O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

 

Alisher Navoiy nomidagi

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI

 

TARIX-FALSAFA FAKULTETI

 

O’ZBEKISTON TARIXI KAFEDRASI

 

Normurodova G.B.

 

TURKISTONDA JADIDCHILIK HARAKATI

Seminar mashg’ulotlari

Samarqand -2010

 

ANNOTASIYA

 

         Turkistonda jadidchilik harakati maxsus kurs  sifatida   o’tiladi.  Kurs ajratilgan umumiy qo’uv yuklamasi 88 soatni tashkil qiladi. Shundan ma’ruza  mashg’ulotlari 20 soat, amaliy mashg’ulotlar 24 soat, mustaqil ta’lim topshiriqlari 44 soatni tashkil qiladi.

 

 

1-Mavzu. Turkistonda jadidchilik harakatining

vujudga kelishi tarixi

Reja:

1.Maxsus kursning predmeti va asosiy vazifalari

2.Jadidchilik harakatining vujudga kelishi. Jadidchilik fenomeni.

 

v    Asosiy adabiyotlar:

1.     I.A.Karimov. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch. T. «Uzbekiston» 2009.

2.     I.A.Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T. «Sharq» 1998.

3.     D.A.Alimova. Istoriya kak istoriya, istoriya kak nauka. II ch. T. «Uzbekiston» 2009.

4.     Jadidchilik: islohat, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash. T. «Universitet» 1999.

5.     D. Alimova, U Rashidov XIX asr oxiri XX asr boshlarida Buxorodagi siyosiy harakatlar va kurashlar. Buxoro – 2009.

6.     Markaziy Osiyo XX asr boshida: islohatlar, yangilanish, taraqqiyot va mustaqillik uchun kurash. T. «Ma’naviyat» 2001.

7.     7.O’zbekistonni yangi tarixi. 1-kitob Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida. T. «Sharq» 2000.

 

v    Qo’shimchi adabiyotlar

8.O’zbekiston tarixining dolzarb muammolariga yangi chizgilar. T. «Sharq» 1999.

9. Q.Usmonov, M.Sodiqov va boshqalar «O’zbekiston tarixi» T., «Iqtisod moliya» 2006

10. Xorazm tarixi II-jild. Urganch. 1997

11. Davlatchiligi tarixi ocherklari

12. Tarix shohidligi va saboqlari. T. «Sharq» 2001

14. Z.D.Kastelskaya. Iz istorii Turkestanskogo kraya. (1865-1917) M., 1980

15. Mirzo Abdulazim Somiy. Tarixi salotini Mang’itiya. M.IVA. 1962

16. Abdurauf Fitrat. Rasskazы indiyskogo puteshestvennika.

Per s per. A.N. Kondratyeva. T. 2007

17. Shamsutdinov R. Jadidchilik haqiqatan va uydirma. «Muloqot» 1991. 11-12 sonlar.

18. Robbimova N. Turkistonda jadidchilik harakatining ijtimoiy ildizlari. T. «Yangi asr avlodi». 2005

 

v    Darsning o’quv va tarbiyaviy maqsadi:

Ushbu mavzu orqali XIX asr oxiri XX asr boshlarda vujudga kelgan milliy taraqqiyparvarlik harakati jadidchilikning paydo bo’lish sabablari va uning mohiyatini tarixiy manbalar asosida yoritib berishdan iborat. Shuningdek, chor va sho’ro mustamlakalari siyosatiga bo’lgan munosabatni tushunishdan iborat. Talabalarda milliy o’zlik va milliy iftixorni g’oyasini o’stirishdan iborat.

 

v    Dars o’tish vositalari:

(Doska, plakat, fan yuzasidan manba va adabiyotlar, tarixiy ma’lumotlar,mavzu yuzasidan har xil testlar, kompyuter, jahon siyosiy xaritasi, izohli lug’atlar)

v   Dars o’tish usullari: Takrorlash, suhbat va savol javob (mavzuni o’zlashtirishni mustahkamlash), jonli muloqot o’tkazish, erkin fikrlash va so’zlashga o’rgangan holda fikr mulohazalarini bayon qildirish, buning uchun har bir talabaga o’tilgan mavzular, tayanch iboralardan savol tashlanadi. O’qituvchi va talabalar o’rtasida berilgansavollarni tahlil etish. Tarqatma testlar asosida talabaning mavzuni qay darajada o’zlashtirgani aniqlash. Talabalarni veqyealarni tahlil etishga o’rgatish. Xarita bilan ishlashni talabalarga o’rgatish. Iboralarni izohlash va unga tahlil berish.

v   Darsning xrono kartasi-80minut.

v   O’qituvchi dars davomida qo’yidagi ishlarni bajaradi.

v   Tashkiliy qism: xonaning tayyorgarligi, jihozlanishi, sanitariya holati, talabalarning davomi-2 minut

v   Hafta davomida bo’lgan yangiliklar-5minut

v   Yo’qlama-5 minut

v   Dars yuzasidan talabalarni zarur adabiyotlar bilan tanishtirish-10 minut

v   Yangi mavzu bayoni-50 minut

v   Sinov savollari namunasi-5 minut

v   Uyga vazifa berish-3 minut

 

Mustaqillik sharofati bilan milliy tariximizga bo’lgan e’tibor kuchaydi. Ayniqsa, istiqlol tufayli qaror topgan, hurfikrlik sharoitida haqqoniy tariximizni tiklash va uni xolisona tahlil etish davr talabiga aylangan, bugungi kunda oshkoralik yuzini ko’rishga va tuhmat tamg’alaridan xalos bo’lishga musharraf bo’lgan yaqin o’tmishimiz - XIX asr oxiri va XX – asrdagi milliy taraqqiyparvarlik harakati bo’lgan – jadidchilik to’g’risida fikr yuritamiz.

Maxsus kursning predmet va asosiy vazifasi ham jadidchilik harakatining tarixiy mohiyatini obyektiv tahlil etib va uning O’zbekiston halqlari tarixidagi ahamiyatini yoritishdir. Zero, prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek – fidoyi jadidlarimiz hayoti biz uchun o’rnak, yoshlarni istiqlol, vatanparvarlik, millatparvarlik, insonparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega, ularning bosib o’tgan kurash yo’lini o’rganish zarur.

Tarixiy tajribaning ko’rsatishicha, milliy o’zlikni anglashning o’sishiga muhim turtki bo’lgan va milliy ozodlik g’oyasini shakllantirib, o’z faoliyati bilan uni amalga oshirishga uringan – jadidchilik harakati – jahondagi umuminsoniy va milliy qadriyatlarga asoslanib, jamiyatning pishib yetilgan rivojlanish talablari va o’lka tub yerli aholisining zarur manfaatlariga javob bergan.

Mustaqillik yillarida jadidchilik bo’yicha juda ko’plab tadqiqotlar olib borildi. Tarixchi, faylasuf, adabiyotshunos tadqiqotchilar jadidchilik harakati va uning namoyondalari faoliyati haqida ko’plab kitoblar, monografiyalar va ilmiy ishlar yaratdilar. Bularning qatoriga Ozod Sharofiddinov, Begali Qosimov, Naim Karimov, Dilorom Alimova va boshqalar nomini keltirib o’tish zarur .

Jadidchilik harakatiga bo’lgan qiziqishning toboro keng qanot yozganligini, bu mavzu bilan Germaniya, Fransiya, AQSh, Yaponiya va Turkiya singari mamlakatlardagi olimlarning ham shug’ullanganligini aytish joiz.

Jadidchilik harakatining vujudga kelishi, uning ijtimoiy-siyosiy mohiyati to’g’risida to’xtalib o’tsak. Jadidchilik, ma’rifatparvarlikdan qudratli siyosiy harakatga qadar bo’lgan murakkab rivojlanish yo’lini bosib o’tdi. Jumladan, XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy hayot, chor imperiyasi yuritgan mustamlakachilik siyosati, xalqning og’ir iqtisodiy ahvoli, jahonning taraqqiy etgan mamlakatlaridan iqtisodiy jihatdan ortda qolishi, madaniy qoloqlik, ijtimoiy ongdagi turg’unlik – jadidlarni jahon taraqqiyoti tajribasidan foydalanib, tezlikda bu holatdan chiqish yo’llarini izlab topishga chorladi.

Turkiston o’lkasi bu davrda chor imperiyasining asosiy xom ashyo yetkazib beruvchi bazasiga aylantirilib, o’zining barcha tabiy boyliklar, xususan, paxta va ipak bilan metropoliyani ta’minlab turgan.

Keyinroq esa boshqa tabiy resurslarni Markazga yetkazib berish dasturi ishlab chiqildi. Turkistonga rus kapitalining kirib kelishi, albatta banklarning ochilishi, temir yo’llarning qurilishiga va h.ga imkon yaratgan bo’lsa, boshqa tomondan esa, sudxo’rlikning rivojlanib borishi natijasida xonavayron dehqonlar soni oshib bordi. 1912 yil noyabr oyiga kelib, aholining ijarador tashkilotlarga bo’lgan qarzdorligi 157 mln.rubl. ni tashkil etib, bu esa yersizlar soning oshishiga olib kelgan. 1917 yilga kelib, Farg’ona viloyatining alohida uyezdlarida yersiz xo’jaliklar 30 % ni tashkil etgan, Toshkent va Andijon viloyatlarida esa – 40-50 % ni tashkil etgan.

Birinchi jahon urushi yillarida Turkiston o’lkasidan 59 mln. puddun ziyod paxta, 8,5 mln – paxta yog’i, 950 ming – pilla tolasi, 2925 ming pud –jun olib ketilgan, Rossiyaga 70 ming ot, 12 mingdan ziyod tuyalar va b. jo’natilgan.

Boshqa tomondan, o’lkaga yetarli boy tajribaga va texnologik yutuqlarga, rivojlangan ta’lim tizimiga ega bo’lgan yanga g’arb madaniyati, g’arb dunyosi bilan bog’langan holda kirib keldi, va bu o’lkaning taraqqyparvar ziyolilar ongiga ta’sir etmay qoldi. Endilikda ular o’lkadagi murakkab vaziyat, ijtimoiy va mustamlaka asorati, o’lkaning qoloq daraja ekanligi, xalqning ma’rifatsiz ekanligini ko’rgan jadidlar, ana shunday yetilib qolgan muammolarni hal etishda dastlabki yo’l sifatida ma’rifatparvarlik yo’lini tanladilar.

Nima uchun masala aynan shunday qo’yildi? Sababi, jadidlarning o’zlari (o’zlarini «milliy taraqqiyparvarlar» deb ataganlar) – o’z davrining oliy ma’lumotli kishilari edi. Ularning ko’pchiligi talaba yoshlar edi. Ular ham Sharq, ham G’arb madaniyati yutuqlarini egallashga intildilar, o’qidilar va o’zgalarni ham shunga da’vat etdilar. Ular Rossiya, Yevropa va Osiyoning boshqa mamlakatlarida bo’ldilar. Bu mamlakatlardagi madaniyat va ta’lim taraqqiyoti darajasini ko’ra oldilar va bu zehnli yoshlarda jahon taraqqiyoti yutuqlarini Turkistonga keltirish istagi paydo bo’ldi. Natijada, jadidlarning diqqat markaziga birinchi bosqichda ta’limni isloh etish vazifasi qo’yildi.

Shunday qilib, O’rta Osiyo milliy taraqqiyparvar ziyolilari jamiyatni rivojlantirishga qaratilgan keng qo’lamdagi masalalarni ega bo’lgan bu ma’rifatparvarlik g’oyalarida asta-sekin jadidchilik harakati tashkil topa bordi.

«Jadid» termini «usul-i-jadid» («yangi usul») tushunchasidan iborat bo’lib, g’arb namunasidagi yangicha usulda o’qitishga asoslangan edi. Jadidchilik o’zidagi qaysi belgilari bilan favqulodda hodisa edi? Uning fenomeni (noyobligi) nimada? Ularning jamiyatdagi inqiroz va mutaassiblikni shu darajada aniq ko’rishlariga, diniy, huquqiy va ahloqiy normalarga amaliy yondashishiga nima yordam berdi? Birinchidan, uning noyobligi (fenomeni), avvalo, unda g’oyatda yuqori darajadagi aql-idrokli, ham Sharq, ham Yevropa madaniyatiga xos bilimlarga ega bo’lgan ziyolilar jamlanganligi bilan belgilanadi.

O’tmishga nazar solib, uni o’rganib, o’z davrini tahlil qilgan jadidlar o’z Vatanining kelajagi loyihasini tuza bildilar, uning rivojlanish yo’llarini rejalashtirdilar. Ularning deyarli barchasi oliy diniy ta’lim olganlari, Jomiy, Navoiy, Fuzuliy she’riyati, qadimgi Sharq mutafakkirlarining falsafiy asarlari ruhid tarbiyalanganlari, o’z bilimlarini chet el madaniyati, jumladan, ham Sharq, ham G’arb madaniyati yutuqlari bilan boyitdilar.

Turkistonda bu harakatning ko’zga ko’ringan vakillaridan Mahmudxo’ja Behbudiy, Ubaydulla, Asadullaxo’jayev, Munavvarqori, Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Toshpo’atbek Norbutayev, Xoji Muin, Abduqodir Shakuriy, Nosirxonto’ra Kamolxonto’rayev, Obidjon Mahmudov, Ashurali Zohiriy, Eshonxo’ja Xonxo’jayev, Is’honxon to’ra Ibrat; Buxoroda -  Sadriddin Ayniy, Fayzullo Xo’jayev, Abdurauf Fitrat, Mussa Saidjonov, Abdulvohid Burxonov, Usmon Xo’jayev, Mirkomil Burxonov, Muhitdin Rafoat, Muhitdin Mansurov, Muxtor Saidjonov, Abduqodir Muhitdinov va b. lar; Xivada – Bobooxun Salimov, Polvonniyoz Xoji Yusupov, Avaz O’tar, Husayn matmurodov, Nazar Sholiqorov, Otajon Abdalov, Xudoybergan Devonov, Muhammad Rasul Mirzo, Matyoqub Pozachi, Otajon Sadayev, Bekjon Raximov, Muhammad Devonzoda va b. lar nomlarini alohida tilga olish zarur. Bular nafaqat halq ommasining ma’rifatli qilishga balki, mustaqillik g’oyalarini shakllantirishda ham katta hissa qo’shdilar.

Jadidchilik asta-sekin rivojlanib borgan. Ma’rifatparvarlik g’oyasidan boshlangan bu harakat, keng quloch yozib borgan. Ma’rifatparvarlik bilan birgalikda, jadidlar eski ijtimoiy va siyosiy tizim taraqqiyotning ilg’or shakliga o’zgartirishga intilganlar. Lekin bu harakatning ikkinchi bosqichi edi, biz bu haqda keyinroq fikr yuritamiz. Ma’rifatparvarlik bosqichida, jadidlar o’zlarining asosiy vazifasi sifatida yangi tizimdagi ta’limni yaratishni ko’rdilar va bor kuchlarini shu islohotni amalga oshirishga sarfladilar. Ma’orif sohasidagi olib borilgan o’zgarishlar to’g’risida keyinroq batafsil so’z yuritamiz.

Turkiston jadidlarini birlashtirishda «Jadidlarning rahbari» deb tan olingan Mahmudxo’ja Behbudiyning xizmati beqiyos bo’ldi. Jadidlar tarkibini yosh jihatdan tahlil qilish natijasida, jadidlarning Turkistonning bo’lg’usi davlat qurilishi dasturlarida, haqiqatan ham, yoshlar dunyoqarashi o’z aksini topganligiga ishonch hosil qilamiz. 1910 yilda jadidlar safini asosan 19 yoshdan 36 yoshda bo’gan bo’lsa, keyinchalik yoshlarning sevimli shoiriga aylangan Cho’lpon, endigina 13 yoshda edi. Ularning hyech birlari, siyosiy ta’kiblar tufayli keksalik yoshigacha yetib yashamaganlar.

Jadidchilik Markaziy Osiyoda va Yevropadagi ilg’or islohatlar  oqimi ta’siri ostida, XIX asr oxiri va XX asr boshlarida vujudga keldi va ijtimoiy taraqqiyotda burilish bosqichini belgilab berdi. Milliy ziyolilar, ilg’or tarakkiyparvar kuchlar mustamlaka Turkiston, Rossiyaga yarim qarash bo’lgan Buxoro va Xiva xonliklaridagi inqirozli ahvol, bu o’lkalarning umumjahon tarqqiyotdan tobora ortda qolayotgani, mahalliy aholining erk uchun intilishlarining bostirilish sabablarini, nafaqat iqtisodiy sohada, balki diniy, ma’naviy sohada ham yuzaga kelgan turg’unlikni chuqur anglab yetdilar va bu ular ongida jamiyatni isloh etish g’oyalarini uyg’otdiki, busiz taraqqiyotni tasavvur etib ham bo’lmasdi.

