░   Özbek edebiyatının çeşitli eserleri başka dillere çevriliyor. Özbekistan'ın sevilen yazarlarından olan, eserlerinde Surhanderya ağzını başarıyla kullanan Togay Murad'ın "Bu Dunyoda O'lib Bo'lmaydi" (Bu Dünyada Ölüm Olmaz) eseri de Fransızcaya çevrildi.
     İçinde bulunduğumız 2016 yılında “Les édition du net” yayınevi tarafından basılan eserin tercümesi Cahangir Senekulov tarafından yapılmış.  Cahangir Senekulov, tercümenin önsözünde Togay Murad'ın hayatı ve eserleri hakkında bilgi veriyor.
     Togay Murad'ın sevilen eserlerinden "Ot Kishnagan Oqshom" (At Kişneyen Akşam) adlı eserinin Rusça çevirisi de Rusya'da “Дружба народов” (Halklar Dostluğu) gazetesinde yayımlanmıştı.


*          *          *


"Tagi ko‘rmaganga gilam bitmasin. .
Qodir qulni chevarasi, Xolmat malayni nevarasi, Eson xizmatkorni bolasi Botir qo‘shchi tumandan aynib keldi.
Qo‘shchi kalondimog‘-kalondimog‘ qadam bosdi. Kibor-kibor quloch otdi. Kerma qosh-kerma qosh boqdi.
Kolxoz idorasi qoshida oyoq ildi. Idora tomiga serdimoq nazar soldi. Gap yo‘q, so‘z yo‘q — narvondan tomladi.
Tomda qo‘llarini ketiga qo‘ydi. Tom bosh-adog‘ilab qadamladi. Vazmin-vazmin qadamladi. Olislarga dono-dono boqib qadamladi.
Birdan qoziqday qoqilib qoldi. Misoli haykal bo‘lib qoldi. Yerga shahodat barmoq o‘ynatdi. Lik-lik o‘ynatdi. Qorovulni imladi.
Qorovul hadaha-hadaha keldi. Narvon poyida hayrona-hayrona turdi. Qoshi uzra kaft soyabon eta-eta mo‘ltaydi."

(Bu Dunyoda O'lib Bo'lmaydi)


"Birodarlar, ko‘rgilik, ko‘rgilik!
Bir erta uyg‘onib, kallamga qo‘l yugurtirdim. Sochlarim orasida yara-chaqalar uch berdi. Parvoyim falak bo‘ldi, yura berdim. Onamga-da aytmadim.
Chaqalar kun sayin bolaladi. Katta-katta bo‘ldi. Qo‘tir bo‘lib qichidi.
Shunda, qishlog‘imiz do‘xtiriga bordim. Do‘xtir fu, deya aftini burishtirdi. Yurchidagi kalxonaga olib jo‘nadi.
Yo‘lda mashinadan tashlab qochdim. Ushlab kelib, yana mashinaga bosdi.
Kalxonada... Uh, aytgili yo‘q. Do‘xtir degani berahm ekan. Onamni ko‘rdim, birodarlar, onamni...
Bari kalga qaytadan jingala soch bitdi. Mening kallam yaltirab qoldi. Bitta-da soch bitmadi! Do‘xtirlar ajablandi, kamdan kam uchraydigan voqea, dedi. Xo‘rligimdan yig‘lab-yig‘lab uyga keldim.
Onamiz tap-taqir kallamni ushlab-ushlab ko‘rdi. Ich-ichidan kuydi. Aytib-aytib yig‘ladi.
— Kambag‘alni tuyaning ustida it qopadi, degani shu-da, — dedi.
Katta telpak sotib oldim. Qishin-yozin quloqlarimgacha bostirib kiyib yurdim. Maktabda-da telpagimni olmadim."

(Ot Kishnagan Oqshom)