylik umrim qolgan. Mabodo yaratganning rahmi kelsa yana bir oy yashashim mumkin. 

Bunchalik barvaqt omonatimni topshiraman deb o‘ylamagandim. Ammo, na iloj. Peshonaga yozilganidan qochib-qutulib bo‘lmaydi. Yigirma olti yoshimda bu yorug‘ dunyoni tark etish peshonamga yozilgan ekan-albatta shunday bo‘ladi. Men nimayam qila olardim.
Kecha kasalxonadan uyga keldim. Tuzalib ketishimga umid qolmagach, u yerda pul to‘lab yoti-shimning nima keragi bor? O‘limimni uyda kutdim nima-yu, kasalxonada kutdim nima? Har holda, uydagisi kamharjroq. Buning ustiga, uyda yaqinlarimning qayg‘uli qiyofala-rini har qadamda ko‘rib turaman va bu menga tasalli beradi. Axir, o‘zining o‘layotgani boshqalarni xafa qilayotganini, ularning ko‘z yoshlariga sabab bo‘layotganini ko‘rsa kim-ning ko‘ngli taskin topmaydi? Hamma bunday iliq munosabatni ko‘rib, namunali va yax-shi inson bo‘lgan ekanman, degan taxminlarga beriladi. Hatto, tuban va yovuz kimsalar ham. Shularni o‘ylab uyga keldim. 
Ota-onam kecha ertalabdan kechgacha yonimda o‘tirishdi. Hech qayerga ketmay va qayg‘uga cho‘mib. Oxiri, bugun ish joylariga ketishdi. Ancha yaxshiman, deb yolg‘on gapirib, ularni o‘zim ketkazib yubordim. Onam yolg‘onimni sezib, uyda qolmoqchi va bira to‘la ish joyidan ta’-tilga chiqmoqchi bo‘lgandi-rosti bunga ko‘nmadim. Shunga ertalab u yig‘lab-yig‘lab ketdi. Lekin, menimcha peshinda qaytib kelsa kerak, kun bo‘yi ishlash yura-giga sig‘maydigandek nazarimda. 
Uydagi sharoit yomon emas. Xonamdagi g‘ichirlaydigan, temir karavotda yotibman. Deraza-ning yonida. Tashqaridagi kuzning ma’yus va za’faron manzarasiga qarab, kun ora yog‘ayotgan yomg‘ir tomchilarini derazamga necha marta urilishini sanab. Deraza tokchasida bir tiyin-ga qimmat dori-darmonlar, choynakda darrov sovub qolayotgan ko‘k choy, shuningdek qora no-utbuk turibdi. Dorilarni hovlidagi chiqindi qutisiga tashlab yuboring, deb onamga necha marta aytdim. Onam og‘riq kuchayganida ichasan, deb unamadi. Qo‘shimchasiga dorixonadan yangilarini olib kelib, ularning safini to‘ldirdi. 
Noutbukni tokchaga qo‘yishini onamdan atayin iltimos qildim. U shundan beri tokchada turibdi. Uni birov ochib, ichini titkilashidan va tugmalarini noto‘g‘ri ezib dasturdan chiqarib yuborishidan o‘lgudek qo‘rqaman. Shu narsa meni xavotirga soladi. Shuning uchun ikki ko‘zim unda. Ko‘zdan panada tursin deb ustiga kulrang sochiq tashlab qo‘yganman.
-Balki, uni shkafning ichiga solib qo‘yarmiz,- deydi onam xar oldimga kirganida.
-Turaversin,- deyman unga e’tiroz bildirib.
-Uni ishlatmayapsan, meni xonamda tursa-chi?- deydi otam uni qo‘liga olib , u yer bu yerini ushlab ko‘rarkan.
-Turaversin,- deyman unga xam xuddi onamga gapirgandek.
Shu-shu kasalxonadan kelganimdan beri noutbukni o‘zimdan uzoqlashtirmayman. U yap-yangi emas, deyarli ma’naviy eskirgan, ichidagi dasturi ham hozirgi andozalar bilan solishtir-ganda hech nimaga yaramaydi. Lekin, undan ajralishni istamayman. Nima uchun ekanligini aytaymi? Chunki, uning ichida yigirma olti yillik umrim yashiringan. Aynan shunday. Yigirma olti yillik umrim! Shu umrim davomida to‘plagan kitoblarim, yozgan qo‘lyozmala-rim, maktublarim, kundaligim, tushgan suratlarim uning ichiga batartib joylashtiril-gan...
