Gahi sog’in, ne bo’ldi, zorlarni,
Unugmag’il burung’i yorlarni.
Seni ko’rmay, yirokdin zor bo’ldim,
Biror yod et yirok’din zorlarni.
Yuzungdin ayru men xor, ey azizim,
Kishi guldin ayirmas xorlarni.
Ko’zung bemorimen, mendin yumub ko’z,
YAna og’ritmag’il bemorlarni.
Sanga bir yo’l etar fikridadurmen,
Unutma bir yo’li afgorlarni.
Sanga ko’nglumni oldurdum, jahonda
Ko’rubmen garchi ko’p dildorlarni.
Sihi k’adlarg’a, Bobur, oshik’ o’lsang,
Burunrok’ ko’zlagaysen dorlarni.

Turkiya Turkchasi