Vatanimizdagi bu islohatchilik harakati murakkab, tarixiy jihatdan serqira yo’lni bosib o’tdi. Jadidchilik turli mamlakatlardagi taraqqiyot, islohatlar uchun olib borilgan harakatlarning falsafiy tajribasini tanlab olib, bu tajribani milliy asosda qayta ishlashga intildi, ayni paytda, ijtimoiy taraqqiyot haqidagi turli qarashlarning to’qnashuv maydoni ham bo’ldi. Mustamlakachilikka qarshi kurashning bosh g’oyasi, ana shu murakkab yo’lda shakllanib yetildiki, bu g’oyani biz bugungi kunda amalga oshirilayotgan o’zgarishlarning g’oyaviy nishonasi, keng miqyosdagi islohatlarning nasliy asosi sifatida baholashimiz mumkin.

Markaziy Osiyoda jadidchilik serqirra bo’lib, uning Turkiston, Buxoro, Xiva jadidchiligiga bo’lish lozim. Xususan Buxoro va Xiva jadidchilik o’ziga xos rivojlanib bu shu hudud aholisining (siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hg’olati bilan bog’liq edi). Jadidchilikning asosiy yo’nalishi bo’lib oqimlaridan biri – Buxoro jadidchiligi bo’lgan. Buxoro jadidchiligi o’z xususiyatlari va jamiyatning ahloqiy ahvoli bilan bog’liq edi. O’ziga xos tarzda ajralib turadigan va murakkab shaxs bo’lgan Fayzulla Xo’jayev, uning maslakdoshlari Buxoro jadidchiligida markaziy o’rin tutdilar.

Xo’sh, F.Xo’jayev iborasi bilan aytganda, «Muxolif ziyolilr to’dasi» sa’y-harakati bilan boshlangan jarayon qay tariqa «milliy taraqqiyot harakati»ga aylandi? Bu tarixiy savolga F.Xo’jayev o’z maqolalari va 1926 yilda chop etilgan «Buxoro inqilobi tarixiga doir» nomli kitobida javob beradi.

F.Xo’jayevning Buxoroda jadidchilikning yuzaga kelishiga xonlikning iqtisodiy negizi, jamiyat taraqqiyotiga to’siq bo’lib turgan «g’ayri tabiy va dahshatli tartibsizliklar» sabab bo’lgan, degan fikrni inkor etish qiyin. Ayni paytda, muallif Buxoro O’rta Osiyoning qoq o’rtasi, qadimiy savdo yo’llarining markazida joylashganligini, aholining asosiy qismi savodsiz bo’lsa-da yuksak arab-fors madaniyatining izlari har qadamda uchrab turganini yaxshi tushunib yetgan. Ana shu sharoit va qadimdan zulm asosida hukm surib kelgan, siyosiy maqsadlarni ko’zlab rus nayzalari bilan qo’riqlangan Buxoro amirligi – jadidchilik Vatani bo’ldi.             

       F.Xo’jayevning fikricha «O’rta Osiyoni banklar, dehqonlardan xom ashyo sotib oluvchi savdo idoralari bilan qoplab olgan va» O’rta Osiyoga o’z manufakturasi, boshqa fabrikantlarni keltirayotgan rus kapitalizmi «tobora kuchayib, jamiyatning ilg’or qismini o’ylantirib qo’ydi, jadidchilikka sabab bo’ldi». Buxorodagi mavjud boshqaruv tizimi va iqtisoddi yuz bergan o’zgarishlar jamiyatning tadbirkor savdogar qismini og’ir ahvolga solib qo’ydi. Shu tufayli, «jadidchilik savdogarlar sinfining ilg’or qismi manfaatini ifoda etgan».

F.Xo’jayevning fikricha, jadidchilik Turkistonga qaraganda, Buxoroda kechroq yuzaga kelgan bo’lsa-da, jamoat hayotidagi og’ir muhit uning taraqqiyotini tezlashtirdi va bu harakat 1915 yildan boshlab madaniyatdan siyosatga qarab yo’l tutdi. Shunday qilib, «jadidlarning eng ilg’or qismining programma maksimumida asosiy o’rin tutgan g’oya, Buxoroda g’arb namunasidagi kapitalizm va demokratiya rivojlantirish edi».

Buxoro amirligida jadidlar ikki oqimga – eskicha fikrlaydiganlar va Fitrat boshchiligidagi yoshlarga ajraldi. Natijada, o’zaro kelishmovchiliklar mavjud bo’lgan birlik yuzaga keldi. Bu holat esa kelishib olinmagan harakatlarga sabab bo’ldi. 

Xiva xonligida ham jadidchilik XX asr boshlarida bir muncha tarixiy sharoitlarda yuzaga keldi. Xonlikda jadidchilik harakati ikki yo’nalishda mavjud edi. Uning o’ng oqimi o’ziga savdo – sanoat korxonalari egalari va yirik mulkdorlarni birlashtirdi. Bu oqimni Asfandiyorxonning bosh vaziri bo’lgan – Islom Xo’ja boshqargan. Ularning maqsadi, xonlik hokimiyatini saqlagan holda, ijtimoiy – iqtisodiy islohatlar o’tkazgan holda bozor munosabatlarini rivojlantirish edi. Xiva jadidchiligining chap oqimiga mayda burjuaziya vakillari, hunarmandlar, ulamolar va aholining o’rta qatlami kirgan. Bu oqimning rahbari Xiva xonligi shayxul – islomi, qozi kalon Boboxun Salimov edi. Lekin Birinchi jahon urushiga qadar Xiva jadidlarining yagona markazi va dasturiy hujjatlari bo’lmagan.

Buxorodagi jadidchilik harakati natijasida «yosh buxoroliklar» partiyasi tuzilgan bo’lsa, o’z navbatida Xivada jadidchilikning chap oqimidan «yosh xivaliklar» partiyasi tuzilib, uni Polvonniyoz Xoji Yusupov (Polyozxoji) boshqaradi. Partiya o’z dasturiga ega bo’lib, unga ko’ra Xivada konstitutsion monarxiyani o’rnatib, va unda demokratik o’zgarishlarni amalga oshirish lozim edi.

Tarixning ko’rsatishicha, jadidchilik harakatida orqaga yo’l yo’q edi: u ma’rifatchilik va tor doiradagi madaniylashtirishdan ish boshlab, siyosiy harakatga aylandi, o’z oldiga jamiyat va uni boshqarishni qayta qurishdek vazifalarni qo’ydi. Shunday qilib, jadidchilik fenomeni shundaki, keyingi uch asr ichida bu oqim birinchi bo’lib, milliy davlatchilik qurishga urundi, yagona mustaqil Turkiston uchun kurashdi va u milliy mustaqillik g’oyasiga asos soldi, uyqudagi Sharqni uyg’onishga va harakatlanishga, ozodlik, milliy g’urur, o’z buyuk ajdodlari, boy madaniyati va umuman, mustamlaka tuzumning tazyiqi ostida unutilgan barcha qadriyatlarni xotirlashga undadi. Jadidlar ta’limoti – o’z zamonasining haqiqiy ta’limoti edi. Chunki u nafaqat taraqqiyparvar shaxslar, balki fikrlovchi yoshlarni, shuningdek, barcha taraqqiyparvar ziyolilarni o’z ketidan ergashtira oldi. Ularning faoliyati va dasturi kelajak uchun namuna bo’ldi. Jadidlar tomonidan pishib yetilgan ijtimoiy vazifalarni evolyusion – islohatchilik tomoyillari asosida hal etishning ishlab chiqilganligi, ularning formasion – institusional o’zgartirishlarni, mustamlaka tuzumni tubdan yo’qotishning maksimal darajada samarali yo’llarini tanlay bilganliklari, shubhasiz, ularning tarixiy xizmatlaridir. Jadidlarning konseptual g’oyalari hozirgi o’zgarishlar amaliyotining ma’naviy darakchisi, bugungi kundagi strategiya va keng qamrovli islohatlar kursining genetik asosi bo’lib xizmat qiladi.           

 

 

2-Mavzu. Jadidchilik – milliy, ma’rifiy va siyosiy harakat sifatida.

Reja:

1.     Jadidchilik harakatining ma’rifatparvarlik bosqichi

2.     Siyosiy bosqich. Jadidlarning davlatchilikka oid qarashlari

3.     Buxoro jadidchiligining xususiyatlari

 

v    Asosiy adabiyotlar:

1.           D.A.Alimova. Istoriya kak istoriya, istoriya kak nauka. II ch. T. «Uzbekistan» 2009.                          

2.           Jadidchilik islohat, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash. T. «Universitet» 1999.

3.           D.Alimova, U.Rashidov. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Buxorodagi siyosiy harakatlar va kurashlar. Buxoro-2009.

4.           Markaziy Osiyo XX asr boshida: islohatlar, yangilanish, taraqqiyot va mustaqillik uchun kurash. T. «Ma’naviyat» 2001.

5.           S.Agzamxodjayev. Istoriya Turkestanskoy Avtonomii. (Turkiston muxtoriyati). T. 2006.

6.           F.Xodjayev. K istorii revolusii v Buxare. – T, 1926.

 

v    Qo’shimcha adabiyotlar

7.           O’zbekiston tarixining dolzarb muammolariga yangi chizgilar

8.           R.T.Shamsutdinov, B.M.Rasulov. Turkiston maktab va madrasalari tarixi (XIX asr oxiri XX asr boshlari) Andijon «Meros» 1995.

9.           O’zbekiston tarixi: yangi nigoh. Jadidlar harakatidan milliy mustaqilikka qadar. T. 1998

10.      Ayniy S. Istroiya revolyusii v Buxare. Pamir, 1986. №4.

11.      A.Fitrat. Amir Olimxonning hukmronlik davri T. 1992

12.      Davlatchilik tarixi ocherklari

 

v    Darsning o’quv va tarbiyaviy maqsadi:

Ushbu mavzu orqali jadidchilik harakatining ma’rifatchilik bosqichidan siyosiy bosqichga o’tish, jadidlarning davlatchilikka oid qarashlarini, shuningdek, Buxoro jadidchiligining o’ziga xos xususiyatlarini tarixiy manbalar va adabiyotlar orqali ochib berishdan iborat.

v    Dars o’tish vositalari:

(Doska, plakat, fan yuzasidan manba va adabiyotlar, tarixiy ma’lumotlar, mavzu yuzasidan har xil testlar, kompyuter, jahon siyosiy xaritasi, izohli lug’atlar)

v   Dars o’tish usullari: Takrorlash, suhbat va savol javob (mavzuni o’zlashtirishni mustahkamlash), jonli muloqot o’tkazish, erkin fikrlash va so’zlashga o’rgangan holda fikr mulohazalarini bayon qildirish, buning uchun har bir talabaga o’tilgan mavzular, tayanch iboralardan savol tashlanadi. O’qituvchi va talabalar o’rtasida berilgansavollarni tahlil etish. Tarqatma testlar asosida talabaning mavzuni qay darajada o’zlashtirgani aniqlash. Talabalarni veqyealarni tahlil etishga o’rgatish. Xarita bilan ishlashni talabalarga o’rgatish. Iboralarni izohlash va unga tahlil berish.

v   Darsning xrono kartasi-80minut.

v   O’qituvchi dars davomida qo’yidagi ishlarni bajaradi.

v   Tashkiliy qism: xonaning tayyorgarligi, jihozlanishi, sanitariya holati, talabalarning davomi-2 minut

v    Hafta davomida bo’lgan yangiliklar-5minut

v    Yo’qlama-5 minut

v    Dars yuzasidan talabalarni zarur adabiyotlar bilan tanishtirish-10 minut

v    Yangi mavzu bayoni-50 minut

v    Sinov savollari namunasi-5 minut

v    Uyga vazifa berish-3 minut

 

Jadidchilik o’z tarixida ikki bosqichni – ma’rifatparvarlik va siyosiy bosqichlarni bosib o’tdi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, Turkistonning chor imperiyasi tarkibidagi og’ir ijtimoiy – siyosiy ahvoli halqning halqning og’ir iqtisodiy ahvoli, shu bilan birgalikda madaniy qoloqligi, jahonning taraqiy etgan mamlakatlaridan ortda qolishi kabilarni ko’rgan jadidlar jahon taraqqiyoti tajribasidan foydalanib, tezlikda bu holatdan chiqish yo’llarini izlab topishga chorlandilar. Yetilib qolgan muommolarni faqatgina ma’rifatparvarlik orqali hal etishga kirishdilar.

Nima uchun masala aynan shunday qo’yildi? Chunki jadidlar – taraqqiyparvarlar o’z davrining yetuk savodli kishilari bo’lgan. Ular o’qidilar va o’zgalarni ham shunga da’vat etdilar. Ular Rossiya ham Sharq, ham G’arb madaniyati yutuqlarini egallashga intildilar. Ular Rossiya, Yevropa va Osiyoning boshqa davlatlarida bo’ldilar, ulardagi madaniyat va ta’lim taraqqiyoti darajasini ko’rdilar va bu zehnli yoshlarda jahon taraqqiyoti yutuqlarini Turkistonga keltirish istagi paydo bo’ldi. Natijada jadidlarning diqqat markaziga birinchi bosqichda ta’limni isloh etish vazifasi ko’yildi. Ular bunday islohatlarni o’tkazish zaruratini nafaqat nazariy jihatdan isbotlab berdilar, balki yangi usuldagi maktablar, kutubxonalar, o’quv zallari ochib, darsliklar yozib, o’z g’oyalarini amalga oshirishga katta kuch sarfladilar.

Dastlabki jadid maktablari 1898 yilda Qo’qonda Salohiddin domla, 1899 yilda Toshkentda Mannon Qori va shu yili Andijonda Shamsiddin domlalar tomonidan ochilgan.

1911 yilga kelib, Turkistondagi yangi usuldagi maktablar soni 63 ta bo’lib, unda o’qiydiganlar soni 4106 tani tashkil etgan. Shundan, 36 ta maktab Farg’ona viloyatida, 12 tasi – Yettisuv va 5 tasi – Samarqand viloyatida joylashgan. Toshkentda 24 ta anna shunday maktablardan bo’lib, ular ta’lim berish sifati bilan ham ajralib turgan.

Mazkur o’quv muassasalarini, to’liq g’arb tipidagi maktablar deya olmasakda, lekin darslarni tanlash va tashkil etish, eng asosiysi, o’qitish uslubi bilan yaqin hioblangan. Eski maktablardan farqli o’laroq, bu maktablarda bolalar 40 kunda savodlarini chiqargan. Shuning uchun, bunday maktablar tezlikda aholini ishonchini qozonib borgan. Shuningdek, o’qituvchilarning yoshi 25 yoshdan oshmagan bo’lib, «tayoq uslubi» o’qitish haqida gap ham bo’lishi mumkin emasdi. O’qituvchilar orasida dastlab, tatar millat kishilar ko’p edi. Keyinchalik chor hukumati «panturkizm» va «panislomizm» g’oyalarini tarqalishidan qo’rqib, ularni o’qituvchilik faoliyati bilan shug’ullanishni ta’qiqlab qo’ydi. Ushbu masalani batafsil o’rgangan A.Xudoyqulovning fikricha, namunali yangi usuldagi maktablardan – Samarqandda Jo’raboyev va A. Shakuriy, Farg’onada – Abdul Vaxob va Farg’ona viloyatining Beshqovoq qishlog’ida – Mazitov maktabini, Toshkentda – Eshonxo’ja Xonxo’jayev, Sobirjon Raximov va Munavvar qori Abdurashidxonovlarning maktablari bo’lgan. Ayniqsa, hatto, chor hukumati ham Munavvar qori maktabini eng yaxshi maktab deb tan olgan. O’z vaqtida bu maktabni M. Uyg’un, Hamza, K. Ramazon va Oybeklar bitirib chiqqan.

Ta’kidlash joiz, yangi usuldagi maktablarni xususiyati shundaki, ular arab – fors yo’nalishidan voz kechib, asosan, o’zbek va tojik tillarida ta’lim olib borgan. Ba’zilarida rus tili ham o’qitilgan. Ularning tashabbuskorlari esa A.Shakuri va Munavvar qori bo’lgan. Aytish lozim, nihoyatda murakkablik bilan, ba’zi maktablarda o’g’il va qiz bolalarning birgalikda o’qishi kiritilgan, ayniqsa, Toshkent maktablarida. Agar aholini diniy darajasini e’tiborga olganda, bu haqiqatan ham inqilobiy qadam bo’ldi.

