Padarimni yutib ketgan jarda jonim qoldi mening,

Qalbim torin tortib chertgan yorda jonim qoldi mening,
Qalam bilan shamshir tutgan yerda jonim qoldi mening,
Shabboblikda shabgir etgan anda jonim qoldi mening,
Anda jonim olib qolgan Andijonim qoldi mening.

Nodiramsan, Andijonni qalbim hargiz tark etmayin,
Habibimsan, Andijonni yodin hargiz tark etmayin,
Ilhomchimsan, Andijijonni kim hargiz tark etmayin,
Anda nomim boqiy etgan Andijonim qoldi mening.

Bog’ishamol nasimiga kuygan dilim zor aylabon,
Riyolikni rafiq bilgan raqiblar ozor aylabon,
Diyorimda muqimliklikni zamonam dushvor aylabon,
Furqatida e’timodim afg’onga izhor aylabon,
Farzandini mehmon etgan Andijonim qoldi mening.

Boburingman, fatvo bergan yurtim hargiz tark etmayin,
Anda nomim boqiy etgan Andijonim qoldi mening.

Qay yong’aki azm etsam, yonimda bordur mehnat,
Qay sorig’a yuzlansam, o‘truma kelur qayg’u,
Yuz mehnatu g’am ko‘rgan, osoyishi kam ko‘rgan,
Ming dardu sitam ko‘rgan, mandek yana bir bormu?

Tole yo‘qi jonimg’a balolig’ bo‘ldi,
Har ishniki ayladim, xatolig’ bo‘ldi,
O‘z yurtni qo‘yib, Hind sori yuzlandim,
Yorab, netayin, bu ne yuz qarolig’ bo‘ldi.