Erka xayollarning bandargohida,

Erka hislar bilan suzib yuraman.
Orzular ufq sari yetgan chog'ida
Baxtni marjon kabi tizib turaman.

Erka tuyg'ularga boylanib bu dam,
Ozod hayrat bilan erkni quchaman.
Maysa qulog'ini cho'zgan yomg'irman,
Atirgul bandiga ko'chaman.

Erka yaproqlarning kaftiga tushib,
Erka shabnam bo'lib porlab turaman.
Orzularning issiq taftida pishib,
Quyoshning yoniga chopib boraman.