Jadid maktablarida ta’lim dastlab rus, xususan, tatar darsliklarida olib borilgan. Ammo, tezda ona tilida o’qitishning muhimligini anglagan o’qituvchilar, o’zlari ularni yarata bordilar. Masalan, M.Behbudiy va Munavvar qori Abdurashidxonovlar 15 dan ortiq o’quv qo’llanma va darsliklar yaratganlar. Jadidlarning yangi usul maktablarini ochishdagi ishtiyoqlarikuchayib borgan. Natijada, 1917 yilga kelib, Turkistonda ularning soni 100 taga yetgan.

Ma’orif tizimidagi yangilanish jarayonlari Buxoro amirligi va Xiva xonligida ham quloch yozdi. 1908 yilda Buxoroda Abdulvohid Munzim tomonidan dastlabki tojik tilidagi yangi usul maktabi ochildi. Lekin bu yerdagi muttassiblik tarafdorlari bo’lgan ruhoniylarning qarshiligi shu qadar kuchli va ta’sirli ediki, ba’zida bu bir to’da mullolarning bunday maktablarni yo’q qilishga chog’langan holatlar bo’lib turgan. A. Munzimning maktabi ham shunday holga uchragan. Uning o’zi esa, xavotirlanib Qarshi ketib qoladi.

Jadid maktablarining xavaskor tashabbuskorlaridan bo’lgan, S.Ayni ham do’stlarinikida uch hafta mobaynida yashirinib yurgan.

Natijada, 1909 yilda A.Munzimning maktabi yopildi, buxoroliklarga esa hatto tatar yangiusul maktablariga bolalarni o’qishga borish ta’qiqlangan. Biroq, yangi maktablar «shov – shuvga sabab bo’lgan» edilar va aholi o’z bolalarini bu maktablarga olib kelishni davom ettirganlar. Bolalar soni 50 taga yetgach, S.Ayni so’zlariga ko’ra Gavkushon madrasasi yaqinidagi tatar maktabiga berildi.

1910 yil dekabr oyining boshlarida Buxoro jadidlari «Tarbiyai atfol» nomli yashirin jamiyat tuzdilar, bu jamiyat boshlang’ich maxfiy usuldagi maktablarning ochilishi bilan shug’ullangan. 1911-1912 yillarda Buxoro amirligida bunday maktablardan 57 tasi faoliyat yuritgan. Ularning orasida eng yaxshilari Mukomil Burxonov, Usmonxoji Po’latxojiyev, Xolidxoji Mehri (1913) larniki bo’lgan. Buxorodagi Mulla Vafoning maktabida asosiy e’tibor rus tiliga qaratilgan.

Yangi usuldagi ta’lim amirlikning – Qarshi, Shahrisabz, Qorako’l, G’ijduvon kabi shaharlarida ham keng tarqaldi. 1914 yilda bu maktablar Buxoroning yuqori ruhoniy vakillari tazyiqi va amir Olimxonning buyrug’i bilan yopilgan. Aholi ayniqsa, ziyolilar yangiusul maktablarini yaxshi natijalarga olib kelganligini bildilar shu bois, turli ta’qiqlarga qaramay, ularning soni oshib boraverda.

Xiva xonligida ma’orif sohasidagi islohatlar ancha yengil kechdi. Bunga sabab, Xiva xoni Muhammad Raxim II (Feruz) madaniyat yangi texnologiyalar tarafdori edi. 1874 yilda uning tashabbusi bilan Rossiyadan Xivaga litografiya stanogi keltirildi. Aytish joiz, xonlikda yangi maktablarning ochilishi Buxorodagiga nisbatan hukumat qarshiligiga uchramadi. Feruzning o’zi maktablar tashkil etishni qo’llab quvvatladi, shu bois yuqori tabaqa amaldorlari ham shu yo’ldan bordilar.

1906 yilda uning ruxsati bilan Urganchda qizlar maktabi ochiladi. Shuningdek, ma’orif sohasida islohatlarda xonlik bosh vaziri hisoblangan Islom Xo’ja ham faol harakat olib bordi. U o’zining taraqqiyparvarlik qarashlari bilan, Xivada to’liq jadidchilik harakatini qo’llab-quvvatladi. Xiva xonligi ma’rifatparvarlari va rahbarlari, jumladan, Bobooxun Salimov, P.Yusupovlar tashabbusi bilan yangi Urganch, Qo’ng’irot, Gurlan, Shovotlarda yangi maktablar ochildi. Shuningdek bu boradi, «Jamiyati xayriya» tashkilotining ham o’rni muhim bo’lib, u mablag’ yig’ib yangi maktablar tashkil etishdi. B.Salimov va B.Raximovlar boshlang’ich maktablar uchun yangi darsliklar yaratdilar.

Jadidlarning halqaro aloqalari juda keng qamrovli bo’lgan. Ular Rossiya, Turkiya, Misr va boshqa mamlakatlardagi jadidchilik oqimlari dasturlaridan xabardor bo’lganlar, o’zaro safarlar, muloqatlar orqali tajriba almashganlar. 1905-1906 yilgi Rossiyadagi inqilobiy harakatlar Turkistonga ham o’z ta’sirini ko’rsatdi. Taraqqiyparvar kuchlar jipslasha boshladilar va jadidlar ma’rifatchilik faoliyatini jadallashtirdilar. Bu faqatgina maktablarda emas, balki jonli matbuotchilik faoliyati, jumladan, ro’znomalarning ko’plab vujudga kelishida ham ko’rindi. Chunonchi, 1906 yilda Ismoil Obidovning muharrirligida «Taraqqiy», shu yili Munavvarqori muharrirligida «Xurshid», 1907-1908 yillarda Abdulla Avloniy muharrirligida «Shuhrat», Ahmadjon Bektemirov muharrirligida «Osiyo» ro’znomalari chop etildi.

Lekin tez orada chor ma’muriyati o’zinig eksperti N.P.Ostroumov bildirishnomasiga asoslanib, bu ro’znomalarni man etdi. Ma’rifatchilikning yangi  to’lqinida 1913-1915 yillarda «Samarqand», «Sadoi Turkiston», «Sadoi Farg’ona», «El bayrog’i», «Kengash», «Ulug’ Turkiston», «Turon» ro’znomalari, «Oyina» oynomasi, 1917 yilda esa «Xurriyat», «Farg’ona sohasi» «Najot», ommaviy axborot vositalari ham paydo bo’ldi. Demak, yuqoridagi bildirilgan harakatlardan ko’rinib turibdiki, jadidlar taraqqiyotga erishishning bosh asosi milliy matbuot va halq ta’limini rivojlantirish deb hisoblaganlar.

Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, jadidlar faoliyatinig ikkinchi bosqichi siysiy bosqich hisoblanadi. Jadidlarning davlatchilikka oid qarashlari halq birinchi bosqichdayoq shakllanib borgan edi, ikkinchi bosqichga kelib esa tugallangan shaklga aylandi. Jadidlar o’zlarining kelajakdagi davlat tuzumini barcha millatlarning birligi asosida tasavvur etganlar. Bu haqda Behbudiy shunday degan edi: «Biz joriy etgan qonunlar yahudiylarning ham, nasroniylarning ham, musulmonlarning ham va umuman barchaning manfaatlarini himoya qilish kerak. Agar biz, Turkiston musulmonlari, birgalik islohatlar o’tkazishni istasak, bizning ziyolilar, ma’rifatparvarlar, boylar, ruhoniylar va olimlar millat va Vatan faravonligiga xizmat qilishlari kerak. Agar bizni mustamlakachilik qonunlari bilan boshqarayotgan ekanlar, buning sababchisi, avvalo o’zimizning noittifoqligimizdir».

Jadidlar Rossiyadagi siyosiy jarayonlarni diqqat bilan kuzatib bordilar, vujudga kelayotgan rus siyosiy partiyalari dasturlarini o’rgandilar. Lekin milliy mentalitetning o’ziga xos xususiyati bo’lgan o’zbek halqining tinchliksevarlikka, bosiqlikka moyilligidan kelib chiqib, ular tinchlik yo’li bilan, jamoatchilikning murojaatlari, Davlat Dumasidagi ommaviy bahslar va boshqa legal vositalar bilan podsho hokimiyatidan o’z maqsadlarini amalga oshirish yo’lida yon berishgaerishishga intildilar. Ammo chorizm ma’muriyati Davlat Dumasida Turkistonlik vakillar bo’lishini man etgan. Shunda jadidlar, birlashib yagona musulmon partiyasi tuzi shva Butunrossiya musulmonlari ittifoqi tarkibiga kirish zarurligi haqidagi fikrga keldilar. Shu bilan ular Rossiyadagi barcha turkiy halqlar orsidag progressiv kuchlarga tayanishga intildilar.

Jadidchilik Stolipin reaksiyasidan so’ng yashirin tusga o’tdi. Chunonchi, Toshkent polisiyasi departamentiga yetkazilishicha, manna shunday guruhlardan birini o’qituvchi Ahmadjonov boshqargan va u asosan, milliy ziyolilar hamda o’quvchi yoshlar vakillaridan tarkib topgan.

Markaziy Oiyo jadidchiligiga Turkiya va 1905-1911 yillardagi Eron inqiloblari sezilarli ta’sir ko’rsatdi. Bu mamlakatdagi milliy ziyolilar vakillari monarx hokimiyatining konstitusion doirada cheklanishiga, milliy burjuaziyaning iqtisodiy qudratini mutahkamlash uchun shart-sharoitlarni qo’lga kiritishni erishishni o’z oldilariga maqsad qilib qo’yganlar. Biroq ularning tajribalari Turkiston jadidlari tomonidan mexanik tarzda ko’chirib olinmadi. Ular Sharq va Yevropa mamlakatlarining mustamlakachilikka qarshi kurash hamda demokratik harakat amliyotidan o’lka sharoitlariga muvofiq keluvchilarini tanlab oldilar.

Rossiya fevral demokratik inqilobi arafasida, Turkiston jadidchiligi yetuk siyosiy harakatga aylandi. Agar birinchi jahon urushidan keyin jadidlar parlamentar monarxiya uchun kurashgan bo’lsalar, Fevral inqilobidan keyin Turkiston jadidlarining «Taraqqiyparvarlar» oqimini tashkil qilgan radikal qismi ancha keng qamrovli, bir qator siyosiy talablarni ilgari surdi. Ular qatoriga a) mahalliy aholi huquqlarini kengaytirish tomon o’lkani boshqarishyuzasidan asosiy islohatlar o’tkazish, b) o’lkaga Davlat Dumasidan aholi soniga qarab o’rin berish, v) asosiy demokratik erkinliklar, avvalo, milliy matbuot erkinligini ta’minlash, g) chorizmni konstitusion tuzum bilan almashtirish kabilar kirdi. Rossiyadagi fevral demokratik inqilobi Rossiyadiga yangi davlat tuzumi o’rnatilgandan so’ng federativ davlat shaklida muxtoriyat olishga umid bog’lagan jadidlarni ruhlantirib yubordi.

Ayni paytda, milliy siyosiy partiyalar va tashkilotlar, jumladan, jadidlar tomonidan «Sho’rai Islomiya» (1917 yil mart), «Ittifoq» kabi bir qator tashkilotlar tuzildi. Bu paytga kelganda, jadidlar tub yerliaholi ijtimoiy tarkibining turli qatlamlarini o’z ortlaridan ergashtira oldilar, ular ongida musulmonlar birligini mustahkamlash, jipslashtirish hissini uyg’otdilar. Ammo ular tez kunlarda tushunib yetdilarki, Rossiyadagi Muvaqqat hukumat ham, uning Turkistondagi Muvaqqat Qo’mitasi ham o’lkada avvalgidek, mustamlakachilik siyosatini davom ettirish yo’lini tutdi. Chunonchi, bu siyosat Ta’sis majlisini chaqirishga tayyorgarlikda yaqqol namoyon bo’ldi. Shu vaqtdan jadidlar uchun mustaqillik va muxtoriyat yo hayot, yo mamot muammosiga aylandi va jadal siyosiy janglar boshlandi. Ular hukumatning mustamlakachilik siyosatini qattiq tanqid ostiga oldilar va Turkistonni Rossiya Demokratik Federativ Respublikasi tarkibida milliy-hududiy muxtoriyat olish uchun ostoydil harakat qilishga kirishdilar. Jadidlarning dasturiy hujjatlarida diqqat-e’tibor milliy-hududiy muxtoriyat asosiy tamoyillarini amalga oshirish uchun chaqirilgan mustaqil vakolatli o’lka hokimiyatining oliy organlari, boshqaruvi va sud mexanizmlarini ishlab chiqish, o’z davlat tuzilishini barpo etishga qaratildi. Boshqaruvning poydevori sifatida respublika shakli tanlab olindi.

1917 yil iyunda «Sho’ron Isolomiya»dan eskilik tarafdorlari ajralib chiqib, o’zlarining «Sho’ron Ulamo» tashkilotni tuzdilar Bolsheviklarning ta’sirini kuchaytirmaslik va milliy harakatning birlashuvi muhimligini anglagan taraqqiyparvarlar, bu ikki jadidchilik oqimining qo’shilishiga va «Turk Odami markaziyati nomi bilan ataluvchi yagona partiyaning tashkil etilishiga olib keldi.

Turkistondagi oktyabr voqyealari va bolsheviklarning hokimiyatni egallashi ularga o’z maqsadlarini oxirigacha amalga oshirishlariga imkon bermadi. Shunga qaramay, ular yangi bolsheviklar hokimiyatining «Millatlarning o’z taqdirini o’zi belgilashi to’g’risida» gi deklarasiyasida ko’rsatilgan huquqlaridan foydalanib, markazi Qo’qonda bo’lgan, «Turkiston Muxtoriyati» deb atalgan mustaqil muxtor respublika e’lon qildilar. Uch oygina yashagan bu muxtor respublika 1918 yil fevralda bolsheviklar tomonidan tugatiladi.

Agar ma’rifatparvarlik bosqichida jadidlar Turkiston aholisini birlashtirish masalasiga e’tibor bergan bo’lsa, 1917-1918 yillarda Turkiston muxtoriyatining asosiy maqsadi millat manfaatiga qaratilgan. Behbudiyning fikricha, hyech kim va hyech qanday hokimiyat halqqa o’z hohishi bilan mustaqillik bermaydi. Tarixdan yaxshi ma’lumki, deydi u, «Haq olinur, berilmaydur. Har millat va mamlakat xalqi o’zining huquqi, din iva siyosatini harakat va ittifoq ila boshqalardan oladi… Biz musulmonlar, xususan, Turkiston musulmonlari, istaymizki, hyech bir kishi bizning din va millatimizga zulm, tahdid qilmasun va bizni ham boshqalarga tahdid qilmoqqa aslo fikr va niyatimiz yo’q».

Jadidlarnig Turkistondagi davlat qurilishi to’g’risidagi xulosalarga kelishida, o’lkaning iqtisodiy rivojlanishini kuzatishlari muhim ahamiyat kasb etgan. U Xo’jayevning maqolalaridan biri (1915) o’lka ziyolilarining iqtisodiy ahvoli va xarakteri to’g’risida to’la tasavvur beradi. Bu haqda obyektiv tasavvur hosil qilish maqsadini o’z oldiga qo’ygan muallif Qo’qon, Andijon va Namanganga borib, vaziyatni o’z ko’zi bilan ko’rgan, iqtisodiy holatni o’rganish, uni butun Turkistonda musulmonlar haddan tashqari og’ir iqtisodiy sharoitlarda yashayotganligi to’g’risida qayg’uli xulosaga olib keldi. Ayniqsa, Qo’qon aholisi qoloqligi bilan alohida ajralib turadi. Zavodlar paxta tozalash sanoati Yevropa millatlari vakillarining qo’l ostida. Nima uchun, musulmonlar shu o’rinda sust, tashabbussiz va zaif? – deb xitob qiladi muallif. Uning tasavvuricha buning sababi, ular tomonidan tirishqoqlik, faollik va mehnatgina holatni o’zgartirishi mumkin ekanligini tushunmaslikdadir.

Turkistonni turg’unlik, qoloqlik va jaholat girdobidan chiqib ketishga nima halaqit berdi? Taraqqiyot sari qoloqlikni yorib o’tishiga yo’l bermayotgan omillar sababini jadidlar nimada ko’rdilar? Birinchi navbatda, go’yoki sharoit bilan himoyalanganday tuyuluvchi, biroq aslida musulmon qonun-qoidalariga yot, shuningsiz ham kishilarning yengil bo’lmagan hayotini yanada og’irlashtirayotgan keraksiz va zararli urf-odatlarda. Rivojlangan davlat qurishdagi o’z g’oyalarini amalga oshirishda jadidlar mutassiblik, loqaydlik, qoloqlikka qarshi kurashga alohida ahamiyat berganlar. Bu vazifalarni amalga oshirishda ular taraqqiyparvar, bilimli yoshlarga tayanganlar. Ular o’z ishlarida Yevropa davlatlari taraqqiyotga qanday yo’llar bilan yetib kelganligini aks ettirib, asoslashga tarixiymisollar keltirganlar. Jadidlar til o’rganish va fan-texnika taraqqiyotining ahamiyatiga alohida e’tibor berib Turkistonning o’tmishdagi hamda zamonaviy holatining o’ziga xos tomonlarini hisobga olgan holda, uning kelajagini qo’yidagicha programmalashtirganlar; kuchli dunyoviy hokimiyat, xususiy mulkning daxlsizligi, bank kapitalining erkinligi tamoyillarini asoslangan ozod, mustaqil davlat qurish. Bu davlat islomga hurmatini saqlagan holda barcha yo’nalishdagi madaniyatlarning erkin rivojlanishiga hayrixoh bo’lishi lozim bo’lgan. Jadidlar halqning madaniyat darajasini halqaro saviyaga ko’tarishni orzu qilganlar, buning uchun esa yoshlarni Yevropaning eng yaxshi o’quv maskanlarida o’qitishni zarur, deb hisoblaganlar.

