Ko'zlarimdan oqqan navosan,
Ko'ngil ichra topganman seni.
DIl qumsagan toza havosan,
Osmoningga olib ket meni.

Malol olma yolg'on umidni,
Vasling bilmay sevaman seni
Sog'inganman oppoq bulutni,
Osmoningga olib ket meni.

Osmoningga, osmoningga
Olib ketgin, Olib ketgin
Yuragimda, yuragimda
Qolib ketgin, qolib ketgin.

Kuy bilmaydi endi bulbullar,
Qizg'onaman qushdan ham seni.
So'lmish bizga atalgan gullar,
Osmoningga olib ket meni.

Nasib etsa bir kun visoling,
Bo'salarga ko'maman seni,
Menga orzu, gulgun xayoling,
Osmoningga olib ket meni.

Osmoningga, osmoningga
Olib ketgin, olib ketgin
Yuragimda, yuragimda
Qolib ketgin, qolib ketgin yor.