Qadring aslo tushmasin, ey jona jon o’zbek tili.
Jumla ofatdan Xudo qilsin omon o’zbek tili.

Senga qasd etgan kishilarning tutilsin tillari
Bizga sen ajdoddan qolgan nishon o’zbek tili.

Faxr etarmiz kim seni tarixi mavzo’a’ing ko’rib
O’zga til oldida mag’lub bo’lmagan o’zbek tili.

Vaqt keldi ki Navoyi ikki tilni o’lchadi
Sen uzub chiqqan eding ul birzamon O’zbek tili.

Yaxshi o’g’loning qo’lida sho’hrating chiqqan edi
Osyoni qoplaga sohibqiron O’zbek tili.

Men Timur Tangri quli deb bitgach imzo o’rniga
Nomasini Avrupoga yo’llagan o’zbek tili.

Yozganida shoh Bobur nomasin o’zbekchada
Olam ahli bosh egib olqishlagan o’zbek tili.

Qobiliyatlik dalili “Xamsa”da bo’ldi a’yon
To Alisher aylagan yuz imtihon o’zbek tili.

Kim ki o’zbek bo’lsa ko’rsatsin senga ixlosini
O’zga tildan qolmagandir hech zamon o’zbek tili. –

Sendan ustun ko’rsa harbir tilni ul o’zbek emas
Bu kabi ozg’inni ham la’natlagan o’zbek tili.

Forsi tilni yoqlaganlar qiynagan bir davrda
Bu mufakkir himmatiyla yashnagan o’zbek tili.

O’zga tilning shavkatiga larza solmoqlik bilan
Ilm-fanga xizmatin to’xtatmagan o’zbek tili.

Nechaming shoirga devon yozdiribdir ushbu til
bastakorlar zavq birlan kuylagan o’zbek tili.

A’srga loyiq emas deb kim ki daa’vo aylasa
Bemaza so’zlarga also boqmagan o’zbek tili.

Ey tilim o’ksinma xalqinq bor seni milyo’nlagan
Sen bilan birga yashar xalq jahon o’zbek tili.

Sen tilim san sevgilim shirin azizu mehribon
Alla aytganda Onalar boshlagan O’zbek tili.

Men onam yanglig’ seni hurmatlagayman doimo
Boshqalar ham menkabi hurmatlagay O’zbek tili.

O’zga tilda yozguchlarni Navoyi taa’n etar
Xusravini turki hind deb so’zlagan O’zbek tili.

Garchi MAHJURY uzoq elda yurar og’zida sen
Sen anga ilhom berib qilding fg’on o’zbek tili.