Markaziy Osiyoda jadidchilik serqirra bo’lib, uning asosiy yo’nalishi oqimlaridan biri – Buxoro jadidchiligi edi. Buxoro jadidchiligi o’z xususiyatlari va rivojlanish shakllariga ega bo’lib, Buxoro amirligidagi iqtisodiy, siyosiy va jamiyatning ahloqiy ahvoli bilan bog’liq edi. Buxoro amirligining XIX 2-chi yarmiga ijtimoiy – siyosiy holatini aniq xulosalar asosida o’rganmasdan turib undagi tarixiy jarayonlarni, ayniqsa jadidchilik harakati to’g’risida xulosa chiqarish qiyin. Biz bu borada Ahmad Donish, Abdulazim Somiy, Mirzo Salimbek, Sadriddin Ayniy va Abdurauf Fitrat asarlari orqali Buxoroda jadidchilikning paydo bo’lishi sabablarini bilib olamiz. Bunda avvalo, Buxoro tarixiy jarayonlariga bevosita aloqador bo’lgan va ularni yozib qoldirgan kishilar guvohligi asosidagi ma’lumotlarga murojaat etamiz.

Ana shunday ma’rifatchi olim va shoir Ahmad Donish, o’z davrining yetuk bilimlar muhandisi bo’lgan. XIX asrning 50-yillari o’rtalarida amir Nasrulloh saroyida bosh hattot va rassom sifatida ish boshlagan. Buxoro amirlari uning chuqur bilimlarini hisobga olib, Rossiyaga yuborayotgan elchilar safida uch marta safarga yuboradi. O’zining «Navodir al-vaqoye» «Nodir voqyealar» asarida mavjud tuzumga o’z munosabatini bildiradi va Buxoro xonligida davlat boshqaruvi islohatini taklif etadi. Uning «Risolai tarixi amiron mang’it» («Mang’it amirlari tarixi haqidagi risola») nomli mashhur asarida erkin tasviri berilgan bo’lib, boshqaruv tizimi bayoni, halqning ahvoli, Rossiya bilan urush masalalari yoritilgan. A.Donish amir Doniyoldan to Abdulahadgacha bo’lgan (amir Shohmuroddan tashqari) barcha Buxoro amirlarini davlat va uning fuqorolari farovonligi yo’lida emas, balki faqat o’z shaxsiy manfaati yo’lida qayg’urgan hukmdorlar sifatida tavsirlaydi. Amirlar va hokimlar orasida qimorbozlik, mayxo’rlik va buzuqchilik avj oldi, dahqon va hunarmandlarda esa shafqatsizlik, ezish soliqlar va aminona, vakilona kabilar serobligidan na turishga na yurishga hol qoldi, deb yozadi u. hayotiy misollar keltirib, u shunday yozadi; «Agar biror beva bozorga to’p ip olib kelib uni uch fulusga (mahalliy tanga) sotsa, shunday ikki fulusini amin olib qo’yadi, agar biror kishi bir bog’lam o’tinni uch dirhamga sotsa, shundan ikki qismi amin ulushi bo’ladi».

A.Donish Buxoroning manna shunday umumiy manzarasini tasvirlar ekan, u shunchaki tanqidchi emas edi, Vatanining g’arib ahvolini anglashdek og’ir yuk uning yelkasiga tushgandi. Donishning yozishicha, aholining chorak qismi bu tanazzullikni yaxshi anglar edi va bu tartiblardan norozi edi. Halqning mazkur qismi sepgan uyg’onish urug’lari tufayli, taraqqiyot va jamiyatning to’laqonli rivojiga chaqirgan, jadidchilik deb nomlagan harakat yetilib kelayotgan ediki, Ahmad Donishning o’zi unga asos soldi.

Ahmad Donishning izdoshi Mirza Muhammad Abdulazim Somiy Bo’stoniy o’z davrida fan olamida mashhur bo’lgan. XIX asr oxirlari XX asr boshlaridagi voqyealar guvohi sifatida «Tarixi salotini mang’itiya dor ussaltanan Buxoroi sharif» asarini yozadi. Abdulazim Somiy ham Donish singari feodal hukmdorlari haqida ham keskin fikr bildirib, xalqning og’ir ahvolini yorqin bo’yoqlarda tasvirlashgan.

Ularning yosh zamondoshi, taniqli buxorolik tarixchi Mirzo Salimbek ibn Muhammad Rahim so’nggi uchala Buxoro amiri davrida ham yuqori lavozimlarda ishlagan. U qoldirgan qimmatli asarlardan biri «Tarixi Samimiy» deb nomlanib, Chingizxon davrida to 1920 yilgi Buxoro veqyealarigacha bo’lgan davrlarni qamrab oladi. Mirzo Salimbek Rossiyaning Buxorodagi mustamlakachilik siyosatini juda salbiy baholaydi. Yuqorida tilga olingan uch muallif ushbu davlatning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy ahvoli haqida to’liq ma’lumot beradilar.

Ularning tadqiqotlari yana shunisi bilan e’tiborga loyiqki, uchalasi ham davlat boshqaruvida yuqori lavozimlarda bo’lgan siyosiy voqyealar markazida turgan va voqyealarni asosli tarzda yoritgan. Ya’ni ular jamiyatda ro’y bergan voqyealarni og’ir oqibatlarga olib kelayotgani haqidagi fikrlari obyektiv bo’lgan. Ulardan biri jadidchilikka yaqin, boshqa birlari undan uzoqroq bo’lsa-larda, lekin hammalari o’sha davrdagi Buxorodagi ahvol, hayot kechirishning hyech bir sivilizasiya shakliga mos kelmasligini yaxshi tushunishgan.

Jadidchilik harakatining ko’zga ko’ringan vakillaridan Abdurauf Fitrat, S.Ayniy va Fayzulla Xo’jayev asarlarida ham bu harakatning yuzaga kelishi va tarixi asosli ravishda bayon etilgan. Biz Fitratning asarlariga to’liq to’xtalib o’tmaymiz, chunki maqsadimiz voqyealarni o’z ko’zi bilan ko’rganlar tilidan Buxoroning ahvoli va jadidchilikning tutgan o’rnini ko’rsatishdir. Lekin uning ikkita asari «Bayonoti sayyohi hindi» va «Amir Olimxonning hukmronlik davri»-kabilar diqqatga sazovormiz. Fitrat bu asarlarida Buxoro amirligining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy shu bilan birga harbiy sohalariga batafsil to’xtalib o’tadi. «Buxoro va umuman, Turkiston ilmlarning yorqin yulduzi, insoniyat kitobining nurafshon sahifasi edi, uni nodonlik botqog’iga botirdilar» – deb afsuslanib gapirgan.

Sadriddin Ayniy ham, o’z navbatida, Ahmad Donish asarlaridan foydalangan holda Buxoro ahvolini yoritadi. Yuqoridagi fikrlardan ko’rinib turibdiki, Buxoro va butun O’rta Osiyoning siyosiy va iqtisodiy ahvoli tarix sahnasida «jadidchilik» nomi bilan atalgan milliy taraqqiyparvarlik harakatining paydo bo’lishi sabablarini belgilab beradi.

Biz yuqorida Buxoro jadidchiligini shakllanib borishi to’g’risida fikrlar bildirib o’tgan edik.

Jumladan, F.Xo’jayevningfikricha jadidchilk Turkistonga qaraganda Buxoroda kechroq yuzaga kelgan bo’lsa-da, jamoat hayotidagi og’ir muhit uning taraqqiyotini tezlashtirdi va bu harakat 1915 yildan boshlab madaniyatdan siyosatga qarab yo’l tutdi. Jadidlarning eng ilg’or qismini programma maksimumida asosiy o’rin tutgan g’oya, Buxoroda g’arb namunasidagi kapitalizm va demokratiyani rivojlantirish edi.

Jadid tashkilotlarining maqsadlari kengayib, siyosiy tus olganligining sababi ikkita edi: birinchidan, 1914-1915 yillarda jadidchilik boshidan kechirgan inqiroz, gazetalar va yangi usul, maktablarining berkitilish hollari, hokimiyat jadidlarining bilimsizlik va g’aflatga qarshi kurash faoliyatini kengaytirishga yo’l bermasligi, shuningdek busiz jamiyatda hyech qanday o’zgarishlarga erishib bo’lmasligini ko’rsatdi. Ikkinchidan, jadidchilik harakatiga xorijda o’qib, chet eldagi milliy taraqqiyparvar harakatlar tajribasini o’rganib qaytgan, yosh kuch oqimi kelib qo’shildi. Ular madaniylashtirish doirasida cheklanib qolmay, aniq siyosiy vazifalar qo’yishni talab qildilar. Soliqlarni kamaytirish, amaldorlar zulmini cheklash, dehqonlar hayotini yengillashtirish, shu talablar jumlasidan edi. Jadidlar bir-biriga zid bo’lgan ikki oqimga – eskicha fikrlaydigan va Fitrat boshchiligidagi yoshlarga ajraldi. Natijada, o’zaro kelishmovchiliklar mavjud bo’lgan birlik yuzaga keldi. Bu holat esa kelishib olinmagan harakatlarga sabab bo’ldi. Natijada, amir manifestinini qo’llash uchun o’tkazilgan tinch namoyish quvg’in etildi va jadidlarga qarshi qatag’onlar boshlandi. F.Xo’jayev ana shu so’l yoshlar guruhiga mansub bo’lib, keyinchalik ham shu pozisiyada qoladi. Jadidlar keksa avlodlardan farq qilib, ochiq chiqishlar taktikasini xato hisoblamas edilar. S.Ayniyning fikricha «Fitrat va F. Xo’jayev boshchiligidagi so’l guruh uzoqni ko’ra olmaganligi va vaziyatni noto’g’ri tushunganligi tufayli, jadidlar guruhi tor-mor etildi». Shuni tan olish lozimki, yosh jadidlarning vakillariga hurmat va xayrixohligimiz cheksiz bo’lsa-da, keyingi yillarning tarixiy voqyealari shuni ko’rsatdiki, Abdul Vohid Burhonov, Usmon Xo’jayev, Muhiddin G’afaat, Muso Saidjonov, S.Ayniy va boshqalar vaziyatni to’g’ri baholaganlar, jadidlar aholining asosiy qismi o’rtasida ta’sirga va kuchga ega emasdi. Omma ruhoniylari ta’siri ostida bo’lib, istalgan vaqtda uning da’vati bilan jadidlarga qarshi ko’tarilishi mumkin edi. Shuning uchun, ular nihoyatda o’ylangan, ehtiyotkorona harakatlar, inqilobsiz, ayniqsa, qonli to’qnashuvlvrsiz asta-sekin, bosqichma-bosqich o’tkazilgan islohatlar tarafdori edi. Aslida, avvaliga manifestasiya, keyin esa Kolesov voqyealarining tashabbuskorlar ham qurolli qo’zg’alondan qo’rqmaydigan, inqilobiy kayfiyatdagi so’l jadidlar edi. Biroq, yosh buxorochilar qiziqqon bo’lsalar-da, tashkilotning ajralib ketishiga yo’l qo’ymaslikka harakat qildilar. Abdul Vohid Burhonovni tashkilot raisi sifatida qoldirdilar. Ular 1917 yil martdagi amir qatag’onidan so’ng ahvol keskin o’zgarganini yaxshi anglab yetdilar.

1910-1917 yillarda olib borilgan og’ir mehnat sabotmatonat, qat’iylik natijasida jadidlar F.Xo’jayea iborasi bilan aytganda «milliy inqilobni boshqarishga» qodir bo’lgan yosh buxoroliklarning siyosiy partiyasiga aylandi. Bu paytda F.Xo’jayev va A.Fitrat amirni ag’darish va inqilobni amalga oshirishda partiya «Sovet Toshkenti» yordamidan foydalanishga samimiy ishonar edi. Bu masalada asosiy o’rinni RKP(b) tutgani, F.Xo’jayev va yosh buxoroliklar esa Buxoroni bosib olishda ularga qo’shimcha vosita bo’lganligini ancha kech tushundi.

Hamma harakatlar hm ularning yo’lboshchilari hohlagandek tugavermaydi. Biz ularning xatolarini sanashdan yiroqmiz albatta. Buxoro jadidchiligining oxir-oqibatidgi xatosi jamiyatni yangilashning ultra-inqilobiy yo’lini tanlash va ular yordam olgan bolshevik kuchlari butunlay boshqa, yana tobe va yarim mustamlaka tuzumga olib kelishini ko’ra olmaslik edi. Shuncha kuch-g’ayrat, qon va jonlar sarflangan harakat o’z maqsadiga erisha olmaganligiga faqat afsuslanish mumkin, lekin jadidchilik g’oyasining o’zi mamlakatni to’laqonli rivojlantirishning falsafiy konsepsiyasi sifatida noyob edi.

 

3-Mavzu.Turkistonda jadidchilik namoyondalari va ularning jamiyat rivojidagi faoliyati.

Reja:

1. Abdulla Avloniy va M.Behbudiylarning hayoti va ma’rifatchilik yo’ li

2. A.Shakuriy va Xoji Muinlarning hayoti va ma’rifatchilik yo’li

3. Munavvarqori va A.Zohiriylarning hayoti va jadidchilik faoliyati

4. M.Obidov, S.Mirjalilov va Tavallolarning hayoti va jadidchilik faoliyati

        

v    Asosiy adabiyotlar

1.     D.A.Alimova. Istoriya kak istoriya, istoriya kak nauka. II ch. T. «Uzbekistan» 2009.                           

2.     Jadidchilik islohat, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash. T. «Universitet» 1999.

3.     Alimova D, Rashidova D. Behbudiy M. i yego istoricheskiye vozzreniya. T., «Ma’naviyat» 1998.

4.     Shamsutdinov R.T. Rasulov B.M. Turkiston maktab va madrasalari tarixi (XIX asr oxiri XX asr boshlari)

5.     B.Qosimov va b. milliy uyg’onish. T. «Universitet» 1993

6.     O.Sharafiddinov. Cho’lponni anglash. – T. «Yozuvchi» 1994

7.     O’zbekistonning yangi tarixi 2-kitob O’zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida. T. «Sharq» 2000

 

v    Qo’shimcha adabiyotlar

8.     Xolboyev. Munavvar Qori «Fan va turmush», 1990 4-s

9.     Kushchanov M. Qodiriy erksizlik qurboni T: «Fan» 1966

10.                        Mahmudov B. «Barhayot siymolar» (qatag’on qurbonlari haqida lavhalar) T., «O’zbekiston» 1995.

11. Agzamxodjayev S. Istoriya Turkestanskoy Avtonomii (Turkiston Muxtoriyati) T., «Ma’naviyat» 2000

12. Avloniy A. Turkiy Guliston yohud ahloqlar. Tanlangan asarlar. II jild T. 1998

13. Bendrikov K.Ye. Ocherki po istorii narodnogo obrazavaniya v Turkistana (1865-1924 gg) M, 1960

 

v    Darsning o’quv va tarbiyaviy maqsadi:

Ushbu mavzu orqali Turkistondagi jadid namoyondalari, ularning ma’rifatparvarlik va siyosiy faoliyati, hayoti va umuman ularning jamiyat taraqqiyoti uchun olib borgan faoliyatini tarixiy manbalar orqali yoritishdan iborat.

v    Dars o’tish vositalari:

(Doska, plakat, fan yuzasidan manba va adabiyotlar, tarixiy ma’lumotlar,mavzu yuzasidan har xil testlar, kompyuter, jahon siyosiy xaritasi, izohli lug’atlar)

v    Dars o’tish usullari:

Takrorlash, suhbat va savol javob (mavzuni o’zlashtirishni mustahkamlash), jonli muloqot o’tkazish, erkin fikrlash va so’zlashga o’rgangan holda fikr mulohazalarini bayon qildirish, buning uchun har bir talabaga o’tilgan mavzular, tayanch iboralardan savol tashlanadi. O’qituvchi va talabalar o’rtasida berilgansavollarni tahlil etish. Tarqatma testlar asosida talabaning mavzuni qay darajada o’zlashtirgani aniqlash. Talabalarni veqyealarni tahlil etishga o’rgatish. Xarita bilan ishlashni talabalarga o’rgatish. Iboralarni izohlash va unga tahlil berish.

v   Darsning xrono kartasi-80minut.

v   O’qituvchi dars davomida qo’yidagi ishlarni bajaradi.

v   Tashkiliy qism: xonaning tayyorgarligi, jihozlanishi, sanitariya holati, talabalarning davomi-2 minut

v   Hafta davomida bo’lgan yangiliklar-5minut

v   Yo’qlama-5 minut

v   Dars yuzasidan talabalarni zarur adabiyotlar bilan tanishtirish-10 minut

v   Yangi mavzu bayoni-50 minut

v   Sinov savollari namunasi-5 minut

v   Uyga vazifa berish-3 minut

 

         Yangi davr o’zbek madaniyati, adabiyotining asoschilaridan bin, bolalar adabiyoti, o’zbek milliy teatri, dramaturgiyasi, matbuoti, o’zbek milliy pedagogikasining tamal toshini qo’ygan, xalqimizning asl farzandi Abdulla Avloniydir( 1878-1934).