Goxida xonadagi shkaf va kitob javoniga qarab yotaman. Shkafning ichi bo‘m-bo‘sh. O‘li-mimdan so‘ng, uning ichkarisini birov titkilaydigan bo‘lsa, undan na birorta surat, na qog‘ozga yozilgan maktub topa oladi. Bunday narsalar yo‘q u yerda. Oilaviy yoki do‘st-u bi-rodarlar bilan tushgan suratlarim xam, erishgan yutuqlarimni o‘zida aks ettirgan surat-larim xam, jamiyki suratlarim shu noutbukning ichida. Xuddi shunday tarzda, u yerda qo-g‘ozda yozilgan va konvertga solinib, pochta markasi yopishtirilib, birortasi tomonidan menga yuborilgan hech qanday maktub yo‘q. Hammasi elektron tarzda yozilgan, shu noutbuk-ning ichida. 
Kitob javonida esa bor-yo‘g‘i o‘nta kitob turadi. Ular qaysi kitoblar ekanini ko‘zimni yumib aytib bera olaman. Boshqa kitob yo‘q. Javon bo‘m-bo‘sh. Jonim uzilgach, uni ehti-mol choynak-piyolalar terib qo‘yiladigan servantga aylantirishar. Tergani kitob bo‘lma-ganidan keyin u servantga aylansa nima qipti, to‘g‘rimi? Barcha o‘zimga kerakli, meni maftun qilgan, ta’sirlantirgan, ongim va dunyoqarashimni o‘stirgan, kerak bo‘lsa yig‘lat-gan kitoblar u yerda emas, shu noutbukning ichida. 
Javon oldidagi yozuv stolimning usti ham bo‘m-bo‘sh. O‘ylab ko‘rsam birorta qo‘lyozma yoki kundalik tushirilgan daftar yo‘q u yerda. Mana u yerga qarab turibman. Hech qanday daftar ko‘zga tashlanmaydi. Nomzodlik dissertatsiyamning qo‘lyozmasi-yu asl nusxasi ham, monogra-fiya va maqolalarim ham, hatto o‘z hayotim haqida yozgan kundaligim ham shu noutbukning ichida. 
Demak, butun hayotim shu noutbukning ichida ekan. Butun hayotim! Endi kimdir nega nout-bukni yonimga qo‘yib olganimni tushungandir. Aslida, bu qop-qora, turli xil tugmalar-dan iborat matox- meni hayotim, hayotimni o‘z ichiga olgan qurilma. Uni mabodo derazadan uloqtirib yuborsam yoki kimdir dasturini buzib, formatlab tashlasa u bilan birga butun hayotim yo‘qolib ketadi va mendan hech qanday iz qolmaydi... 
Yotaverish jonimga tegib, o‘rnimdan turmoqchi bo‘ldim. Oyoqqa turishim bu safar xiyla yengil kechdi. Kecha hatto hojatga xam yurib chiqa olmagandim. Karavotdan turgach, kitob javoni va stol ustini ko‘zdan kechirdim. Keyin xonadan yurib chiqib, negadir yo‘lak oxi-ridagi otamning xonasi tomon qadam tashladim. Otam eshikni ochiq qoldirgan ekan. 
Uning xonasi meniki bilan bir xil edi. Hajmini nazarda tutyapman. Qolaversa, inven-tarlari ham. Bu xonada ham menikiga o‘xshagan shkaf, kitob javoni va yong‘oq daraxtidan yasalgan yozuv stoli bo‘lib, menikidan farqi- bu yerdagi kitob javoni kitoblarga liq to‘la, yozuv stolining ustida daftarlar va qo‘lyozmalar qavat-qavat bo‘lib yotardi.
Kitob javonining oldiga borganimda, uning oynavand eshigi ortidagi kitoblardan bi-rortasini qo‘limga olish istagida yondim. Olgan kitobim Tolstoyning “ Anna Karenina” asari bo‘ldi( bu asarni noutbukimdagi kutubxonamda elektron varianti bor). Kitobni ochgandim, yuzimga uning yoqimli hidi urildi. Otam doim kitoblarning hidi yoqimli bo‘-ladi, derdi. Kitobni to‘yib-to‘yib hidlarkanman, bunga yana bir bor amin bo‘ldim. O‘yla-shimcha, javondagi kitoblarning barchasida o‘ziga xos shunaqa hid bor. Noutbukimdagi elektron kutubxonada-chi? Shuni o‘ylaganimda oshqozonim yengil sanchib qo‘ydi. 
