Yazdır
Üst Kategori: Özbek Edebiyatı
Kategori: Günümüz Özbek Nesri
Gösterim: 1565

      O’zbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi, O’zbekiston xalq shoiri Zulfiya Isroilova 1915 yili Toshkentda, hunarmand oilasida tug’ilgan. U xotin-qizlar bilim yurtida o’qigan vaqtlaridayoq (1931-1934) adabiy to’garaklarga qatnashib, she’rlar mashq qiladi. Zulfiya 17 yoshida nashr etilgan «Hayot varaqlari» (1932) nomli birinchi she’rlar to’plami bilan Oydin, Muzayyana Alaviya, Xosiyat Tillaxonovalar safiga kirib keldi.


       1935-1938 yillarda O’zbekiston Fanlar akademiyasining Til va adabiyot instituti aspiranturasida tahsil oldi.1938-1948 yillarda nashriyotlarda muharrir, bo’lim boshlig’i, 1950-1953 yillarda esa «O’zbekiston xotin-qizlari» (hozirgi «Saodat») jurnalida bo’lim boshlig’i, 1953-1980 yillarda esa bosh muharrir bo’lib ishladi.
      Zulfiya «O’ylar», «Shalola» kabi she’riy to’plamlari uchun Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo’lgan.Hind mavzuidagi she’rlari uchun Javoharla’l Neru nomidagi xalqaro mukofotga, tinchlik va do’stlikni tarannum etuvchi asarlari hamda taraqqiyparvar Osiyo va Afrika yozuvchilari harakatidagi faol ishtiroki uchun esa xalqaro «Nilufar» mukofotiga sazovor bo’lgan.
      Atoqli shoira 81 yoshida, 1996 yil avgustida vafot etgan.