Avloniy 1878-yil 12-iyulda Toshkentning Mergancha mahallasida to’quvchi Miravlon aka oilasida tavallud topdi. Avval o’qchidagi boshlang’ich maktabda, so’ng shahar madrasalaridan birida tahsil oldi. Biroq ko’proq mustaqil o’qib-o’rgandi, tez orada o’z davrining savodxon, ma’rifatparvar kishisiga aylandi. Avloniy asrimiz boshlarida o’lkamizda avj olgan Jadidchilik harakatining faol ishtirokchisi sifatida millat bolalarini savodxon qilish, ulardan yetuk olimlar, mutaxassislar tayyorlash, Vatanni ozod ko’rish, farovon etish yo’lida fidoyilik bilan mehnat qildi. Ana shu maqsadda juda ko’p sohalarda faol ish olib bordi. 1907-yilda o’z uyida «Shuhrat» nomli gazeta nashr qildi. U mahallasida yangi usuldagi maktab ochdi. «Usuli jadid» maktablari uchun to’rt qismdan iborat «Adabiyot yoxud milliy she’rlar», «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim», «Maktab gulistoni», «Turkiy guliston yoxud axloq» kabi darslik va o’qish kitoblari tuzdi. Maktab-maorif ishlariga yordam ko’rsatish maqsadida xayriya jamiyati tashkil qildi. «Nashriyot» shirkati tuzib, Xadrada «Maktab kutubxonasi» kitob do’konini ochdi. Abdulla Avloniy o’zbek teatrining taraqqiyotida ham alohida xizmat ko’rsatdi. Uning «Turon» truppasi (1913) o’lkamizda tashkil etilgan birinchi professional teatr truppasi edi. Adib dramaturgiyada ham unumli faoliyat olib bordi. Tatar, ozarbayjon dramaturglarining asarlarini o’zbek tiliga tarjima qildi, o’zi ham «Pinak», «Advokatlik osonmi», «Biz va siz» nomli pyesalar yozib, sahnaga qo’ydi.

Fevral va oktabr voqealaridan so’ng Avloniy «Turon» nomli gazeta nashr etib, unda ilg’or qarashlarni ilgari surdi.

1919-1920-yillarda Afg’oniston elchixonasida bosh konsul vazifasida ishladi. Xizmatdan qaytgach, ma’rifatparvarlik faoliyatini davom ettirdi. Harbiy o’quv yurtida, o’rta Osiyo davlat universitetida o’zbek tili va adabiyotidan dars berdi, professor darajasiga ko’tarildi. Ma’rifatparvar adib, dramaturg, pedagog, noshir va jamoat arbobi Abdulla Avloniy 1934-yil 25-avgustda Toshkentda vafot etdi. Toshkentdagi Botkina qabristoniga dafn etilgan.

Jadidchilik harakatining darg’asi, buyuk ma’rifatparvar Mahmudxo’ja Behbudiy 1875-yilning 19-yanvarida Samarqandda ruhoniy oilasida tug’ildi.

Tog’asi Muhammad Siddiq yordamida xat-savod chiqaradi. Eski maktab-madrasada o’qiydi. Arab tilini o’rganadi. Qozixonalarda mirzalik, qozilik vazifalarida ishlaydi. 1893-1900-yillarda Makkaga haj safariga boradi.

1903-1904-yillarda Moskva, Peterburg, keyinroq Qozon, Ufa shaharlariga boradi. 1914-yilda Arabiston, Misr, Turkiya kabi bir qator mamlakatlarda bo’ladi.

U o’z davrining yirik islomshunoslaridan biri, muftilik rutbasiga erishgan zot edi. Behbudiy shu bilan birga hamisha bid’atga qarshi kurash olib bordi va o’z asarlarida dinni to’g’ri tushunishga va targ’ib etishga da’vat etdi.

Vaqtli matbuot sahifalarida zamonasining dolzarb mavzulariga bag’ishlangan ijtimoiy-siyosiy, tarixiy-adabiy maqolalari bilan faol ishtirok etadi. Uning 10-yillar Turkiston matbuotida 300 dan ortiq maqolalari e’lon qilingani ma’lum. IJshbu maqolalarning markazida maktab, maorif, madaniyat, ma’rifatparvarlik g’oyalarining targ’iboti turadi.

1913-yilda u Samarqandda «Samarqand» gazetasi va «Oyina» jurnalini tashkil etadi. Har ikkala nashming asosini ma’rifat-madaniyat, millat va ozodlik g’oyalari tashkil qiladi. U 1911-yili «Padarkush» dramasini yaratdi.

Behbudiy yangi usuldagi maktablarning ilk targ’ibotchi va asoschilaridan birL shuningdek, ana shu maktablar uchun darsliklar ham yaratgan yirik ma’rifatparvardir.

Behbudiy 1917-yilgi fevral va oktabr voqealaridan keyin Turkistonning mustaqil, ozod bo’lishi uchun tinmay kurashdi va shu yo’lda o’z jonini fido qildi. U Turkistonning milliy davlat qurilishi masalasini o’rtaga tashladi. O’z xalqi taraqqiyotini nafaqat ma’rifatda, balki lining siyosiy maqomining keskin o’zgarishida, o’z mustaqilligini qo’lga kiritishida deb bildi. Uning Haq olinur, berilmas!» degan so’zlari jadidlarning shioriga aylandi. U Turkiston Muxtoriyatini olqishladi. Uning hukumatiga a’zo sifatida saylandi. Turkiston Muxtoriyati qonga botirilgandan so’ng u siyosatdan bosh tortdi va Samarqandda maorif bo’limi mudiri bo’lib ishladi. Lekin mustaqillik umidlaridan voz kechmadi. Sovetlar hukumatining qirg’inlari, adolatsizliklari avjiga kelganda, bu holni jahonga ma’lum qilish uchun yo’lga otlangan Behbudiy Buxoro amiri tomonidan hibsga olinib, 1919-yilning bahorida Qarshi shahrida qatl etiladi.

M.Behbudiy qabrining qayerdaligi noma’lum.

Adib, murabbiy, muharrir, ma’rifatparvar, jamoat arbobi Munavvar qori Abdurashidxon o’g’li 1878-yilda Toshkent shahrining Shayx Xovand Tohur dahasi Darxon mahallasida mudarris oilasida tug’ildi. Toshkentdagi Yunusxon madrasasida o’qidi, so’ngra tahsilini Buxoroda davom ettirdi, Toshkentga qaytgach, Darxon masjidida imomlik vazifasini bajaradi.

Munavvar qori XIX asrning oxiridan boshlab Jadidchilik harakatlarida faol ishtirok eta boshladi. 1901-yilda o’z hovlisida, keyinchalik Toslikentning turli dahalarida jadid maktablarini ochadi. Bu maktablar uchun 1907-yilda «Adibi avval», «Adibi soniy1’ darsliklarini yaratadi. «Tajvid al-Qur’on», «Yer yuzi» singari qo’llanmalarni tuzib, nashr etadi. Bolalar uchun qator she’riy va nasriy hikoyalar yozadi.

U 1909-yili Toslikentda «Jamiyati xayriya» uyushmasini tuzadi va «Turon» nomli jamiyatni ochadi. Munavvar qori 1906-yilda dastlabki o’zbek matbuoti namunalaridan biri «Xurshid» gazetasini nashr etdi. Keyinchalik «Najot», «Kengash» gazetalarida bosh muharrir, «Sadoyi Turkiston»da esa bo’lim muharriri bo’lib xizmat qiladi.

Munavvar qori 1917-yil fevral inqilobidan keyin Turkistonda demokratik milliy davlatchilikni tuzish g’oyasini ilgari surdi. U Qo’qonda tashkil topgan Turkiston Muxtoriyatini qo’llab-quvvatladi.

Sho’ro davrida u o’zining ochiq ma’rifiy ishlarini va yashirin siyosiy harakatlarini davom ettirdi. 1918-yilning aprelida Turkiston xalq dorilfununining asoschisi va rektori etib saylanadi. lining sa’y-harakati bilan 1918-yil 2-iyunda dorilmuallimin ish boshlaydi. U 1918 yilda «Turk o’chog’i» ilmiy-ma’rifiy jamiyatini tashkil qiladi.

Munavvar qori 20-yillarda o’zbek yurtining mustaqilligi uchun kurash vazifasini o’z oldiga qo’ygan «Milliy ittihod» va «Milliy istiqlol» yashirin tashkilotlariga rahbarlik qilgan.

20-yillarning o’rtalarida milliy ziyolilanii tafqib qilish kuchayishi natijasida Munavvar qori hamma lavozimlardan chetlashtiriladi. Biroq hatto qatag’on ham Munavvar qori Abdurashidxon o’g’lini istiqlol g’oyalaridan qaytara olmadi.

U 1929-yilda qamoqqa olinadi va 1931-yilda otib o’ldiriladi. Uning xoki Moskvadagi Vagankovo qabristonidadir.

Davlat, jamoat va siyosat arbobi, Turkistonning yirik sarmoyadorlaridan biri. Obidjon Abdulxoliq o’g’li Mahmudov Farg’ona taraqqiyparvar]arining peshqadam vakilidir. U Peterburg universitetini tamomlagan, xalqimiz orasidan yetishib chiqqan birinchi tog’-kon muhandisi edi.

Uning tashabbusi va bevosita rahbarligi ostida 1914-yili Qo’qonda bosmaxona tashkil qilinadi va Farg’ona jadidlarining «Sadoyi Farg’ona» gazetasi naslir etila boshlaydi. Mazkur bosmaxonada «Sadoyi Farg’ona» bilan birga rus tilida «Ferganskoye exo» gazetasi ham nashr etiladi. «Sadoyi Farg’ona» gazetasi nafaqat Turkistonda, balki Rossiya musulmonlari orasida ham mashhur bo’lgan.

Obidjon Mahmudov jadid matbuotida dolzarb maqolalari bilan qatnashib, ma’rifat, ozodlik, hurlik g’oyalarini targ’ib etishga, xalqning ongini, saviyasini ko’tarishga intildi.

O.Mahmudov Turkistonning mustaqil respublika bo’lishi tarafdori va bunga yetishish uchun faol harakat qilgan jadidlardan biri edi.

1917-yilda Turkiston Muxtoriyati hukumati tashkil etilgach, O.Mahmudov Oziq-ovqat noziri vazifasiga saylanadi. Oradan ko’p o’tmay, 1918-yil fevral oyida Turkiston Muxtoriyati bolsheviklar tomonidan zo’rlik bilan ag’dariladi. Shundan so’ng jadidlarning bir qismi o’z g’oya va maqsadlarini sovet hokimiyati idoralariga joylashgan holda amalga oshirmoqchi bo’ladilar. O.Mahmudov ham shu kezlarda sovet davlati idoralarida xizmat qilib, millatparvarlik, taraqqiyparvarlik faoliyatini davom ettirdi.

Atoqli ma’rifatparvar Obidjon Mahmudov 1936-yilning 21-noyabrida vafot etdi.

Ma’rifatparvar, pedagog Abduqodir Shakuriy 1875-yilda Samarqandning Rajabamin qishlog’ida bog’bon oilasida tug’ildi.

Shakuriy eski usuldagi maktabni tamomlaganidan keyin Samarqand shahridagi madrasaga o’qishga kiradi. Shakuriy rus gimnaziyasiga borib, uning ichki tartib qoidalari va o’qitish usullari bilan tanishadi. Shundan keyin yosh muallimda o’z xalqining bolalari uchun ham shu tartibdagi yangi maktab tashkil qilish orzusi pay do bo’ladi.

Abduqodir Shakuriy Samarqand gimnaziyasida ko’rgan va o’zi orzu qilgan yangi o’qitish usullari Rossiyaning turli joylarida yashagan boshqa turkiy xalqlarda ham mavjudligini gazetalardan bilib oladi.

Shakuriy do’stlari yordamida Qo’qon shahriga boradi va u yerda yangi maktabdagi o’qitish usullari bilan tanishadi. Samarqandga qaytib kelgach, o’z qisblog’i Rajabaminda 1901-yilning kuzida birinchi yangi usuldagi maktabni tashkil qiladi.

Shakuriy maktabining shuhrati keng tarqala boshladi, o’rta Osiyodagi boshqa ma’rifatparvar kishilarning dtqqatini jalb etdi.

Shakuriy faqat o’qituvchilik qilish bilangina cheklanib qolraagaa, u o’z maktabi uchun darsiiklar yozib, ularni o’z mablag’Iari hisobiga nashr qildirgan. Masalan. uning «Rahnamoyi savod» («Savod chiqarish qo’llanmasi») deb atalgan kitobi shu tariqa chop etilgan. Shakuriy dastlab qizlar uchun ham yangi usuldagi maktab tashkil qilgan. Unda o’zi rahbarligida rafiqasi muallimalik qilgan. Keyinchalik o’g’il va qiz bolalar guruhini hirlashtirib o’qita boshlagan.

1921-yilda Samarqand shahridagi 13-maktabga mudir qilib tayinlanadi. U bolalarni tarbiyalash, o’qitishga katta g’ayrat bilan kirishdi. ko’p yillar davomida shu maktabning mudiri hamda ona tili va adabiyot o’qituvchisi vazifalarida ishladi.

1925-yilda A.Shakuriyning tashabbusi bilan qishloq aholisi o’z mablagMari hisobiga to’rt sinfli yangi maktab qurib ishga tushiradi.

Abduqodir Shakuriy 1943-yilda vafot etadi.

Is’hoqxon Ibrat ma’rifatparvar shoir, zabardast tilshunos, tarixshunos olim, ilk o’zbek matbaatchilaridan bo’lib, 1862-yilda Namangan yaqinidagi To’raqo’rg’on qishlog’ida tug’ilgan.

Dastlabki ma’lumotni eski maktabda, so’ngra onasining qo’lida oladi. Keyinroq Qo’qonga borib madrasaga o’qishga kiradi.

Ishoqxon Ibrat 1886-yilda madrasani tugatib, To’raqo’rg’onga qaytib keladi. U o’z faoliyatini pedagog sifatida qishloqda ma’rifat tarqatish bilan boshladi. o’sha yili eski mahalliy maktablardan ancha farq qiluvchi yangicha maktab ochadi.

Ishoqxon Ibrat 1887-yilda haj safariga otlanadi. So’ng u Sharq mamlakatlari bo’ylab sayohatni davom ettiradi. Yevropaning IstambuL Sofiya, Afina, Rim kabi .markaziy shaharlarida bo’ldi, ancha vaqt Jidda shahrida istiqomat qiladi, Bombey va Kalkuttada yashaydi. Is’hoqxon u yerlarda ko’p ishlatiladigan arab, fors, hind-urdu va ingliz tillarini mukammal o’rgandi. U 1896-yilda o’z vataniga qaytib keldi. 1901-yilda «Lug’ati sitta-alsina» asarini bosmadan chiqaradi. Mazkur lug’at jadid maktablarida sharq va rus tillarini o’rganishda birdan bir qo’llanma sifatida foydalanib kelindi.

Ishoqxon Ibrat 1912-yilda yozuvlar tarixiga bag’ishlangan «Tome ul-xutut» («Yozuvlar majmuasi») asarini yaratdi va o’z matbaasi «Matbaayi Is’hoqiya»da bosmadan chiqardi.

Ibrat chin qalbdan o’z xalqining iimli, ma’rifatli bo’lishini istadi. Keyingi 20-yil ichida 14 ta ilmiy-tarixiy, lingvistik asar yozdi. 30 yillik poetik ijodining majmuyi bo’lmish «Devoni Ibrat» she’rlar to’plamini tuzdi. Tarixshimoslikka old «Tarixi Farg’ona», «Tarixi madaniyat» va «Mezon uz-zamon» ilmiy asarlarini yaratdi.

