Ey, nechukkim, durni maxfiy asrabon Ummon aro,
Gavhari ishqini pinhon asrag‘an inson aro?!

Chunki insonni bu gavhar birla aylab bahramand,
Sarfaroz aylab maloyik xayli birla jon aro.

Allamal insong‘a chun aylab musharraf yer berib,
Taxti johu ishrat uzra ravzan rizvon aro.

Uylakim, taxt ahlig‘a dushmandin o‘lmaydur guzir,
Ul xalifa birla dushmanlig‘ solib shayton aro.

Makridin xorij qilib, mulki dinu aylab nasib,
Qarnlar sargashtayu ovoralig‘ davron aro.

G‘urbatu yolg‘uzlug‘u mahzunlug‘u hasrat bila
Har zamon yuz ming balo ichra solib hijron aro.

Buyla chun rad aylagandpn so‘ng yana aylab qabul,
Voli aylab olam otlig‘ kulbai ahzon aro.

Bu qabulu rad aro hikmatni kimsa anglamoq
Xayli inson ichra sig‘mas xayyiz imkon aro.

Ey Navoiy, sen chu qulsen, qullug‘ungni yaxshi bil,
Fikrating raxshig‘a javlon berma bu maydon aro.

(Favoyid ul-kibordan)

Turkiya Turkchasi