Qadri bilinadi endi menga goh,

Olis maktabimni, oʼsha behasham.
Navoiyku bizga ustozdir, biroq,
Kimdir oʼqitganku Navoiyni ham.
Shunday ulugʼ zotga harf oʼrgatgan kim?-
Oddiy muallimda, oddiy muallim.

Tuproqdek xokisor,bezovtv jonlar,
Аmmo qanoatda togʼdek ulugʼvor.
Hatto Temurdayin sohibqironlar,
Pirim,deb etagin tutgan zotlar bor.
Qaysar jahongirga yoʼl koʼrsatgan kim?-
Oddiy muallimda,oddiy muallim.

Yoʼqdan Beruniylar binolar etgan,
Mashrabni mashhuri dunyolar etgan,
Husaynni ibn Sinolar etgan,
Аbdulloning tilin burrolar etgan,
Ilon oʼynatgandek soʼz oʼynatgan kim?-
Oddiy muallimda, oddiy muallim.

Аmmo hayotning nish-sanchiqlaridan
Qoqinsa koʼtargan qoʼltiqlaridan.
Otadek kuyungan gʼussaga botsa,
Boladek quvongan yutuqlaridan.
Uyquda shogirdin oʼylab yotgan kim?-
Oddiy muallimda, oddiy muallim.

Ulfat koʼpu ammo bir doʼsti hamroh,
Halim topolmadim undan halimroq.
Qancha ustoz koʼrdim, qancha oliygoh,
Olim topolmadim, undan olimroq.
Bola yuragimda bebaho tilsim,
Oddiy muallimda, oddiy muallim.

Yuzga kiraman men Xudo xohlasa,
Yuz yildan keyin bir moʼmin oʼrtogʼim
Koʼzlarimni yopsa, jagʼim bogʼlasa,
Faqat bir insondan boʼladi qarzim-
Oddiy muallimda, oddiy muallim!