Meni men istagan o'z suhbatiga arjumand etmas,

Meni istar kishining suhbatin ko'nglum pisand etmas.

Ne bahra topqamen andinki, mendin istagay bahra,
Chu ulkim bahrai andin tilarmen bahramand etmas.

Netay huru pari bazminki, qatlim yo hayotimg'a,
Ayon ul zahr chashm aylab nihon, bu no'shxand etmas.

Kerakmas oy ila kun shaklikim, husnu malohatdin,
Ichim ul chok-chok etmas, tanim ul band-band etmas.

Kerak o'z chobuki majnunvashi qotil shiorimkim,
Buzug' ko'nglumdin o'zga yerga javloni samand etmas.

Ko'ngul uz charx zolidin, firibin yemakim, oxir
Ajal sarrishtasidin o'zga bo'ynungg'a kamand etmas.

Ul oy o'tlug' yuzin ochsa, Navoiy tegmasun deb ko'z,
Muhabbat tuxmidin o'zga ul o't uzra sipand etmas.

Turkiya Turkchasi