Mani(ng) yorim bo‘l dedim – bo‘lmading.
Yoru jonim bo‘l dedim – bo‘lmading,
Yaramadi yuraging mani sevishga.
Nega endi kerak bu gaplaring?
Zaboningda otimni qo‘llama!
Mani izlama bekor xotiralarda!
Yo‘q bahona! Yo‘q bahona qaytarishga!
Yo‘q bahona! Mani tinch qo‘y! Umuman eslama!

Mani eslama, mani to‘g‘rimda gapirma!
Hech kimga g‘iybatim qila ko‘rma! (2x)

Yana qaytadi meni deb o‘ylading –
Eritolmadi arzon nozlaring,
Ko‘nmar yuragim sani sevishga!
Nega endi kerak bu gaplaring?
Ma`noli salomlar yo‘llama!
Mani izlama bekor xotiralarda!
Yo‘q bahona! Yo‘q bahona qaytarishga!
Yo‘q bahona! Mani tinch qo‘y! Umuman eslama!

Mani eslama, mani to‘g‘rimda gapirma!
Hech kimga g‘iybatim qila ko‘rma! (2x)

Yetar! Bo‘ldi! Endi boshqa
Hol so‘rab, ovora bo‘lma!
Pinhona g‘amxo‘rligingga
Zor emas bu dil!
Mani eslama! Mani to‘g‘rimda gapirma!
Hech kimga g‘iybatim qila ko‘rma!

Mani eslama! Mani to‘g‘rimda gapirma!
Hech kimga g‘iybatim qila ko‘rma! (2x)