Kitob javoni oldida tik oyoqda turaverish ko‘p o‘tmay meni charchatdi. Inson o‘limi yaqin qolganda suyaklari mo‘rtlashib, tezda holdan toyib charchaydigan bo‘lib qoladi chog‘i, bir pasda xarsillab nafas ola boshladim. Yozuv stoli qarshisidagi stulga o‘tirgach, nafasim sal-pal rostlanib o‘zimga keldim.
Yozuv stoli ustida otamning daftarlari va A4 formatidagi oq qog‘ozga yozilib papkaga ti-kilgan holda ustma-ust terilgan qo‘lyozmalari e’tiborimni tortdi. Dastlab qo‘lyozmalar-ni varaqladim. Bular bir necha yillar oldin otam himoya qilgan doktorlik dissertatsiya-sining yaralish tarixi, uning qoralamalaridan iborat qo‘lyozmalar edi. Ularning orasida otamning teatr haqidagi monografiya bilan maqolalarining ilk variantlarini o‘zida qamragan qog‘ozlar ham uchrardi. Qo‘lyozmalar yonida qalin daftar turardi. Bu otamning kundaligi edi. Kundalik olis bir ming to‘kkiz yuz to‘ksoninchi yildan boshlab shu kungacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan, unga otam turli xil qaydlarni, xotiralarini va shaxsiy fikr-mulohazalarini tinimsiz yozib borgan edi.
Stol tortmasini ochganimda u yerdagi bir bog‘lam konvertlar va qora yaltiroq muqovali albom diqqatimni o‘ziga jalb qildi. Konvertlarda turli yillarda otamga yuborilgan maktublar o‘rin olgandi. Maktublar uning do‘stlari, hamkasblari, yaqinlaridan edi. Ularning ayrimlari siyohli ruchkada yozilgan bo‘lsa, ayrimlari sharikli ruchkada yozilgan-di. Albomda esa otamning bolalik, o‘smirlik, talabalik, yoshlikdagi suratlaridan tor-tib oilamizning suratlarigacha bor edi. Ularning ko‘pchiligi albomga yopishtirilgan, yopishtirilmagan qismi bir to‘p qilinib uning orasiga qistirib qo‘yilgandi. Yopishti-rilmagan suratlarning orqa tomonida suratga olingan joy va sana aks ettirilgandi. 
Otamning xonasidan kayfiyatim tushib chiqdim. O‘z xonamga kirganimda oshqozonim qat-tiq sanchishni boshladi. Og‘riq qoldiruvchi dorini aftimni bujmaytirib ichgach, o‘rnimga qayta cho‘zildim. Karavotda yotarkanman, ko‘zim oldida otamning xonasi, uning kitoblari, qo‘lyozmalari, maktublari va suratlari doira shaklida aylanishga tushdi. Ular haqida o‘y-larkanman, noutbukning ichiga tushib qolgan “hayotim” kayfiyatimga yanayam putur yetkazdi va ixtiyorimga zid ravishda chuqur tushkunlik sari sho‘ng‘idim.
Bir payt ko‘zim ketib qolibdi. Uyqumda tush ko‘rdim. Tushimda ham xuddi o‘z xonamga o‘x-shash xonada, o‘shandek karavotda yotibman. U yerda ham deyarli bo‘m-bo‘sh kitob javoni bilan yozuv stoli, deraza tokchasida esa qora noutbuk turibdi. To‘satdan, ana o‘sha tokchadagi qora noutbuk joyidan havoga ko‘tarildi. U ro‘paramdagi devor oldiga uchib kelib nogahon kat-talashdi. Uning diametri shunchalik kattalashdiki, ro‘paramdagi devorni butunlay egal-lab oldi. Keyin uning ekrani yondi. Katta ekranda avvaliga o‘zimga tanish manzara gavda-landi. Ketidan kutilmaganda odam bosh chanog‘i unda paydo bo‘ldi va xunuk, chiyildoq ovoz chiqarib menga murojaat qildi: “Salom, Nodir”. So‘ngra, u og‘zini qimirlatib, xiring-lab bir-ikki kuldi. Bu bir necha daqiqa davom etdi. U ekrandan yo‘qolgach, bir oz tin ol-dim. Ammo, uning o‘rniga endi odam ustixonidagi ingichka qo‘l suyagini yodga soluvchi no-ma’lum qo‘l ekranda ko‘rindi va meni asabiylashtirgancha ekran chetida turgan papkalarni zo‘r berib titkilay boshladi. Shunda yuragimga rosmana g‘ulg‘ula tushdi. O‘sha papkalar-ning ichiga kitoblarim, qo‘lyozmalarim, maktublarim, kundaligim va suratlarim joylash-tirilgandi-da. Noma’lum qo‘l birinchi papkani ochdi. Bu mening elektron kutubxonam edi. Uning ichiga o‘zimga kerakli kitoblarni yig‘ib to‘plagan edim. G‘ulg‘ula kuchaygandan kuchaydi va asabiylashganimdan qo‘llarim qaltirab ketdi. Papkani titkilarkan, noma’-lum qo‘l bir-ma-bir u yerdagi kitoblarni o‘chirishga tushdi. “ Anna Karenina” ni, “ Mar-tin Iden”ni, “ Gorio ota”ni, “ Yevgeniy Onegin”ni… Buni ko‘rib bir zumda boshim gan-gib, tilim aylanmay qoldi. Og‘zimni ochib nimadir demoqchi bo‘ldim, lekin ovozim qurg‘ur chiqmadi. 
