O'lmadim de, yashayapman de,

Yashir mayli, sog'inganingni.
Borligingni bilib yashay men,
Sir tut ishqdan og'ringaningni.

Men bariga turaman ko'nib,
Ko'zlarimga yoshlar to'lsa ham.
So'zing dilim ketmaydi yo'nib,
Baxtliman de, yolg'on bo'lsa ham .

Eh, u damlar qanday dam edi,
Quyosh edim, so'nib bo'lganman.
Senga nima, achinma endi,
Men bariga ko'nib bo'lganman. 

O'lmadim de...