Ibratning so’nggi yillardagi hayoti ancha tahlikali o’tdi.

1935-yildan u hamma lavozimlardan olib tashlandi. 1937-yilning aprel oyida 75 yoshli keksa shoir va ma’rifatparvarni hibsga oladilar. Ibrat Andijon turmasida vafot etadi.

Ishoqxon Ibrat qabrining qayerdaligi noma’lum.

Taniqli ma’rifatparvar., yirik tilshunos, lug’atshunos, adabiyotshunos olim, jurnalist va tarjimon, Turkistondagi jadidchilik harakatining ko’zga ko’ringan namoyandalaridan biri Ashurali Zohiriy 1885-yili Qo’qonda tug’ilgan. U dastlab Qo’qondagi Madalixon madrasasida tahsil ko’radi, arab va fors tillarini puxta egallaydi, o’zbek va fors-tojik mumtoz adabiyotini o’rganadi. Har tomonlama bilim sohibi bo’lgan A.Zohiriy 1907-yildan boshlab rus-tuzem maktabida, shuningdek, jadid maktabida o’zbek tili va adabiyotidan dars beradi. 1912-1919-yillarda esa pedagogik faoliyat bilan birga jurnalist sifatida ham qizg’in ish olib boradi. 1917-1918-yillarda Turkiston Muxtoriyati hukumatining barpo etilishi A.Zohiriy faoliyatiga yangicha yo’nalish bag’ishlaydi. U «El bayrog’i» gazetasiga muharrirlik qilib, Muxtoriyat g’oyalarining keng xalq ommasi o’rtasida tarqalishiga munosib hissa qo’shadi.

A.Zohiriy faoliyatining 1917-yildan keyingi asosiy yo’nalishi ma’rifatparvarlik bilan bogTiq. U Qo’qondagi birinchi dorilmualliminning tashkilotchisi va dastlabki zamonaviy maktablarning muallimi sifatida Farg’ona vodiysi uchun ko’plab o’qituvchilarni yetishtirib berdi. U asos solgan dorilmuallimin keyinchalik pedagogik texnikumga aylantirildi. 1930-yili esa shu texnikum bazasida Farg’ona davlat pedagogika instituti tashkil etildi.

A.Zohiriy erkparvar g’oyalari uchun 1929-yil noyabrida hibsga olinib, o’n yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Qamoq muddatini tugatgach, alloma yana sevimli kasbi ma’rifatparvarlik bilan shug’ullanadi. Ammo 1937-yilda qatag’on bo’roni avj olgach, u yana qamoqqa olinib, o’sha yilining 4-dekabrida otib tashlanadi. A.Zohiriy qabrining qayerdaligi nomalum.

To’lagan Xo’jamyorov - Tavallo XX asr boshlari Toshkent adabiy muhitining ko’zga ko’ringan namoyandalaridan edi.

U 1882-yili Toshkentning Ko’kcha dahasida ziyoli oilada tug’ildi. Avval eski maktabda, so’ng Beklarbegi madrasasida tahsil oldi. Beklarbegi madrasasi bu davrlarda Toshkent adabiy hayotining markazlaridan biri edi. Tavallo shu yerda Karimbek Kamiy, Miskin, Xislat, Yusuf Saryomiy kabi zamonasining atoqli shoirlari bilan tanishadi. Ayniqsa, Yusuf Saryomiy bilan yaqin aloqaga kirishib, uni o’zining piri, ustozi sifatida e’tirof etadi. «Tavallo» deb taxallus olishi ham mazkur ustoz davlati bilan bo’ladi.

Tavallo o’zi yashab turgan voqelik mohiyatini, Turkistonning chor istibdodi ostida huquqsiz, zabun bir qismatga mahkum ekanligini anglagan pallada, ya’ni 1905-yillardan boshlab Jadidchilik harakatlariga qo’shiladi. Bu harakatning barcha muhim jabhalarrda ishtirok etadi. Xususan, milliy matbuotimizning ilk namunalari hisoblangan «Taraqqiy», «Shuhrat», «Sadoyi Turkiston», «Sadoyi Farg’ona» gazetalarida uning she’r va maqolalari muntazam chiqib turadi. 1914-yil avgustida toshkentlik taraqqiyparvar yoshlar tomonidan tashkil etilgan «Nashriyot» shirkati muassislari qatorida To’lagan Xo’jamyorov nomi ham uchraydi. 1913-yilning o’rtalarida Toshkentda birinchi milliy teatr truppasi faoliyat boshlaydi. 1914-ylining 27-fevralida «Kolizey» teatr binosida namoyish etilgan «Padarkush» spektakli shu truppaning ilk milliy teatr tomoshasi edi. Tavallo bu harakatning ham tashkilotchilari va jonkuyarlari qatorida ko’rinadi. Ana shu voqeaga bag’ishlab maxsus she’rlar yozadi.

1916-yili Tavallo o’zining matbuotda e’lon qilingan va bosilmagan she’rlarini to’plab, «Ravnaq ul-islom» nomi bilan chop ettiradi. To’plamda yetmishga yaqin she’r jamlangan bo’lib, ularning deyarli barchasi ma’rifatparvarlik mhi bilan yo’g’rilgan.

Tavallo 1917-yil oktabr to’ntarishidan so’ng turli idoralarda ishladi. «Mushtum» jurnalida hajviy she’rlar bilan faol ishtirok etdi.

Shoir 1937-yili ko’plab safdosh hammaslaklari qatori haqsizlik qurboni bo’ldi. Hibsga olinib, qamoqda vafot etdi.

Tavallo qabrining qayerdaligi noma’lum.

Atoqli ma’rifatparvar, Turkistondagi milliy ozodlik harakatining taniqli namoyandalaridan biri Saidnosir Mirjalilov 1884-yili Turkiston shahrida tavallud topgan.

Yoshligidan o’ta ziyrak, tadbirkor va mehnatkash bo’lgan Saidnosir tujjorlik faoliyatini kichik bir gazlama do’konini ochishdan boshlagan. Ko’p o’tmay u Turkistonda birinchi jadid maktabini tashkil etgan. 1914-yilda paxta zavodini qurib, Turkistonning taniqli boylari va savdogarlaridan biri sifatida shuhrat qozongan.

S.Mirjalilov 1917-yil siyosiy faoliyatga o’tadi. Fevral inqilobidan so’ng u Toshkentda tashkil etilgan «Sho’royi islomiya» tashkilotining faol a’zolaridan biriga aylandi. Turkiston mustaqillikka erishishini orzu qilgan Saidnosir Mirjalilov tijoratchi sifatida topgan sarmoyasining katta qismini milliy ittihod va istiqlol uchun olib borilgan kurashga bag’ishladi.

Turkiston Muxtoriyati hukumatining barpo etilishida faol ishtirok etdi va hukumat a’zosi etib saylandi. Muxtoriyat qonga botirilib, uning rahbarlari tafqib ostiga olingach, S. Mirjalilov xorijga ketishga majbur bo’ldi va dastlab Samaraga borib, Turkistonda ro’y berayotgan xunrezliklarga chek qo’yish yo’llarini axtardi, so’ng Turkiya va Tiflisda bir muddat yashadi. Bolsheviklar e’lon qilgan umumiy afvga ishonib, u 1921-yili vataniga qaytdi. U «Turkiston» savdo-sanoat shirkatini tashkil qilib, undan tushgan foyda evaziga «Ko’mak» jamiyati orqali iste’dodli yoshlarni Germaniya va boshqa mamlakatlarga o’qishga yuborish, «Nashri maorif jamiyati faoliyatini avj oldirish ishiga o’z ulushini qo’shdi. Lekin bolsheviklar kuzatuvidan ozod bo’lmagan S.Mirjalilov 1925-yil 12-dekabr kuni hibsga olinib, Solovetsk orollariga qamoqqa yuborildi. U uch yillik qamoq muddatini o’taganidan keyin 1932-yili yana besh yil muddatga qamaladi, nihoyat 1937-yil 21-iyul kuni takror hibsga olinib, o’sha yilning 25-oktabrida otib tashlandi.

Saidnosir Mirjalilov qabrining qayerdaligi noma’lum.

Milliy uyg’onish davrining yirik vakillaridan biri, shoir. Saidahmad Siddiqiy — Ajziy 1864-yil Samarqand viloyatining Jomboy tumani Halvoyi qishlog’ida hunarmand oilasida tavallud topdi. Yoshligida otasi vafot etib, bobosi qo’lida voyaga yetdi. Yangasi qo’lida savod chiqardi. Keyin Samarqand va Buxoro madrasalarida tahsilni davom ettirdi. Sharq klassik adabiyotini qunt bilan o’rganadi, arab, fors, ozarbayjon va keyinchalik rus tilini o’zlashtiradi.

1880-yillardan o’zi ham an’anaviy usuldagi she’rlar mashq qila boshladi. Biroq zamonasining buyuk kishilaridan biri sifatida e’tirof etilishiga uning ma’rifatchilik faoliyati va ijodi sababdir.

1901-yil haj safariga otlanadi. Bir qator Sharq mamlakatlarida bo’lib, islom dunyosidagi yangiliklar bilan tanishadi, bir necha muddat Jiddada Rusiya elchixonasida tilmochlik qiladi. So’ng Moskva, Peterburg shaharlarini aylanib, Tiflisga o’tadi. Nihoyat Samarqandga qaytib, 1903-yil Halvoyi qishlog’ida yangi maktab ochadi.

Shoir keyingi butun hayotini ana shu muqaddas ishga sarf etdi. O’zi ochgan maktabda tabiiy fanlar, arab hamda rus tillaridan saboq berdi, darsliklar tuzdi.

Siddiqiy vaqtli matbuot nashrlarida ham faol ishtirok etdi. Vatan, ilm-ma’rifatga bag’ishlangan maqolalari bilan Qozon, Orenburg va Kavkazdagi nashrlarda ham qatnashdi. 1914-yili o’z tashabbusi bilan «Zarafshon» nomli kutubxona ochdi.

1910-yilbfrda shoir «Ayn ul-adab» («Adab ko’zi») va «Ganjinayi hikmat» («Hikmatlar xazinasi») nomli o’zbek va tojik tillaridagi ikki she’riy to’plamini hamda «Mir’oti ibrat» («Ibrat oynasi»), «Anjumani arvoh» («Ruhlar yig’ini») nomli dostonlarini yaratdi. Siddiqiy 1917-yili «Ittifoq» tashkiloti tomonidan shahar dumasiga vakil qilib saylandi. Samarqand musulmon sho’rosining rais muovini, viloyat adliya noziri bo’lib ishlaydi. Lekin u 1921-yildan barcha rasmiy ishlardan voz kechib, qishlog’ida, o’zi ochgan maktabda muallimlikni davom ettiradi.

1926-yili qattiq kasallanib, 1927-yilning iyul oyida Samarqandda vafot etadi.

Ma’rifatparvar ziyoli, shoir Muhammadsharif So’fizoda o’zbek madaniyati tarixida yorqin iz qoldirgan zotlardandir.

Muhammadsharif Egamberdi o’g’li 1869-yil 29-yanvarda Chustda tug’ildu uning otasi pichoqchi - hunarmand edi. U mahallasidagi qo’shnisi Manzura otinda savod chiqardi. 1893-1898-yillarda u Qo’qonda yashadi va madrasada ta’lim oldi. Qo’qon adabiy muhitining mashhur shoirlari Muqimiy, Muhyi, Zavqiy, Nodim Namangoniy bilan yaqin munosabatda bo’ldi. Bo’lajak shoir dastlabki she’rlariga Muqimiy tavsiyasi bilan «Vahshiy» taxallusini qo’lladi.

So’fizoda 1893-yilda ona shahri Chustda boyonlami, chor amaldorlarini, mutaassiblarni hajv qiluvchi she’rlari uchun «badasl», «beadab», «dahriy» deb ayblanadi va o’limga hukm qilinadi. Shoir o’z vatanini tark etishga, 14 yil turli mamlakatlarda istiqomat qilishga majbur bo’ldi.

So’fizoda 1900-1913-yillarda O’rta Osiyoning turli shaharlarida, Tiflis, Boku, Arabiston, Hindiston, Turkiyada bo’ldi. U qayerda yashamasin, Toshkent, Kavkaz, Qrim, Orenburg, Turkiyada chop etiladigan gazetalar bilan aloqasini uzmadi. Uning maqolalari, she’rlari «Turkiston viloyatining gazeti», «Sadoyi Turkiston», «Sadoyi Farg’ona» gazetalarida muntazam chiqib turdi.

1913-yilda So’fizoda chet el safaridan Chustga qaytib keladi va usuli jadid maktabi ochadi. Kamarsada qishlog’ida yetim bolalar uchun «Dorulaytom» («Yetimlar uyi») va kattalar uchun kechki maktab tashkil qiladi. Bu maktablarda u ona till, handasa kabi fanlarni o’qitdi.

1914-yilda So’fizoda Turkiston miqyosida hukm surayotgan ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy tanazzulni fosh etuvchi «Chustilar bizlar» she’rini e’lon qiladi. She’r boshidan oxirigacha «usuli qadim»chilarga - mutaassiblarga nisbatan achchiq kinoya? asar qahramonlarining o’zini o’zi fosh etishi uslubida yozilgan edi. Bu to’qnashuvdan keyin So’fizoda o’z vatani Chustdan quvg’in qilindi. U To’raqo’rg’on yaqinidagi Shahand qishlog’ida usuli jadid maktabi ochdi. So’fizodaning bu ishida To’raqo’rg’on qozisi, ma’rifatparvar, shoir, pedagog Is’hoqxon to’ra Ibrat yaqindan yordam berdi.

So’fizoda sho’rolar hukumati davrida ham xalqiga chin diidan xizmat qilaverdi va adabiy-ijodiy, pedagogik faoliyat bilan shug’ullandi. 1937-yilda shoir «xalq dushmani» deb e’lon qilinib. qamoqqa olindi.

M.So’fizoda qabrining qayerdaligi noma’lum.

 

4-Mavzu. Buxoroda jadidchilik namoyondalari va ularning jamiyat siyosiy-iqtisodiy va madaniy hayotidagi roli

Reja:

1. Ubaydulla Xo’jayev va A.Fitratlarning hayoti va jadidchilik faoliyati

2. Fayzulla Xo’jayev va Muso Saidjonovlarning hayoti va jadidchilik faoliyati

 

v    Asosiy adabiyotlar

1.     D.A.Alimova. Istoriya kak istoriya, istoriya kak nauka. II ch. T. «Uzbekistan» 2009.      

2.     D.A.Alimova, U.Rashidov. XIX asr oxiri XX asr boshlarida siyosiy harakatlar va kurashlar. Buxoro 2009

3.     D.A.Alimova, F.Xo’jayev va jadidchilik// F.Xo’jayev hayoti va faoliyati haqida yangi mulohazalar. T., 1997

4.     A.Fitrat, Amir Olimxonning hukmronlik davri. T., 1992

5.     S.Ayni. Istoriya revolyusii v Buxare. Pamir 1986. №4

6.     F.Xo’jayev. Buxoro inqilobi tarixiga doir. T., O’zGIZ. 1926

7.     O’zbekistonning yangi tarixi 2-kitob O’zbekiston sovet mustamla kachiligi davrida. T., «Sharq» 2000

 

v    Qo’shimcha adabiyotlar:

1.     F.Xodjayev. Izbrannыye trudы. T.1.T1970

2.     Bogomalova K.A. Buxara v period fevralskoy bujuazno – demokraticheskoy revolyusii. 1917 g. Stalinabad, 1954

3.     Ergashev B.X. i Kasыmova Z.I. o rannem filosofskom tvorchestve A.Fitrata //. Obщyestvennыye nauki v Uzbekistane. 1990g. №10

 

v    Darsning o’quv va tarbiyaviy ishlari

Ushbu mavzu orqali Buxorodagi jadidchilik harakatining xususiyatlari, Buxorodagi jadid namoyondalari hayoti va ularning jamiyat siyosiy-iqtisodiy va madaniy hayoti uchun kurash faoliyati tarixiy manbalar, yangi ilmiy adabiyotlar asosida yoritishdan iborat.

v    Dars o’tish vositalari:

(Doska, plakat, fan yuzasidan manba va adabiyotlar, tarixiy ma’lumotlar,mavzu yuzasidan har xil testlar, kompyuter, jahon siyosiy xaritasi, izohli lug’atlar)

v   Dars o’tish usullari: Takrorlash, suhbat va savol javob (mavzuni o’zlashtirishni mustahkamlash), jonli muloqot o’tkazish, erkin fikrlash va so’zlashga o’rgangan holda fikr mulohazalarini bayon qildirish, buning uchun har bir talabaga o’tilgan mavzular, tayanch iboralardan savol tashlanadi. O’qituvchi va talabalar o’rtasida berilgansavollarni tahlil etish. Tarqatma testlar asosida talabaning mavzuni qay darajada o’zlashtirgani aniqlash. Talabalarni veqyealarni tahlil etishga o’rgatish. Xarita bilan ishlashni talabalarga o’rgatish. Iboralarni izohlash va unga tahlil berish.

v   Darsning xrono kartasi-80minut.

v   O’qituvchi dars davomida qo’yidagi ishlarni bajaradi.

v   Tashkiliy qism: xonaning tayyorgarligi, jihozlanishi, sanitariya holati, talabalarning davomi-2 minut

v   Hafta davomida bo’lgan yangiliklar-5minut

v   Yo’qlama-5 minut

v   Dars yuzasidan talabalarni zarur adabiyotlar bilan tanishtirish-10 minut

v   Yangi mavzu bayoni-50 minut

v   Sinov savollari namunasi-5 minut

v   Uyga vazifa berish-3 minut

 

Jadidchilik harakatining yirik namoyandalaridan biri, davlat va siyosat arbobi Ubaydullaxoja Asadullaxo’ja o’g’li 1880-yili Toshkent shahrida tug’ilgan. Rus-tuzem maktabini tamomlagach, davlat muassasalarida tarjimonlik bilan shug’ullangan. Keyinchalik Saratov universitetining huquqshunoslik fakultetini muvaffaqiyat bilan tamomlagan. Ubaydulla Xo’jayev dastlabki o’zbek advokatlaridan biri edi. o’qishni tugatgach, u Toshkent okrug sudida advokat bo’lib xizmat qiladi. o’z atrofiga yoshlarni to’plab, «Umid» yashirin jamiyatini tuzdi. Keyinchalik bu tashkilot «Taraqqiyparvar» deb nomlanib, jadidlarning asosiy tashkilotlaridan biriga aylandi.