Kitoblardan so‘ng, noma’lum qo‘l bir necha daqiqa oralig‘ida qo‘lyozmalarim joy olgan pap-kaning avra-astarini chiqarib tashladi. Kino san’ati haqida kechalari uxlamay, qiyna-lib, ne-ne mashaqqatlar bilan yozgan maqola va esselarimni ko‘rsatkich barmog‘i bilan o‘chi-rish tugmasini qattiq ezgancha asfalasofilinga jo‘natdi. Qo‘lyozmalarim papkasi hech qan-cha vaqt o‘tmay ichida hech vaqosi yo‘q keraksiz papkaga aylandi qoldi.
Noma’lum qo‘l charchoq nimaligini bilmasdi. Navbat ko‘p o‘tmay elektron pochtamga keldi. U yillar davomida maktublarim jamlangan papkaning ichini ochib ko‘rmasdan, uni poch-tamga qo‘shib bir yo‘la o‘chirdi. O‘tgan yillar davomida yaqin insonlarim, do‘stu-birodar-larim yuborgan qimmatli va qadrli maktublar arzimagan besh daqiqaning ichida( noutbuk-ning burchagidagi soatga qarab turgandim) o‘z mavjudligini yo‘qotdi.
Shu tobda o‘rnimdan turib, ekrandagi noma’lum qo‘lni chavaqlab, burda-burda qilib tash-lashga tayyor edim, biroq g‘azabim qanchalik oshib-toshmasin qo‘l-oyog‘imni xuddi kimdir karavotga mahkam bog‘lab qo‘ygandek hecham ularni qimirlata olmasdim. Ovozim hanuz chiqmas, qanchalik baqirib yordamga chaqirmay xonamga hech kim kirmasdi. 
Noma’lum qo‘l ustiga “ kundalik” deb yozilgan papkaning ichini ochganida g‘azabdan ko‘ka-rib ketdim. Og‘zimdan yon-atrofimga tupuk sachray boshladi. Papkani u titkilab tashladi. Lekin, menga nihoyatda aziz bo‘lgan kundaligimni birdaniga o‘chirmadi. Aksincha, xuddi ermak qilgandek uni dam u yeridan, dam bu yeridan o‘chirdi. Dastlab talabalik yillarim haqidagi bo‘limni, keyin bolalik paytimni o‘zida aks ettirgan bo‘limni yo‘q qildi. Xud-di shunday tarzda, kundalikning qolgan bo‘limlarini ham pianino klavishlarini chalgan-dek tartibsiz holda noutbukning xotirasidan chiqarib tashladi. 
U suratlarim to‘plangan papkaga yetib kelganida men allaqachon bo‘shashib, bo‘layotgan shaf-qatsiz jarayonni ilg‘ay olmaydigan holatga kelib ulgurgandim. Endi g‘azabdan ko‘pik tu-purmasdim. Ko‘z oldim oppoq tumanga yo‘g‘rilgan holda bahaybatlashib ketgan noutbuk-ning ekraniga shunchaki garangsib termulardim.
Suratlarim ham birin-ketin noutbukning xotirasidan o‘chirila boshlandi. Tandirdan uzilgan issiq nonni tishlab tushgan bolalikdagi suratim birinchi bo‘lib o‘chirildi. Ke-yin, maktabda usti-boshim chang holda futbol to‘pi bilan tushgan suratim. Shu ketma-ket-likda talabalik va yoshligimning oltin davrlarini o‘ziga jo qilgan suratlar ham, oila-mizda nishonlagan tug‘ilgan kun yoki yangi yil bayramlaridagi suratlarim ham- hamma hammasi noma’lum qo‘l tomonidan tubanlarcha o‘chirildi.
