Nayning navosiga, oh nayning navosiga,
Eh, jonim-ey tasadduq…

Nayning navosiga jonim tasadduq,
Jonim tasadduq,
Bu jon nadur, balki jahon tasadduq,
Nayning navosiga, yor-a, jonim tasadduq.

Ishqning taronasin kuylasa mag`rur, {x2}
Shaydoyi bu ko`ngul chunon tasadduq,
Nayning navosiga, yor-ay, jonim tasadduq.

Oo-oy, yor-ay…
Musaffo shu tongday muhabbatim bor,
Sen baxtim, quvonchim, dilga iftixor.

Bitmas boyligim, mangu bahorim, {x2}
Omon bo`l dil mulki, toji shohsuvor,
Nayning navosiga jonim tasadduq.

Bitmas boyligim, mangu bahorim, yor-ay,
Omon bo`l dil mulki, toji shohsuvor,
Nayning navosiga, yor-ay, jonim tasadduq.