Ubaydulla Xo’jayev 1914-yilda mahalliy sarmoyadorlarning ko’magiga tayangan holda «Sadoyi Turkiston» gazetasini o’z muharrirligi ostida chop etadi. U ushbu gazeta sahifalarida milliy o’zlikni anglashga da’vat etuvchi, mahalliy xalqning siyosiy ongini oshirishga xizmat qiluvchi ko’plab maqolalar e’lon qiladi. Gazeta yopib qo’yilgach, Ubaydulla Xo’jayev Andijonga keladi va rus tilida «Turkestanskiy golos» gazetasini nashr etadi.

1917-yil fevral inqilobidan keyin u Turkistondagi mustaqillik va taraqqiyot uchun milliy harakatning faol rahnomalaridan biriga aylanadi. Toshkent «Sho’royi islomiya» tashkilotiga rais, Butunrossiya musulmon sho’rosiga esa a’zo etib saylanadi. U 1917-yilda bo’lib o’tgan barcha Turkiston va Butunrossiya musulmonlari syezdlarida ishtirok etadi. Qo’qonda bo’lib o’tgan IV favqulodda o’lka musulmonlarining syezdi uni Turkiston Muxtoriyatining Harbiy noziri etib saylaydi. Turkiston Muxtoriyati tormor etilgach, Ubaydulla Xo’jayev Orenburgga boradi va Boshqirdiston Muxtoriyati hukumatini tuzishda faol ishtirok etadi. 1920— 1938-yillarda sovet hokimiyatiga zid bo’lgan siyosiy qarashlari uchun uni bir necha bor tazyiq ostiga oladilar.

1938-yilda barcha laraqqiyparvar o’zbek ziyolilari qatori u ham qatag’onga uchraydi va otib tashlanadi.

U. Xo’jayev qabrining qayerdaligi noma’lum.

Atoqli davlat va siyosat arbobi, Buxoro jadidchiligining faoi ishtirokchisi. «Yosh buxoroliklar» partiyasining rahbarlaridan bin Fayzulla Xo’jayev 1896-yili Buxoro shahrida yirik savdogar oilasida tug’ilgan. U yoshligida eski maktabni bitirib, Buxoro madrasasida o’qigan. 1907-1912-yillarda F.Xo’jayev Moskvada shaxsiy o’qituvchi Jordan ta’lim olgan. 1913-yildan jadidlar safida faoliyat ko’rsatgan va xalq orasida ma’rifat tarqatish bilan shug’ullangan. 1917-yildan u «Yosh buxoroliklar» partiyasi tashkilotchilaridan biridir. Buxoro jadidlari so’l qanotining inqilobiy ruhdagi a’zolaridan bo’lib, 1920-yilda amirni taxtdan ag’darishga harakat qiladi.

1920-yilda Turkistonda muhojirlikda bo’lib, «Yosh buxoroliklar» partiyasining Turkiston byurosini tashkil qilgan. F.Xo’jayev tomonidan tuzilgan partiyaning dasluri shariat asosida bo’lib, xalqning milliy an’analari va o’ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olgan holda Buxoroda xalq demokratik respublikasini tashkil etishni maqsad qilib qo’ygan edi.

Buxoro amiri taxtdan ag’dorilgach va hokimiyat Yosh buxoroliklar qo’liga o’tgandan so’ng F.Xo’jayev hukumat rahbari etib saylanadi. Bu lavozimda u mustaqil siyosat olib borishga, Rossiya va xorijiy mamlakatlar bilan teng muloqot qilishga intilgan. 1922-yilda u Germaniyaga chet el savdo kompaniyolori va yirik savdogarlar bilan shartnoma tuzishga borgan.

1925-yilda F.Xo’jayev O’zbekiston Xalq nozirlari kengashining raisi etib saylandi. U o’z faoliyatida o’zbek xalqining iqtisodiy va madaniy ravnaqiga xizmat qiluvchi tadbirlarni amalga oshirishga intildi. F.Xo’jayev sovet tuzumi tomonidan milliy ziyolilarning faoliyatini cheklash siyosatiga qarshi chiqdi. U uzoq yillar davomida markazning tazyiqi ostida ishlashga majbur bo’Idi. 1926-yilda jadidchilik tarixiga bag’ishlangan «Buxoro inqilobi tarixiga materiallar» kitobi uchun kornparliya tomonidan qattiq ta’qibga olindi.

F.Xo’jayev hukumat rahbari sifatida O’zbekistonning xalq xo’jaligi (paxtachilik, irrigatsiya, kapitai qurilish, chorvachilik)ni rivojlantirishga, maorif va madaniyatni ravnaq toptirishga harakat qildi, biroq yangicha tusdagi mustamlaka sharoitida bu intilishlarning befoyda ekanini keyinroq anglob yetdi.

F.Xo’jayev 1937-yilda qatag’on qilindi va o’limga mahkum etiidi. F.Xo’jayev qabrining qayerdaligi noma’lum.

Buxoro jadidchiligining yirik namoyandalaridan va taraqqiyot yo’lida milliy harakatning faol qatnashchilaridan biri. Muso Saidjonov 1893-yili Buxoro shahrida savdogar oilasida tug’ilgan. Mirarab madrasasini bitirib, Kogondagi rus-tuzem maktabida o’qigan. M.Saidjonov ilmga qiziqib, arab, fors, turkiy tillar, adabiyot, tarix va geografiya bilan jiddiy shug’ullanadi.

1913-yildan Jadidchilik harakatiga qo’shilib, 1917-yilda «Yosh buxoroliklar» partiyasining tashkilotchilaridan biri bo’ladi. U partiya markaziy qo’mitasining a’zosi etib saylangan. Lekin Muso Saidjonov tabiatan inqilobiy harakatlarga qarshi bo’lib, islohotlarni tadrijiy yo’l bilan o’tkazish tarafdori edi. Shuning uchun ham u 1917-yil Buxorodagi jadidlar tomonidan uyushtirilgan namoyishga qarshi bo’lgan. Amir bilan jadidlar o’rtasidagi muzokarada qatnashgan. Muso Saidjonov o’zbek xalqi o’zgacha milliy taraqqiyot yo’lidan borishiga ishongan. Uning siyosiy qarashlari kommunistik mafkuraga zid bo’lgan, shuning uchun ham u 1920-yilda Yosh buxoroliklaming kommunistik yo’nalishdagi guruhiga kirmagan. Keyinchcilik u siyosatdan uzoqlashib, maorif sohasida faoliyat ko’rsatgan.

Muso Saidjonov umrining oxirigacha ilmga sadoqatli bo’lgan va O’zbekistondagi tarix fani bo’yicha yirik olim va birinchi professorlardan edi. Uning safdoshlari Saidjonovni zehni baland, zakovati yuksak, madaniyatli, pokiza axloqli inson sifatida bilishgan.

U 1935-yilda o’zbek olimlaridan birinchi bo’lib sharqshunoslarning III kongressida qatnashadi. Uning ilmiy asarlari tarixning eng muhim davri - o’rta asrlar arxitektura yodgorliklari va nodir qo’lyozmalarini tadqiq etishga bag’ishlangan, o’zbek milliy ziyolilarining ko’zga ko’ringan vakili sifatida totalitar tuzumning jadidchilik tarixini buzib ko’rsatganiga qarshi chiqqani, o’zbek davlatchiligi tarixiga xolisona yondoshgani uchun u 1937-yilda qatag’on qilingan.

Muso Saidjonov qabrining qayerdaligi noma’lum.

 

5-Mavzu. Xivada jadidchilik namoyondalari va ularning jamiyat rivojidagi faoliyati.

Reja:

1. Polvonniyoz Hoji Yusupovning hayoti vajadidchilik faoliyati

2. B.Salimov hayoti va jadidchilik faoliyati

 

v    Asosiy adabiyotlar:

1.     D.A.Alimova. Istoriya kak istoriya, istoriya kak nauka. II ch. T. «Uzbekistan» 2009.                          

2.     Jadidchilik islohat, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash. T. «Universitet» 1999.

3.     Markaziy Osiyo XX asr boshida: islohatlar, yangilanish, taraqqiyot va mustaqillik uchun kurash. T. «Ma’naviyat» 2001.

4.     Xorazm tarixi. II – jild. Urganch. 1997

5.     Bilyalov G.M. Iz istorii kulturы prosveщyeniya v Xorezmskoy narodnoy sovetskoy respublike (1920-1924g) T. 1966

 

v    Qo’shimcha adabiyotlar:

1.     O’zbekistonning yangi tarixi 2-kitob O’zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida. T. «Sharq» 2000

2.     Tursunov I.I. O’zbekiston ma’orifchilarining istiqlol yo’lidagi ishlari tarixidan. (1917-1939). T., 1995

3.     Maxmudov M.Qatag’on qurbonlari. T. «O’zbekiston» 1992 g history. Uzsci.net – Tarix instituti «O’zbekiston tarixi» jurnali

 

v    Darsning o’quv va tarbiyaviy maqsadi:

Ushbu mavzu orqali Xiva jadidchiligining xususiyatlari, Xivadagi jadidchilik namoyondalari va ularning jamiyat rivojida faoliyati keng tarixiy manbalar va yangi adabiyotlari tahlili asosida yoritib berishdan iborat.

v    Dars o’tish vositalari:

(Doska, plakat, fan yuzasidan manba va adabiyotlar, tarixiy ma’lumotlar,mavzu yuzasidan har xil testlar, kompyuter, jahon siyosiy xaritasi, izohli lug’atlar)

v    Dars o’tish usullari:

Takrorlash, suhbat va savol javob (mavzuni o’zlashtirishni mustahkamlash), jonli muloqot o’tkazish, erkin fikrlash va so’zlashga o’rgangan holda fikr mulohazalarini bayon qildirish, buning uchun har bir talabaga o’tilgan mavzular, tayanch iboralardan savol tashlanadi. O’qituvchi va talabalar o’rtasida berilgansavollarni tahlil etish. Tarqatma testlar asosida talabaning mavzuni qay darajada o’zlashtirgani aniqlash. Talabalarni veqyealarni tahlil etishga o’rgatish. Xarita bilan ishlashni talabalarga o’rgatish. Iboralarni izohlash va unga tahlil berish.

v    Darsning xrono kartasi-80minut.

v    O’qituvchi dars davomida qo’yidagi ishlarni bajaradi.

v    Tashkiliy qism: xonaning tayyorgarligi, jihozlanishi, sanitariya holati, talabalarning davomi-2 minut

v    Hafta davomida bo’lgan yangiliklar-5minut

v    Yo’qlama-5 minut

v    Dars yuzasidan talabalarni zarur adabiyotlar bilan tanishtirish-10 minut

v    Yangi mavzu bayoni-50 minut

v    Sinov savollari namunasi-5 minut

v    Uyga vazifa berish-3 minut

 

O’zbek xalqining taraqqiyparvar siymolaridan, Xiva jadidlari va «Yosh xivaliklar» partiyasining rahbarlaridan biri Polvonniyoz hoji Yusupov 1863-yili Xiva shahrida savdogar oilasida tug’ilgan. 1871-yilga qadar ota-onasining, ular vafotidan keyin esa amakisi Yusufboyning qo’lida tarbiyalangan. 13 yoshida eski maktabda o’qib, savod chiqargan. Maktabni bitkizgach, savdo ishlari bilan shug’ullangan.

Polvonniyoz 1877-yilda amakisi bilan Moskvada bo’ladi. Keyinchalik 1885-yilda jadid maktabini tugatadi. U arab, fors va rus tillarini yaxshi bilgan. 1904-yilda Turkiya, Misr, Suriya mamlakatlarida va Makka shahrida bo’ladi. Polvonniyoz 1917-yil 4-aprelda Xiva xoniga taqdim etilgan, davlat boshqaruvida islohotlar o’tkazish to’g’risidagi manifestning tuzuvchilaridan biri edi. Xiva xonining jadidlarga qarshi siyosati natijasida u 1918-1920-yillarda Toshkentga o’tib ketadi va u yerda muhojirlikda bo’lib, «Yosh xivaliklar» partiyasini tashkil qiladi va unga rais etib saylanadi. Xiva xonligi tugatilgach, 1920-yil 30-aprelda Xorazm Xalq Sovet Respublikasi Nozirlar kengashi raisi lavozimiga tayinlanadi. 1926-yil 10-yanvardan Xorazm viloyat Ijroiya qo’mitasi raisining xo’jalik bo’yicha o’rinbosari bo’lib ishlaydi. Keyinchalik Ichanqal’a muzeyida xizmat qiladi.

Polvonniyoz Yusupov 1936-yilda vafot etadi.

Davlat va siyosat arbobi, ma’rifatparvar Bobooxun Salimov 1874-yili Gurlan bekligida qozikalon Salimoxun oilasida dunyoga keldi. Asli ismi Muhammad bo’HK unga hurmat yuzasidan Bobooxun deb taxallus berilgan. U boshlanq’ich ta’limni olgach, Xiva shahridagi Olloqulixon madrasasida tahsilni davom ettiradi. Arab, fors, rus tillarini o’rganadi, she’rlar mashq qiladi. 1910-1918-yillarda Xiva xoni Asfandiyorxon saroyida otasi o’rnida shayxulislom lavozimini ado etadi. 1917-yil Xivadagi inqilobiy voqealarida ishtirok etib, parlament sifatida tashkil etilgan Majlis a’zoligiga saylanadi. 1918-1920-yillarda To’rtkoMda yashab, «Yosh xivaliklar» paitiyasiga a’zo bo’lib kiradi.

1920-yili xalq vakillarining Butunxorazm I qurultoyida Xorazm Xalq Sovet Respublikasining Adliya noziri lavozimiga saylanadi. Keyinchalik u Xorazmdagi maktab, maorif ishlarida qatnashadi. 1924-yilda Xorazm ruhoniylarining I qurultoyi chaqirilishi va o’tkazilishiga rahbarlik qildi.

B.Salimov islom g’oyalari asosida yangilikka intilishga, shariatda tenglikka erishishga, xon amaldorlarining huquqlari bilan o’sib kelayotgan savdogarlar va sanoatchilar, hunarmandlar va ziyolilar huquqlarini tenglashtirishga intildi. Dastlab u xonlikda mayda huquqiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish bilan taraqqiyotga erishish mumkin, deb hisoblagan.

Bobooxun Salimov 20-yillar oxirida kommunistik totalitar tuzum tomonidan ziyolilaming ta’qib qilinishi natijasida davlat ishlaridan chetlashtiriladi. Uning qarashlari, maqsad va g’oyalari bolshevistik siyosatga zid edi. Shuning uchun u 1929-yil 10-may kuni kechqurun sovet hokimiyati tomonidan sudsiz, so’roqsiz otib o’ldiriladi.

Bobooxun Salimov qabrining qayerdaligi nomalum.