Har gal u nimanidir o‘chirayotganida, noutbuk ekranida boyagi odam bosh chanog‘i ko‘rinar va u goh bo‘ridek uvillab meni astoydil mazax qilsa, goh har yonga qimirlab o‘chirilayotgan papkalarga ishora qilgancha “ qalay, zo‘rmi?” deb ochiq og‘zidan tashqariga tutun purkardi.
Ekrandagi papkalar bo‘m-bo‘sh holga kelgach, unda endi mening suratim namoyon bo‘ldi. Bu surat qayerdan keldi bilmayman. Papkalar ichida bunday suratim yo‘q edi. Chamasi, surat yangi edi. Suratdagi chorasizlik aks etgan ayanchli holatga kasalxonadaligimda, aniqrog‘i vrach tez kunda o‘lishim mumkinligini aytganida tushgandim. Nahot, o‘shanda kimdir meni pana joydan turib suratga olgan bo‘lsa? 
Bir oz o‘tib suratning ostiga tug‘ilgan yilim va ehtimoliy o‘lish yilim yozildi: 1993-2019. O‘lgan odamdan shunda farqim qolmadi. Bu musibatni xazm qilolmay turganimda, bosh chanog‘i yana noutbuk ekranida paydo bo‘ldi va menga qarata baland ovozda “sen o‘zidan hech qanday iz qoldirmaydigan yigirma birinchi asr avlodining ilk vakilican”, dedi va bu gapni bir necha marta takrorladi. Bu gapning ma’nosini men anglab-anglamay, uning beo‘xshov va sovuq kulgusi noutbukdan xona bo‘ylab taraldi. U kulaverdi, kulaverdi, kula-verdi... 
Uyg‘onib ketganimda , onam qoshimda o‘tirardi. Terga pishib ketib, kiynalib nafas olga-nimcha unga qaradim. U xavotirli nigohi bilan mendan ko‘zini uzmas, bezovta turishidan nima qilishini bilolmayotgandek taasurot uyg‘otardi.
-Senga nima bo‘ldi?- dedi u bir ozdan so‘ng menga piyolada sovub qolgan choyni tutarkan. 
Piyolani qo‘limga olib, choyni yutoqib ichdim.
-Ertalab qolaman desam qo‘yarda qo‘ymay ishga jo‘natding meni.- davom etdi onam ko‘z yoshi qilib.- Shunaqa bo‘lishini ko‘nglim sezgandi.
-Noutbuk,- dedim unga e’tibor bermay atrofga olazarak boqarkanman.- Qora noutbuk!
Onam bir qo‘li bilan tokchadagi noutbukni oldi.
-Uni boshqa yerga olib qo‘yaymi?- so‘radi menga ko‘rsatgach.
Men shoshib uning qo‘lidan noutbukni tortib oldim va paysalga solmay ekranini yoqdim. Ekrani yongach, ko‘zlarimni katta-katta ochib va yuragimni hovuchlab u yerdagi papkalarni tekshirdim. Papkalar but, ularning ichidagi narsalarim joyida edi. Bundan ancha yengil tortdim. Sal o‘zimga kelgach, noutbukni ehtiyotkorlik bilan o‘chirdim-da, tokchadagi o‘rniga qaytib qo‘ydim.
-Shu yerda turaversin,- dedim onamga qarab.
Tinchlanganimni ko‘rgach, onam og‘ir qadam tashlagancha tushlikka mastava qaynataman deb xonadan chiqib ketdi. U tashqarilagach, karavotga cho‘zilib yonboshladim. Ro‘paramdagi op-poq devorga tikilgancha tushimni, unda asabimni qaqshatgan o‘sha odam bosh chanog‘ini, no-utbuk ekranidagi papkalarga joylangan “hayotim” ni o‘chirib tashlagan noma’lum qo‘lni o‘yladim. 
Bu xosiyatsiz tushni xotiramdan chiqarib tashlashni qanchalik istamay va ortiq uni esla-maslik uchun bor iroda kuchimni namoyish qilishga urinmay, u baribir unut bo‘lmadi. Ay-niqsa, bosh chanog‘i va uning betinim kulgancha aytgan so‘zlari qulog‘im ostidan sira ket-madi: “- sen o‘zidan hech qanday iz qoldirmaydigan yigirma birinchi asr avlodining ilk vakilisan”...
Uning shu so‘zlarini eslarkanman, karavotda yotgancha noutbuk turgan yerga qarab birdan o‘zim ham xaxolab kulib yubordim.

2019 yil, oktyabr.