Ul sanamkim,suv yaqosinda paritek o'lturur,

G'oyati nozuklukindin suv bila yutsa bo'lur.

To magarkim, salsabil obina javlon qila,
Keldi jannat ravzasindin obi kavsar sori hur.

Ul ilikkim, suvdin oriqtur, yumas oni suvda,
Balki suvni pok bo'lsun deb ilik birla yuyur.

Emdi bildim rost emish,balki ko'rdim ko'z bila,
Ulki derlar, suv qizi goh-goh ko'zga ko'rinur.

Qoshlaring yosin Atoiy ko'rgali husn ichra toq,
Subhidam mehroblarda surai yosin o'qur.