 

6- Mavzu. Chor va sho’ro mustabid tuzumlari davrida jadidchilik harakatining evolyutsiyasi

Reja:

1.     Chor mustamlaka davrida jadidchilik harakatining xususiyatlari

2.     Sho’ro mustabid tuzumi davrida jadidchilik harakatining bosqichi

 

v    Asosiy adabiyotlar

1.     Jadidchilik: islohat, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash. T. «Universitet» 1999.

2.     D.Alimova, U Rashidov XIX asr oxiri XX asr boshlarida Buxorodagi siyosiy harakatlar va kurashlar. Buxoro – 2009.

3.     I.A.Karimov halqimizning otashqalb farzandlari. Asarlar, T. 1

4.     O’zbekistonni yangi tarixi. 1-kitob Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida. T. «Sharq» 2000.

5.     O’zbekistonning yangi tarixi 2-kitob O’zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida. T. «Sharq» 2000

6.     Maxmudov M. Qatag’on qurbonlari. T. «O’zbekiston» 1992

 

v    Qo’shimcha adabiyotlar

7.     Hasanov B. Repressii protiv intelligensii Uzbekistana v 20-30 godы i ix posledstviya. O’zbekiston tarixi. 2000 y, 1-2 sonlar.

8.     Shamsutdinov R. Jadidchilik: haqiqat va uydirma «Muloqot». 1991 yil, 11-12 sonlar.

9.     B.Qosimov va b. milliy uyg’onish – T., «Universitet» 1993

 

v    Darsning o’quv va tarbiyaviy maqsadi

Ushbu mavzu orqali ilk o’rta asrlarda Zarafshon vohasi, Xorazm vohasi, O’zbekistonning janubidagi shaharlar, Chirchiq va Angren vohalari shaharlari, ularning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy tarixi, tuzilishi va h. Tarixini tarixiy manbalar, arxeologik tadqiqotlar xulosalari ilmiy va tadqiqotlar asosida yoritib berishdan iborat. O’zbekiston hududidagi shaharlarning jahon sivilizasiyasining qadimgi o’chog’lari ekanligi tushunishdan iborat.

v    Dars o’tish vositalari:

(Doska, plakat, fan yuzasidan manba va adabiyotlar, tarixiy ma’lumotlar,mavzu yuzasidan har xil testlar, kompyuter, jahon siyosiy xaritasi, izohli lug’atlar)

v    Dars o’tish usullari:

Takrorlash, suhbat va savol javob (mavzuni o’zlashtirishni mustahkamlash), jonli muloqot o’tkazish, erkin fikrlash va so’zlashga o’rgangan holda fikr mulohazalarini bayon qildirish, buning uchun har bir talabaga o’tilgan mavzular, tayanch iboralardan savol tashlanadi. O’qituvchi va talabalar o’rtasida berilgansavollarni tahlil etish. Tarqatma testlar asosida talabaning mavzuni qay darajada o’zlashtirgani aniqlash. Talabalarni veqyealarni tahlil etishga o’rgatish. Xarita bilan ishlashni talabalarga o’rgatish. Iboralarni izohlash va unga tahlil berish.

v    Darsning xrono kartasi-80minut.

v    O’qituvchi dars davomida qo’yidagi ishlarni bajaradi.

v    Tashkiliy qism: xonaning tayyorgarligi, jihozlanishi, sanitariya holati, talabalarning davomi-2 minut

v    Hafta davomida bo’lgan yangiliklar-5minut

v    Yo’qlama-5 minut

v    Dars yuzasidan talabalarni zarur adabiyotlar bilan tanishtirish-10 minut

v    Yangi mavzu bayoni-50 minut

v    Sinov savollari namunasi-5 minut

v    Uyga vazifa berish-3 minut

 

Jadidchilik XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkistonda hukm surgan favqulodda qoloq iqtisodiy va madaniy sharoitda yashayotgan halqlarni ma’rifatlashtirish, jamiyat hayotida ijtimoiy va madaniy islohatlar o’tkazish, pirovardida, milliy mustaqillik g’oyalarini hayotga tadbiq etish maqsadini o’z oldiga qo’ygan harakat sifatida, tarixiy vaziyat taqozosi bilan vujudga keldi. Bu harakat o’zining shakllanish yo’lini bosib o’tar ekan, asr boshlaridan 1917 yil fevral inqilobiga qadar bo’lgan birinchi bosqichda, milliy ozodlik harakati sifatida uzil – kesil rasmiylashdi. Jadidlar paydo bo’lgan ilk kunlardanoq boshlaboq, ular ham chor hokimiyati, ham mahalliy hukmdorlarning qarshiliklariga duch keldilar. Binobarin, ular halqni shu ikki zulm o’chog’idan, shu ikki qoloqlik botqog’idan xalos etmoqchi bo’lgan edilar. Abdulla Badriy «Yosh buxoroliklar kimlar» degan risolasida jadidlarni ko’zda tutib, bunday yozgan edi: «…..Onlarning fikri xayollari va muddaolari biz, bechora va qashoqlarni g’urbatdan, ya’ni amirlar, beklar va boylarning zulmlaridan ozod qilmoq va bizlarning rohatimiz va tinchligimiz uchun harakat va taraddud qilmoqdir».

Fevral inqilobining ro’y berishi va chor hokimiyatining falajlanishi bilan u o’zining piravard siyosiy maqsadi – mustaqil davlatni barpo etish g’oyasini amalga oshirishga kirishdi. Ya’ni fevral inqilobidan so’ng, jadidlar faqat ma’rifatchilik, islohotchilik faoliyatlar bilan cheklanib qolmay, inqilobning ta’sirida Turkiston Muxtoriyatini tashkil etish g’oyasi uchun kurashdilar.

Jumladan, jadidchilikning ko’zga ko’ringan vakillardan M.Behbudiy, Munnavarqori Abdurashidxonov, U Xo’jayev va boshqalar Toshkent, Orenburg, Qo’qonda bo’lib o’tgan Rossiyadagi musulmon halqlarining ijtimoiy-siyosiy yig’inlarida, masalan I Butun Rossiya musulmonlar syezdi, Butun Qozoq qurultoyi va Butun Turkiston musulmonlar se’zdlari shu jumlasidandir. Bu uchrashuvlarda ular birinchi marta boshqa xududlardagi muxtoriyatchilik harakati vakillari bilan hamkorlik qiladilar. Keyinchalik, jadidlarning davlat tizimi haqidagi qarashlarining hayotda amalga oshmay qolishga, bolsheviklarning hokimiyatni zo’ravonlik bilan egallashlari to’siq bo’ldi.

Shunga qaramay, jadidlar o’z faoliyatlarini to’xtatmadilar. Turkiston mustaqilligi yo’lidagi kurashda M.Abdurashidxonov, U Xo’jayevlar o’zlarining g’oyaviy do’stlari taniqli boshqird siyosiy arbobi Ahmad Zaki Validiy va boshqalar bilan «Milliy istiqlol (ittihod)» maxfiy tashkilotida hamkorlikni olib borganlar. 1920 yilda Buxoroda «milliy ittihod tashkil topib» Buxoro shahrida Zakiy Valiydining kelishi bilan bu tashkilot o’z faoliyatini kengaytirdi. Uning a’zolari butun Turkiston tuprog’i bo’yicha harakat qildilar. Tashkilotning asosiy maqsadi Buxoro jumhuriyati va umuman, Turkistonni «Sovetlashtirish-ruslashtirish» ta’siridan saqlab qolish chin ma’nodagi mustaqillik va taraqqiyotga erishishi edi. Tashkilotda F.Xo’jayev, Otaulla Xo’jayev, Fitrat, Muinjon Aminov, Mukomil Burhonov, Ibod Xo’jayev va boshqalar faol ish yuritganlar.

M.Behbudiy vafotidan keyin Munavvarqori jadidchilik harakatining ayniqsa, uning maxfiy faoliyati («Milliy Ittihod»)ning birdan bir yirik raxbariga aylanadi. Bu tashkilot ham, Turkistonning milliy birligi, komfirqa siyosatini fosh qilish, kishilarga istiqlol g’oyasini singdirish uchun kurashdi.

1925 yilda Munavvarqori tashabbusi bilan «Milliy Ittihod» («Ittihodi milliy») «Milliy istiqlol» degan nom bilan qayta tashkil etildi. Bunga mustamlaka O’zbekiston «sho’ro sosialistik respublikasi»ning tashkil topishi hamda Turkistonning parchalanib tashlanishi, shuningdek, bevosita Turkiston birligi uchun kurash o’ta mushkul bo’lib qolganligi sabab bo’ldi. O’zbekiston jadidlari endi o’z oldiga mustaqil O’zbekiston uchun kurash vazifasini qo’yadi. Lekin bu bilan birga ular umumturkiy olam brligi g’oyasi, Turkiston – qadimiy ona makon, umummadaniyat va qadriyatlar o’chog’i ekanligini inkor etmaydi. Ma’lumki, «Ittihodi taraqqiy» va «Milliy Ittihod» mustaqil Turkiston uchun kurashgan edi. «Milliy Ittihod»ning tashkiliy tizimi, kurash usullari saqlanib qolingan hamda Munavvarqorining ko’rsatmasi bilan «Milliy istiqlol» markazi va uning viloyat hamda boshqa tarmoqlari rahbarlari yoshlar bilan almashtiriladi.

«Ittihodi taraqqiy», «Ittihodi milliy» va «Milliy istiqlol» aslida bir tashkilot bo’lgan, zaruriyat nuqtai nazaridan, davr talabiga ko’ra o’z nomini o’zgartirib, bir maqsad-mustaqillik uchun kurashgan. Bu maqsadga erishish uchun jadidlar qo’yidagi real tarixiy omillarni hisobga olib, katta ishonch bilan harakat qilgan:

1. Sho’ro hokimiyati va kommunistik hukmronlik Rossiya bosqini va mustamlakachiligining yangi ko’rinishi ekanligi. Shuningdek, sosialistik g’oya, sosializm qurilishi esa, quruq xomxayol bo’lganligi. Uning targ’ibotchilari esa mutaassib – fanatik kishilar ekanligi. Sho’ro hokimiyati va kommunistik yakka hukmronlik o’z-o’zidan (ichidan) muqarrar ravishda iiqirozga yuz tugishi.

2. Sho’ro hokimiyatiga qarshi ko’tarilgan milliy ozodlik urushi («bosmachilik») g’alaba qozonishiga ishonch.

3. Jahon ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining asosi-evolyusion yo’l va demokratik inqilob ekanligi. Bir guruh kommunistlar rahbarlik qilgan «yo’qsil inqilobi» (bosqini, davlat to’ntarishi) asosida bunyod bo’lgan sho’ro hokimiyatining xorijiy (kapitalistik) mamlakatlar bilan to’qnashuvi (urush) va raqobatda muqarrar ravishda halok bo’lishi.

Istiqlolchi jadidlar e’tibor bergan asosiy masalalardan biri, milliy ruhni tarbiyalash va mustahkamlashdan iborat bo’ldi. Bu o’rinda yana Munavvarqorining o’z shunday deb yozadi: «Milliy chegaralanish millatchilik(ya’ni o’zligini anglash-X.S) mayllarining kuchayishiga turutki bo’ldi. Bizlar millatchilikning o’sishini hamma jabhalarda-ommada ham, matbuotda ham, adabiyotda ham, ijtimoiy hayotning hamma sohasida kuzatib turdik. Bu holatdan bizlar milliylikni rivojlantirish va mustahkamlash uchun faydolanishga azmu qaror qildik…

Bizlarga milliy g’oya, milliy ruhni mustahkamlash va rivojlantirish sohasidagi targ’ibot targ’ibot ishlarni olib borish kommunistik kadrlarning (saviyasi –S.X.) past bo’lganligi sababl oson ko’chdi. Toshkentdagi gazeta va jurnallarning redaksiyalarida hamda adabiyotda G’ozi Yunus, Julqinboy (A.Qodriy), Sanjar, Elbek kabi milliy ziyolilar katta rol o’ynashi bilan birga, salmoqli ta’sirga ham ega edilar. Gapning qisqasi, matbuotda milliy ta’sir kommunistik ta’sirdan kuchli edi. Masalan, G’ozi, Yunus, ochiqdan-ochiq yozsa, boshqalar o’z milliy g’oyalarini inqilobiy so’zlar ostiga olgan holda, ehtiyotlik bilan yozadi».

Haqiqatan ham, 20-yillardagi shoiru yozuvchilar, matbuot xodimlari va boshqa ijodiy ziyolilar asosini jadidlar tashkil etdi. Shuning uchun ham bu davr adabiyoti va darsliklarida milliylik va milliy ruh kuchli bo’ldi. Bu esa keyinroq, jadid va ularning ta’sirida bo’lgan ziyolilarni komfirka tomonidan katag’on qilinishiga asosiy sabablardan biri bo’ldi. Jadid tashkilotlari mustaqillikka erishishning asosiy yo’llaridan biri, hukumat va boshqa davlat korxona, idora va muassasalari raxbar kadrlarini mahalliy kadrlar bilan almashtirishdan iborat deb bildi. Shuning uchun ham ular komfirkaning «mahalliylashtirish siyosati»dan keng foydalanda. Istiqlolchi jadidlar hukumat idoralarini mahalliylashtirish bilan hokimiyatni qo’lga olmoqchi bo’ldi.

Sho’ro hokimiyati yillarida, jadidlar siyosiy faoliyat bilan birga, 20-yillarda ma’orif va madaniyat sohasida jadidlar faoliyat ko’rsatishda davom etganlar. Bu galda ham ular o’zlarining aqidalariga sodiq qolganlar. F.Xo’jayev, Fitrat, M.Abdurashidxonovlar ma’orif, madaniyat fan sohalarida yuqoritoifali milliy kadrlar tayyorlash borasida tinim bilmay faoliyat olib bordilar. Mana shu maqsadlarda 20 yillarning boshida ular 70 dan ortiq o’zbek, qozoq, qirg’iz, tatar, tojik yigit va qizlarini Germaniya va xorijiy davlatlarga o’z malakalarini oshirish uchun yuboradilar. 20-yillarning birinchi yarmida ular o’nlab yangi maktablar ochadilar, bu maktablar uchun turli-tuman qo’llanmalar va darsliklar yaratadilar, nashriyotlar tashkil etadilar, gazeta va jurnallar nashr etadilar, teatr sa’natini rivojlantirish borasida jonbozlik ko’rsatadilar, turli-tuman ma’rifiy – madaniy to’garaklar uyushtiradilar. Albatta, ziyolilarning bunday faolligi natijasida, bolsheviklar ularning har bir qadamini sinchiklab kuzatishgan, to’garaklar va jamiyatlar ishini ta’qib ostiga olishgan, nashr ishlari ustidan qattiq nazorat o’rnatganlar. Abdurauf Fitrat «Chig’atoy gurungi» ning ayrim majlislari qurolli qizil gvardiyachilarning nazorati ostida o’tganini yozadi. Bolsheviklar ayrim jadidlarning sho’rolar tomoniga o’tganini og’izda tan olsalar-da amalda ularning hammasiga ashaddiy dushman sifatida munosabatda bo’lganlar. «Sinfiy kurash» Hadisini olgan bolsheviklar ularga qarshi «dahanaki» jang bilan cheklanmagan, 20-yillarning o’rtalaridan jadidlarga qarshi repressiv tadbirlarni qo’llashga kirishganlar.

Maxfiy tashkilot – «Milliy istiqlol» 1929 yil oktyabrning 12 yillik bayrami arafasida OGPU tomonidan fosh etiladi. 6 noyabrdan 26 kishi, keyinroq, jami 87 kishi qo’lga olinib, rosa bir yilu besh oy oldin Toshkent, keyin Moskva avaxtaxonalarida qattiq azob bilan tergov qilindi. Nihoyat, 1931 yil 25 aprelda ularning ustidan SSSR Birlashgan Bosh Siyosiy Boshqarmasi (OGPU)ning sudlov kollegiyai «oliy hukm» chiqardi. Buning uchun bor yo’g’i bir necha daqiqa vaqt sarflandi. Ayzenterg degan kimsa ma’ruza qildi. Shu kollegiyada yana boshqa 19 ta vatandoshimizning «jinoiy ishi» to’g’risida ham u ma’ruza qiladi. Ularga ham tegishli «oliy jazo» belgilandi. Kollegiya «milliy istiqlol» ishi bo’yicha ayblanganlarning 15 tasiga otuv, 25 tasiga 10 yillik, 21 tasiga 5 yillik, 15 tasiga 3 yillik konslagerga yuborish, 3 tasiga SSSRning 12 ta belgilangan shaharlarida yashash huquqidan mahrum qilingan holda, qamoqdan ozod qilinishi haqida qaror qabul qiladi.    

Bu kurash 20-yillarda ham shiddat bilan davom etib va 40-yillarga kelib, jadidlarning deyarli hammasini jismonan mahv etish bilan yakunlanadi.